Akademik intizom vazifalari
Subarktik zona tuproqlari
Download 85.94 Kb.
|
tuproqshunoslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.Boreal mintaqa 4.1 Tayga - оrmon zonasi
3.2. Subarktik zona tuproqlari
Tundra tuproqlarining subarktik zonasi Kolsk yarimorolining shimoli-g'arbiy okrainasidan Bering bo'g'ozigacha cho'zilgan va tay-o'rmon zonasining janubida chegaralangan. Umumiy maydoni 120 mln.ga ga teng. U uchta podzonaga ajratiladi:arktik, an'anaviy va janubiy tundra. Tundra iqlimi uncha katta bo'lmagan nam issiq havo harorat, uzoq davom etadigan sovuq qish va qisqa salqin yoz fasli bilan xarakterlanadi. O''rtacha yillik harorat -0,2°C g'arbda -9 hattoki -16°C darajada bo'ladi.10°C dan yuqori harorat miqdori 0°C dan 400-600°C (janubiy va o'rmon tundra) bo'ladi. 5°C darajadan yuqori bo'lgan harorat zonaning shimoliy qismida 40 kundan, janubiy qismida 100 kungacha davom etadi. Tundrada o'rtacha yillik yog'ingarchilik 300mm atrofida, Kolsk va Chukotsk yarimorolida 450mm gacha, Sharqiy Sibirda esa 150-200 mm atrofida kuzatiladi. Tundrada o'simlik chiqindilari zahirasining ancha ko'pligiga sabab, undan tushgan qoldiqlarning minerallashuvining sustligi, bakteriyalarning kambag'alligi, tuproq haroratining qulay emasligidir. Chirimagan organic moddalarda tundra biogeosenozi energiyasining ancha miqdori to'plangan. Tundra o'simliklari mahsuldorligining pastligi vа kam kulliligi tufayli tundrada moddalarning biologik aylanishi sust, turg'un, hajmining kichikligi bilan xarakterlanadi. Tundra gleyli tuproq lar - bular qisqa уа sovuq vegetatsiya sharoitida (o'rtacha yillik harorat manfiy~ -4 _14°С, parlanishga nisbatan yog'in miqdori ko'p, buta-lishaynik-yo'sunlardan iborat o'simliklar qoplami ostida ko'p yillik muzloq, ko'pincha qumoq yotqiziqlar ustida shakllangan, О(Т)(A)-(Bg)-G tipdagi gleylashgan profili bilan xarakterlanadigan tuproqlardir. Qumoq yotqiziqlar ustidagi tundra tuproqlari profili umumlashgan holda quyidagicha tuzilgan: О yoki АО to'shama ostida gumusli yoki chirindili А yoki O gorizont, so'ngra gleylashgan o'tuvchi Bg gorizonti vа undan pastda gleyli G gorizonti, pastda esa оnа jinslar (С) joylashadi. Tundra gleyli tuproqlarining genezisida dog' hosil bo'lish, shishib do'ppayish, yoriqlar hosil bo'lish kabi kriogen jarayonlar muhim ro’l o'ynaydi. Tundra zonasida tundra gleyli poligonal tuproq; botqoq gleyli; botqoq torf gleyli; chimli o'tloq-podzol gleyli; torf1i podzol gleyli tuproqla uchraydi. Tundra zonasida tundra gleyli tuproqlar zonal tuproq tipi hisoblanib, keng tarqalgan. Tundra gleyli tuproqlar 4 tipchaga bo'linadi: tundra kuchsiz gleyli gumusli; tundra gleyli chirindili; tundra gleyli torf1i; tundra gleyli podzollashgan. Tundra gleyli tuproqlari profilidagi gleylanish xarakteriga ko'ra farqlanishi mumkin. Tundraning Уеvrора qismida gleylanish ko'pincha gorizont yuzasida (yuza-glеуli tuproqlar), G'arbiy-Sibirda jinslarning granulometric tarkibi bo'yicha almashingan gorizontida (kоntakt-glеуli tuproqlar), Sharqiy-Sibir tundrasida esa ko'pincha muzloq ustida uchraydi (muzloq usti- gleyli tuproqlar). Agarda gleyli gorizont yaxshi rivojlangan bo'lsa, unda gleyli tuproq sifatida klassifikasiyalanadi, agarda profilida faqat dog' holida gleylanish uchrasa - gleysimon deb yuritiladi. Gleysimon tuproqlar tundraning shimoliy zonachasi-arktika tundrasi uchun xarakterlidir. 4.Boreal mintaqa 4.1 Tayga - о'rmon zonasi Download 85.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling