Akademik intizom vazifalari
Belarussiya tuproqlarining klassifikatsiya va tizimining prinsiplari
Download 85.94 Kb.
|
tuproqshunoslik
1.2. Belarussiya tuproqlarining klassifikatsiya va tizimining prinsiplari
Belarussiya tuproqlarining klassifikatsiyasining asosiga qo’yilgan prinsiplari umumiy ma’noda Ya.N.Afanasevaning (1926,1933), V.P.Kasatkinaning (1928) ilmiy ijodlari asos qilib olingan. Keyinchalik rivojlanish jarayoniga N.P. Bulgakova, A.G.Medvedeva, V.M.Pilko, P.P.Rogovov, V.N. Chetverikova (1948) ning ilmiy ishlari asos bo’ldi. Buning asosida Respublikaning nomenakultur tuproq ro’yxati (1952,1960) ishlab chiqildi. Hozirgi kunda bu ro’yxat o’zida 450 tadan ko’proq xillarni jamlagan tuproqning 13 tipini qamrab olgan (N.I.Smeyan, T.N.Puchkareva, G.A.Rjeutskaya va boshqalar.,1990). Shuningdek, hozirda bu ro’yxat umum tan olingan klassifikatsiyani o’rnini bosadi. Genetik prinsip bo’yicha tuzilgan ro’yxat o’zida tuproqning tabiiy xilma-xilligini aks ettirgan, hududning qishloq xo’jalik yoki boshqa biror sohada foydalanish jarayoni vaqtida genetik o’zgargan tuproqlarni o’z ichiga olgan. Oldin mavjud bo’lganlardan farqli o’laroq, bu ro’yxat past taksonomik birliklarning nomenakulturlari bilan to’ldirilgan va qo’shimcha tarzda ajratilgan tuproq tiplarini (podzol, botqoq-podzol, antropogen) o’z ichiga olgan. (jad.1) Table 1Belarussiya tuproqlarining tip va podtiplari
Klassifikatsion sxemadan hozirgi kunda ham foydalaniladi. 2001-yilda ishlab chiqilgan klassifikatsiya sxemasi asosida antropogen-qayta shakllangan tuproqlarni qamrab olgan va 426 ta nomdan iborat tuproq nomenklatur ro’yxati yaratilgan bo’lib, tuproq-kartografik va yer maydonini baholovchi ishlar uchun ilmiy hujjat hisoblanadi. Bu asosda ekin ekishning adaptiv-landshaft tizimi ishlab chiqilgan, unumdorlikni boshqarishdagi chora tadbirlar ishlab chiqilgan agro ishlab chiqaruvchi guruhlash va bonitirovkasi amalga oshiriladi. Barcha materiallar agro ishlab chiqarish kompleksidagi mutaxassislar ishlarining asosi hisoblanadi. Lekin tuproq haqidagi yangi bilimlar, hududning ma'lum bir qismida gidromorfning mavjudligi, madaniylashtirish darajasining farqlari yangi klassifikatsiya sxemalarini qayta ishlab chiqishga asos bo'lib xizmat qildi. Ayniqsa, T.A.Romanova (2004) tuproqni ajratishda gidrologik yondashuvni asos qilib olib, yuqori darajadagi suv rejimi xususiyatlari bo'yicha, xoslik darajasini-antropogen omillar bo'yicha ajratdi. 2007-yilda profil-genetik-omillik prinsipi asosida yangi klassifikatsiya ishlab chiqildi. N.I.Smeyan va G.S.Sitron barcha tuproqlarni uchta bo'limga (tabiiy, antropogen-tabiiy va antropogen-qayta shakllangan), tuproq hosil qilish omillariga egaligi bo'yicha sinflarga ajratishdi. Tabiiy tuproqlar bo'limida avtomorf, yarim gidromorf va gidromorf tuproqlar, antropogen-tabiiiy bo'limida-avtomorf, yarim gidromorf, quruqlashgan va antropogen-qayta shakllangan bo'limda-agrogen va texnogen tuproq sinfllari ajratilgan. Profil tuzilishining asosiy elementlarining xususiyatlariga va tuproq hosil qilish jarayoni birliklariga ko'ra har bir sinfdan quyi sinflar ajratilgan. Quyi sinfga asosiy taksonomik birlik bo'lgan tip kiritiladi. Muallif tomonidan hozirgi kungacha qo'llaniladigan Belorussiya tuproq klassifikatsiyasi bilan yangi klassifikatsiya sxemasining tuproq kordelatsiyasini taqdim etadi. (N.I.Smeyan, T.N.Puchkareva, T.A.Rjeutskaya va boshqalari.,1990) Download 85.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling