Akademik intizom vazifalari
Tuproq-geografik rayonlashtirish
Download 85.94 Kb.
|
tuproqshunoslik
2.Tuproq-geografik rayonlashtirish
2.1 Tuproq geografik rayonlashtirishning qonuniyatlari Tuproq geografik rayonlashtirish- struktura jihatidan bir xil tuproq qatlamli, tuproq hosil bo'lishdagi omillarning uyg'unlashuvi va qishloq xo'jalik sohasida foydalanish xususiyati bo'yicha hududlarni tuproq geografik rayonlarga ajratish. Uning asosi yer qatlami yuzasida tuproqlarning geografik tarqalishi tabiiy sharoitlari hududlar bo'yicha tarqalishi qonuniyatlari hisoblanadi. Tabiatdagi barcha turdagi tuproqlar tabiiy sharoitlar va geografik joylashuvining farqlanishi natijasida paydo bo'lgan. Tuproq tarqalishining qonuniyatlarini o'rganish tuproqshunoslikning asosiy sohasi bo'lgan tuproq geografiyasining asosiy vazifasi hisoblanadi. Shu vazifadan kelib chiqib, quyidagi asosiy yo'nalishlar ishlab chiqilgan: -tuproq qatlami zonalligi, tuproq bioiqlimiy fatsiasi haqidagi bilim; -vertikal mintaqaviy, va viloyatlar haqida hamda tuproq qatlamining strukturasi haqidagi bilim; Bu yo'nalishlarning har biridan tabiatdagi tuproqlar xilma xilligini aniqlovchi, tuproq geografiyasi qonunlar ishlab chiqilgan. Gorizontal zonallik qonuni 1898-yilda V.V.Dokuchaev tomonidan ishlab chiqilgan. Bu qonunga ko'ra barcha muhim tuproq hosil qiluvchi, yer yuzasidagi kengliklarga parallel ravishda chizilgan mintaqa yoki zona shaklida taqsimlanar ekan, unda tuproqlar iqlim, o'simlik qoplami va boshqalarga qat'iy bog'liq holda, yer yuzasidagi zonalar bo'yicha joylashuvi muqarrar. Keyingi ilmiy tadqiqorlar shuni ko'rsatadi-ki, tuproq zonalari har doim kenglik bo'ylab tarqalmaydi. Ba'zi holatlarda okean va bioiqlimiy sharoitlarda tog' tizimi va tuproq qatlami ta'siri doirasida meridial tarzda tarqalgan. Shuning uchun "kenglik" termini "gorizontal" terminiga almashtirilgan. Gorizontal tuproq zonallik qonuni quyidagi ikki asosiy ko'rinishlarda o'z aksini topdi. Birinchi- yer sharining yer maydonida mavjud bo'lgan tabiiy tuproq-bioiqlimiy poyaslari sharoitlar va tuproq qatlamining o'xshashliklari bilan radiatsion va termik ko'rsatkichlarining shartli umumiyliklari bilan xarakterlanadi. Shimoldan janubga harakatlanganda shimoliy yarim shar ichida beshta poyas ajratiladi: polyar, boreal, subboreal, substropik va tropik. O'xshash bo'lgan mintaqalarni janubiy yarim sharda ham uchratish mumkin. Gorizontal tuproq zonallik qonunining ikkinchi ko'rinishi: tuproq hosil bo'lish sharoitlarining uyg'unlashuvi bo'yicha va tuproq zonadagi tuproq qatlamining umumiyligi xossalari bo'yicha tuproq bioiqlimiy mintaqalarga ajratish bilan ifodalanadi. Qonuniyat sxemasiga bog'liq holda faqatgina termik sharoitlar emas, balki namlik va unumdorlik xususiyatlari ham yoritib beriladi. Kenglik tuproq zonalari qit'alar ichidagi ham teng mintaqalarga ajratilgan. Markaziy YevroOsiyoning subboreal mintaqasi quyidagi zonalarga ajratiladi: o'rmon-dasht ( kulrang o'rmon tuproqlari, podzollashgan, tipik qora tuproq),- dasht ( tipik va janubiy qoratuproq);- quru dasht ( kashtan tusli tuproq); -yarim cho'l (jigarrang yarimcho'l tuproqlari); -cho'l (kulrang-qo'ng'ir cho'l, taqir, cho'l-qum tuproqlar). Okean va dengizga yaqin qit'alar hududida tuproqning bunday ketma ketligi nam havo massasi sababli buziladi. Tuproq hosil bo'lish sharoitlari (iqlim, o'simlik dunyosi va tuproq) ham o'zgaradi. Vertikal mintaqa qonuni. 1889-yilda V.V.Dokuchaev tomonidan Kavkaz tuproqlarni o'rganish natijasida asos solingan. Bu qonun shuni ko'rsatadi-ki, tog' tizimida asosiy tuproq tiplari yuqori mintaqa ko'rinishida tarqalgan. Iqlim va o'simlik dunyosini o'zgarishi bilan bog'liq holda tog'etagidan cho'qqisi tomon birin ketin bir birini o'rnini bosgan holda tarqalgan. Vertikal tuproq mintaqalarini tog' tizimida joylashuvi va mahalliy balandlik qiymatidan kelib chiqadi. Yuqori mintaqaviylik xususiyatlari, miqdori va vertikal mintaqaning tarkibi, kenglik zonallik tizimidagi tog'li hududlarning joylashuvi va balandligiga bog'liq, shuningdek iqlim kontinentallik va quruqligiga ham bog'liq. Shimoliy yarim sharda janubiy tog' tizimi ko'p bo'lib, uning balandligi qanchalik yuqori bo'lsa, vertikal mintaqalar miqdori ham ko'p bo'ladi. Tog' tizimining quyi mintaqasida tog' tizimi joylashgan tuproq zonal tipi mavjud. Tog' tizimi havo massasining shakllanishiga, undan keyin iqlimga ta'sir qiladi. Tog' tizimining balandligi, yonbag'irlarining ekspozitsiyasi ham iqlimga ta'sir qiladi. Janubiy ekspozitsiyasining tog' yonbag'irlari nisbatan issiqlikni ko'proq qabul qiladi. Ularda qorning intensiv erishi kuzatiladi, hamda denutatsiya jarayoni kuchli sodir bo'ladi. Tog' tizimining balandligi va joylashuvi sovuq va issiq shamolga nisbatan yog'ingarchilikni qayta taqsimlashga ta'sir o'tkazadi. Vertikal mintaqaviylikning buzilishi, tuproq hosil qiluvchi turli omillarning mahalliy sharoitlarga (relyef, iqlim) bog'liq. Vertikal tuproq mintaqalarining inversiya, migratsiya va intorferensiya nomlandi. Tuproq mintaqasining inversiyasi- ularning teskari namoyon bo'lishidir. Masalan, kulrang o'rmon tuproqlari balandlik o'zgarishi bilan tog' qoratuproqlari bilan almashadi. Migratsiya- bir poyasni boshqa poyasga o'tishi. Interferensiya-alohida poyaslarning tushishi. Masalan, tog' qoratuproqlari balandlik o'zgargani sari tog' podzol tuproqlariga almashadi. Tog' kulrang o'rmon tuproqlari poyaslik tizimida mavjud emas . Tuproq fatsionallik qonunida (L.I.Prasolov va I.P.Gerasimov tomonidan,1945) termik mintaqa va zonalarning alohida meridional qismlaridagi tuproq qatlami termodinamik atmosfera jarayonlari ta'sirida iqlimning o'zgarishi bilan bog'liq holda sezilarli o'zgarishi mumkin. Bu o'zgarishlar mintaqaning aniq bir qismi yoki okean va dengiz yaqinidagi zonalarning yaqinligi yoki uzoqligi bilan shartlangan. Ular atmosfera namligi va iqlimi kontinentallikning ko'tarilishi yoki tushishi ko'rinishida yuzaga keladi. Tuproq qatlamining fatsional o'ziga xosligi harorat rejimi (issiq, nam, sovuq, muzlagan, muzlamaydigan, uzoq muddat muzlaydigan va boshqa) tuproqning differnsiyasida; profil tarkibidagi farqlarning paydo bo'lishida (gumusli gorizont kuchi va b) va tuproqning zonallik tipi yoki podtipning xususiyatlarida ba'zida esa shu fatsiyada yangi tiplarning paydo bo'lishida ifodalangan. Fatsial qonunning paydo bo'lishiga misol tariqasida Yevro Osiyo qit'asidagi boreal mintaqah hududlarini keltirish mumkin. Bu yerda g'arbdan sharqga qarab harakatlanganda nam va issiq iqlim sekin asta Sharqiy Yevropada sovuq va kontinentallikga qarab o'zgaradi. Shuningdek, G'arbiy va Sharqiy Sibir hududlarida bu o'zgarish davom etadi. Uzoq sharq Primoryasida nam okean iqlimi hukmdorlik qiladi. Bunday gidrotermik sharoitlarning o'zgarishiga bog'liq holda soda-podzollik, o'rtacha issiq, qisqa muzlaydigan tuproqni o'rtacha muzlaydigan (mintaqaning yevropa qismi markazida) va keyin o'rtacha sovuq, muzlaydigan ( Sibirning janubiy qismi) tuproqga almashinuvi kuzatiladi. Muzloq tayga va jigarrang tayga tuproqlari maxsus tiplari paydo bo'lishi kuzatiladi. Tuproq geografiyasidagi qonuniyatlar. Kenglik, vertikal zonallik va tuproq fatsional qonunlari ko'rinishi shaklida namoyon bo'ladi. Shuningdek, qit'alardagi meridial joylashuviga bog'liq holda keng hududlarda bioiqlimiy sharoitlar o'zgarishi qonuniyatlari natijasi hisoblanadi. Tuproqning analogik topografik qonuniyatlari 1927-yilda S.A.Zaxarova tomonidan ishlab chiqilgan. Unga ko'ra turli xil tuproq zonalarida tuproq qatlamining tarkibi turli xil bo'ladi, ammo relyef elementlari bo'yicha tuproqlarni ajratish analogik xarakterga ega. Relyefning yuqori elementlarida avtomorf tuproqlari (genetik avtonom), quyi qismida-yarim gidromorf va gidromorf (genetik bo'ysunuvchi) guruhlarga ajratiladi. Masalan, tay-o'rmon zonasidagi suv havzalarida soda-podzollashgan tuproqlari, yer osti suvlariga yaqin joylashgan quyi qismida - soda-podzol gleyli va gleylashgan tuproqlar mavjud. Dasht zonasidagi suv havzalarida oddiy janubiy qorayer tuproqlari, yer osti suvlariga yaqin joylashgan quyi qismida-yaylov-qorayer va qorayer-yaylov tuproqlari keng tarqalgan. Analogik topografik qonuni katta o'lchamli kartografiyada qo'llaniluvchi asosiy prinsiplardan biri hisoblanadi. Bu qonun tuproq qatlami tarkibini mezo- va mikrorelyef bilan aniqlovchi asosiy ilmiy yo'nalish bo'lib hizmat qiladi. Bundan tashqari, u asosida tuproq zonasi faqatgina bitta zonal tipni emas, balki butun bir qardosh tiplar kompleksini o'z ichiga olishi nazariyasi shakllandi. Tuproq-bioiqlimiy viloyat-tuproq zona va vertikal tuproq strukturasining umumiyligi, nam sharoitlarda, kontinentallik, tuproq hosil bo'lish, nurash va o'simlik dunyosining rivojlanishining o'xshashliklari mintaqadoirasida birlashishi. Visotskoy-Ivanova namlik koeffisienti bo'yicha viloyatlar farqalanadi. Ularning soni oltita: juda nam, o'rtacha nam, nam, o'rtacha quruq, quruq va juda quruq. Bu viloyatning tuproq qatlami mintaqaga nisbatan bir xil, lekin tarkibida intrazonallik xususiyati yaqqol ajralib turadi. Download 85.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling