Akademik intizom vazifalari


Belarussiya Respublikasi hududlarini tuproq-geografik rayonlashtirish


Download 85.94 Kb.
bet15/18
Sana08.03.2023
Hajmi85.94 Kb.
#1253602
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
tuproqshunoslik

2.3. Belarussiya Respublikasi hududlarini tuproq-geografik rayonlashtirish
Belarussiya Respublikasi hududlari boreal (o'rtacha sovuq) mintaqada joylashgan bo'lib, Markaziy tay-o'rmon viloyati tarkibi, janubiy tayga chimli-podzol tuproqlari podzonasi tarkibiga kiradi. Tabiiy-tarixiy rayonlashtirish sxemasiga ko'ra 1947-yilda I.S.Lupinovich, 1958 va 1962-yillarda N.N.Rozov, E.N.Ivanov tomonidan ikkita provinsiyaga ajratilgan.
1. Kuchsiz gumus chimli-podzol tuproqlarining Boltiqbo'yi provinsiyasi. Oshmyan-Mogilev-Dubrovno shimoliy tizimida joylashgan bo'lib, respublika hududidining bir qismini egallaydi.
2.Chimli-podzol kuchsiz gumusli va pasttekislik botqoqlarining Beloruss provinsiyasi. Oshmyan-Mogilev-Dubrovno janubiy tizimining barcha hududlarini o'z ichiga oladi.
Tuproqlar haqidagi yangi tafsilotlar asosiga ko'ra 1974-yildan boshlab, Belarrus hududi uchta tuproq provinsiyalariga ajratildi. Ular relyefi, harorat rejimi, qatlami xususiyatlari, eroziyaning yuzaga kelish darajasi qishloq xo'jaligining turli sohasi rivojlanishi uchun prespektiv imkoniyatlarini aniqlab beruvchi omillari bilan bir biridan farq qiladi (N.I.Smeyan, I.N.Solovey): Shimoliy (Boltiqbo'yi), markaziy (Belarrus), janubiy (Polyak)
Ularning har biri juda katta maydonni egalab, chegaralari kenglik yo'nalishi bo'yicha cho'zilgan. Shu bilan bir qatorda provinsiya tuproq-iqlim okrugi, agrotuproq rayonlari va quyi rayonlarga bo'linadi.
Bu hududlarni ularning aholi punktlarini ko'rsatgan holda geografik joylashuvi va shu hududda mavjud bo'lgan tuproqlardan kelib chiqib nomlangan Shimoliy (Boltiqbo'yi) provinsiyasi umumiy maydonning 29,7%ni egallaydi. Iqlimi nisbatan sovuq ( o'rtacha yillik harorat 4,5-5,0°C), yog'ingarchilik 550 dan 700mm gacha, vegetatsion davrning davomiyligi 170-140 kun. Tuproq qatlamida chimli-podzol botqoqlashgan tuproqlar bilan almashuvchi chimli-podzol tuproqlardan iborat. Shimoliy provinsiya ikkita okrug va 8 ta agrotuproq rayonlariga bo'linadi.
Markaziy (Belorus) provinsiyasi umumiy maydonning 42,7%ni egallaydi. Iqlim ko'rsatkichlari xilma xil: o'rtacha yillik harorat g'arbda 7,3 dan sharqda 5,0°C gacha o'zgaradi, vegetatsion davrning davomiyligi 200dan 192 kungacha, yog'ingarchilik miqdori o'rtacha 550-600 mm ni tashkil etadi. Tuproq qatlami tuproq hosil qiluvchi jinslarning xususiyatlari va tuproq hosil qiluvchi jarayonlarning yuzaga kelishi bo'yicha murakkab va xilma xil. U yetarlicha nam va botqoqlashish belgilariga ega chimli va chimli-podzol tuproqlari, shuningdek, torfli- botqoq tuproqlariga ega. Provinsiya 7 ta agrotuproq rayonlarini o'z ichiga olgan uchta tuproq okrugiga bo'linadi. Janubiy (Polyak) provinsiyasi respublikaning 27,6% maydonini egallaydi. Uning relyefi tekis tizimli, bir biriga o'tuvchi va daryo terrasalari ko'llariga singib ketuvchi tekisliklardan iborat. Iqlimi nisbatan iliq, vegetatsion davri 195-210 kun davom etadi, yog'ingarchilik miqdori 500-550mm, o'rtacha yillik harorat 7,0-8,2°C. Tuproq qatlami tuproq hosil qiluvchi jinslarning rang barangligi va namlik darajasining o'zgaruvchanligi sababli murakkab.
Bu yerda podzol, chimli-podzol va avtomorf va gidromorf tipga mansub chimli tuproqlar, shuningdek, torfli va allyuvial tuproqlar mavjud. Provinsiya 2 ta okruga va 5 ta agrotuproq rayonlarini o'z ichiga oladi.



Download 85.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling