Akademik intizom vazifalari


Asosiy taksonomik birliklar


Download 85.94 Kb.
bet11/18
Sana08.03.2023
Hajmi85.94 Kb.
#1253602
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18
Bog'liq
tuproqshunoslik

1.4 Asosiy taksonomik birliklar
Asosiy taksonomik birliklar- tabiatda obyektiv mavjud bo’lgan tuproq guruhlarini aks ettiruvchi tizimli kategoriya. Ular tizimda tuproqning joylashuvi yoki darajasini ko’rsatib beradi va ularni aniq aniqlab berishni xarakterlaydi. (taxis grekchadan olingan bo’lib – tizim, tartib, lotinchadan takso- baholayman va nomos- qonun ma’nolarini anglatadi)
Taksonomik birliklarning zamonaviy tizimi 1958-yilda SSRning fanlar akademiyasi tomonidan tasdiqlangan. Uning asosida Dokuchaevning tuproq tiplari va asosiy taksonomik birliklar haqidagi ta’limoti yotadi.
Tip deb, deyarli bir xildagi tuproq paydo bо' lish jarayonlari kechadigan, hamda o'xshash fizik-geografik sharoitlarda katta maydonlarda shakllangan konkret tuproqlarga aytiladi. Tuproq tiplarining eng muhim belgilari: 1) tuproqda to'planadigan organik moddalar vа ular parchalanish, o'zgarish jarayonlarining deyarli bir xil bo'lishi; 2) tuproq mineral уа organik- mineral moddalar sintezidagi jarayonlarning bir xilligi; 3) moddalar migratsiyasi va tuproq profili tuzilishining bir xilda bo'lishi; 5) tuproq unumdorligi oshirish vа saqlab qolishga qaratilgan tadbirlarning yagona yo'nalishda оlib borilishi kabilar hisoblanadi. Turli davlatlarda turlicha nomlanadi: Fransiyada- gruppe du sol; Kanada va AQSh da -great soil group; Germaniyada- bodentip, FAO, YUNESKO da -soil unit.
Podtip alohida tuproq tiplari orasida ajratiladigan taksonomik birlik bo'lib, asosiy hamda qo'shimcha tuproq paydo qiluvchi jarayonlarning borishida ayrim sifat xususiyatlari farqlari bilan xarakterlanadi. Podtiplarga ajratishda tuproq paydo qiluvchi jarayonlarning zonal (shimoldan janubga qarab) o'zgarishi, shu bilan birga fatsial (sharqdan g'arbga qarab) o'zgarishi ham e'tiborga olinadi. Masalan, g'arbdan sharqqa borgan sayin, tuproqning termik, suv rejimlari keskin o'zgaradi уа bu о 'z navbatida tuproqning agronomik xossalariga ta'sir qiladi, hamda ekinlaming turlarini tanlab ekishni уа maxsus agrotexnikani qo’llanishni taqozo etadi. 20 sm chuqurlikda faol haroratning qiymatiga va huddi shu chuqurlikda salbiy haroratda davr davomiyligiga bog’liq holda fatsiyaviy podtiplar ajratiladi: iliq, o’rtacha sovuq, sovuq va boshqalar.
Avlod podtiplar orasida tuproq guruhlarini o'ziga birlashtiradi. Tuproqlarning genetik xususiyatlari ko'plab mahalliy sharoitlarning tuproq paydo bo'lish jarayonlariga ta'siri natijasida yuzaga keladi. Ona jinslarning tuzilishi уа xossalari, sizot suvlarining kimyoviy tarkibi kabi оmillаr natijasida tuproqning sho'rxoklanishi, sho'rtoblanishi уа karbonatlanishi singari jarayonlarning borishi rо'у beradi.
Тur - avlodlar orasida ajratiladigan tuproq guruhlari bo'lib, tuproq paydo qiluvchi jarayonlarning borish jadalligiga ko'ra ajratiladi. Masalan, podzollanish jarayonlarining, gumus to'planishining jadalligi уа uning chuquгligi, sho'rlanish, eroziyalanish darajasi singarilar turlarni belgilovchi ko'rsatkichlar hisoblanadi.
Tuproq xillari yuqori gorizontlarning va tuproq hosil qiluvchi jinslar bo’yicha granulometrik tarkibi aniqlanadi: loyli, qumli va boshqalar
Tuproq razryadi- tuproq оnа jinslarining kelib chiqishi asosida bo'linadi. Jumladan moren jinslari, allyuvial, flyuvioglyasial уа Iyossimon jinslarning genetic xususiyatlariga ko’ra tuproq razryadi xarakterlanadi. Yuqoridagi tiplarning taksonomik birliklari to’liq tasdiqlanmagan, shuningdek tuproq haqidagi yig’ilgan bilimlar, klassifikatsiyalar kabi ularga ham o’zgartirish va to’ldirish mumkin.

Download 85.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling