Akademik intizom vazifalari
Download 85.94 Kb.
|
tuproqshunoslik
3. Qutbiy mintaqa
3.1. Arktika zona tuproqlari Arktika va tundra zonalari YevroOsiyo qutb mintaqasi tarkibiga kiradi va Muz okeanining Shimoliy orollari (Frans-iosif yerlari, Shimoliy yer, De-Long oroli, Novosibir orolining shimoli) va Taymir yarimorolining shimoliy chegarasini o'z ichiga oladi. Tundra tuproq zonalari arktika zonasidan janubda joylashib, Kolskov yarimoroli shimoli-g'arbiy chekkalaridan Bering bo'g'ozigacha cho'zilgan va tay-o'rmon zonasining janubida chegaralangan. Tabiiy sharoitlarning xususiyatlariga ko'ra tundra arktik, an'anaviy va janubiy tundraga (o'rmon tundrasini ham o'z ichiga oladi) ajratiladi va shu hududlar doirasida 4 ta provinsiya ajratib olingan: Kolskiy Kanin-Peslor, shimoliy Sibir va Chukotsk-Anadirsk. Arktika va tundra zonalarining umumiy maydoni 180mln.ga ni (qor va muzliklarsiz) yoki 8,1%ni tashkil etadi. Bundan tashqari tog'hududlarda 160mln.ga maydonida tog' tundra tuproqlari mavjud. Arktika zonasi sovuq, past va nam iqlimga ega. O'rtacha yillik yog'ingarchilik 130-200 mm ni tashkil etadi, lekin ularning asosiy qismi qor shaklida yog'adi. Hattoki issiq davrda 2 oy davom etadi. Havoning yuqori musbat namlikka (90%) ega issiq davrning termik rejimi quruq, o'rtacha oylik harorat iyul oyida 1-2°C, muzliksiz davr mavjud emas. Tuproqlar yilning ko'p qismida muz holatida turadi, 2-2,5 oyda 15-30 sm chuqurlikgacha erishi mumkin. Zonada muzlik hodisasi- yoriqlar paydo bo'lishi, abadiy muzliklar kuzatiladi. Buning natijasida mikrorelyefning spesifik "struktur"shakli: shag'allarda-yoriqli poligonlar, toshlarda- toshli halqalar, chiziqlar shakllanadi O'simlik qoplami yupqa,ko'pincha fokusli xarakterga ega. Ma'lum bir o'simlik yoki ildizlar bir biridan uzoqda joylashgan. Ular mox,arktoalp butalari (driada,kamnelonka) ba'zi urug'lar (shuchka,myatlik), yo'sinlar va boshqa lishayniklar. Nanorelyefning shakllanishi va tuproq paydo bo'lishida asosiy ro'lni kriogen jarayoni va fizik nurash egallaydi. Arktika zonalarida tuproq paydo bo'lish uchun keng tarqalgan muzlash hodisalari:muzlash va yoriqlar yuzaga kelishi xos. Keng tarqalgan arktik tuproq tipi arkto-tundra tuproq hisoblanadi. Arktika tuproqlari profili uсhuп morfologiyasi bo'yicha ham, tarkibiga ko'ra ham kuchsiz diffеrеnsiауalanishi xarakterli hisoblanadi. Profili А уа С (yoki R) gorizont!aridan, ba'zan o'tuvchi gогizоnt АС yoki AR lardan tashkil topgan. Arktika tuproqlarini ikkita podtipga bo'lish mumkin: arktika cho'l vа arktika tipik gumusli. Past harorat kuchsiz bug'lanish va yuqori havo namligiga ta'sir qiladi. Eng kontinental iqlim Shimoliy Sibir provinsiyasida uchraydi. Zonaning Tuproq-iqlimiy o'ziga xos xususiyati-(arktika zonasidagi kabi)- uzoq muddatli muzlikdir Qisqa yoz faslida faqatgina muz qoplamining ustki qismigina eriyda va tuproq hosil bo'ladi. Alohida podzol provinsiyasininh iqlimiga, shuningdek, tuproqning granulometrik tarkibiga ko'ra ,30-50 mm dan 1-3 m chuqurlikgacha erishi mumkin. Eng kam erish jarayoni -torfli tuproqli botqoqliklarda kuzatiladi. Dog'li kichik poligonam va g'ovakli mikrorelyefni shakllantirafi. Botqoq tekisliklarida kattapoligonal, tekis va katta g'ovakli mikrorelyefni shakllantiradi. Tundra zonalari shimoldan janubga qarab termokars mikroshaklga o'zgar boshlaydi. Tuproq hosil qiluvchi jinslar dengiz, muzlik va allyuvial ko'rinishlarda ifodalangan g'ovak, dog'li mikro va nanorelyeflar shakllanishida katta ro'lni kriogen jarayon ( yoriq hosil bo'lishi,soliflyufikatsiya, tormokastr kabilar) egallaydi. Tundraning yana bir yorqin jihati- o'rmonlarning yo'qligi. "Tundra" so'zi shimoliy xalqlar tilida "o'rmonsiz hudud" ma'nosini bildiradi. Arktika tundrasida donli- qora moxli senozlarga egha, past relyef- gips qora poligonli botqoqlardan iborat. Bu podzonada ayniqsa, sharqiy qismida o'simlik qatlami uzluksiz xarakterga ega (dog'li tundra). Odatda an'anaviy tundra qora lishaynik o'simlik qatlami bilan xarakterlanadi. Shuningdek bu yerda buta tundralar keng tarqalgan bo'lib, ularda chernika, golubika kabi mevalar o'sadi. . Download 85.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling