Akademik intizom vazifalari


Tuproqning yangi yaralmasi


Download 85.94 Kb.
bet10/18
Sana08.03.2023
Hajmi85.94 Kb.
#1253602
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18
Bog'liq
tuproqshunoslik

Tuproqning yangi yaralmasi. Tuproq paydo bo'lish jarayonlarida vujudga keladigan va tuproq gorizontlarida to'planadigan turli shakl va kimyoviy tarkibli moddalarga yangi yaralma deb ataladi. Tuproqda boradigan fizikaviy, kimyoviy hamda biologic jarayonlar natijasida o'simlik va hayvonot olamining bevosita ta'siridan hosil bo'lishiga ko'ra kimyoviy va biologik yangi yaralmalarga ajratiladi.
Sho’rlangan tuproqlar tarkibida tez eriydigan NaCI, Na₂SO₄·10H₂O₃, MgCI₂, CaSO₄, gips CaSO₄·2H₂O uchraydi. Biologik yangi yaralmaga:

  • kaprolitlar - yomg'ir chuvalchanglari chiqindilari;

  • krotovinalar - уег kavlaydigan hayvonlar (ko'rsichqon, yumronqoziq, sug'urlar kabilar) ning bo'sh yoki chiqindilar bilan to'ldirilgan yo'llari;

  • kornevinlar-yirik ildizlar chirishidan to'planadigan ildiz qoldiqlari;

  • chervotochinlar- chuvalchanglarning o’ralgan izlari (ko’pgina tuproqlarda uchraydi)

  • struktura bo'laklari ustida qoldirilgan nozik ildiz yo'llari - dendritlar singarilar kiradi.

Qo’shilma deb, tuproq paydo bo'lish jarayonlari bilan bog'liq bo'lmagan, lekin keyinchalik tashqaridan aralashib qo'shilib qolgan organik va mineral moddalarga aytiladi. Ularga hayvonlarning suyagi, turli chig'anoqlar, o'sim1ik qoldiqlari biologic qo'shilma bo'lib, tosh, shag'al kabilar kiradi. Ildizning miqdori, tarqalishining chuqurligi, tuproq unumdorligi va ularning alohida gorizontlarini aniqlab beradigan tahliliy ko’rsatkichlar hisoblanadi.
Tuproq va uning alohida gorizontlarining namligi. Quyida tuproq namligining gradatsiyasi keltirib o’tiladi:

  • quruq- ko’rinishidan va ushlab ko’rilganda quruq bo’lgan, quritish jarayonida rangi och tusga kirmaydi va tarkibiga suv qo’shilganda rangi to’q tusga kiradi.

  • o’rtacha nam- ko’rinishidan va ushlab ko’rilganda nam, quritish jarayonida rangi yorqin tusga o’zgaradi, tarkibiga suv qo’shganda to’q tusga kirmaydi, siqish ta’sirida ustki qismining yorug’ligi o’zgarmaydi.

  • nam- ko’rinishidan va ushlab ko’rilganda nam, quritish jarayonida rangi yorqin tusga o’zgaradi, tarkibiga suv qo’shganda to’q tusga kirmaydi, siqish ta’sirida ustki qismida yupqa suvli qavat hosil bo’ladi ammo suv sizib chiqmaydi.

  • juda nam- siqish ta’sirida uning ustki qismidan suv sizib chiqadi.

  • ho’l-qo’lga olganda o’z o’zidan suv oqadi.

Yuqoridagi shkaladan foydalangan holda yomg’ir yoki jaladan keyingi tuproqning namlik darajasini aniqlash mumkin. Madaniy o’simliklar uchun eng unumdor tuproq nam va o’rtacha nam tuproqlar hisoblanadi.



Download 85.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling