5-amaliy: Rivojlantiruvchi talim texnologiyalari. Tanqidiy fikrlashni shakllantiruvchi texnologiyalar. Reja
Download 29.47 Kb.
|
2-amaliy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tanqidiy fikrlashni taminlovchi savollar.
- Tanqidiy fikrlash nima
O„zaro fikr olishuv. Fikrlash jarayoni talabalarning o’zaro fikr olishuvini ko’zda tutadi. Talabalarning o’zaro fikr olishishi ularning bir-biridan o’rganishdagi o’rtoqchiligiga asos soladi. Talabalardan fikrlovchi sifatida o’zlarida bo’lgan yirik fikr va oddiy xatoga bo’lgan qobiliyatlarini boshqalarga ochib berish talab etiladi.
O’zaro fikr olishishda talabalardan diqqat bilan tinglash, o’zining qarashlar tizimini so’zlovchiga zo’rlab o’tkazish va boshqa so’zlovchilarni tuzatib turishdan o’zini tiyib turishi ham talab etiladi. Bunga javoban talabalar boshqalarning yalpi fikrlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo’ladi. Keng doiradagi munozara oqibati o’laroq talabalar o’zlariga tegishli bo’lgan g’oyalarni tahlil qilish va uni aniqlashga yanada qobiliyati orta boradi hamda ularni o’z bilimlari va hayotiy tajribalarida yaratgan g’oyalari tizimiga tirkab boradi. Fikrlash jarayonini tashkil etishda uni o’tkazishning bir necha modellari mavjud. Ular: o„ziga ishonch hosil qilish; ishda faol ishtirok etish; o„rtoqlar va o„qituvchi bilan fikr olishish; o„zgalar fikrini tinglay olish. Tanqidiy fikrlashni ta'minlovchi savollar. Tanqidiy fikrlash jarayonida axborotni tahlil qilish va izohlash, g’oyalarini tahlil qilish, o’rganilayotgan hikoyalarni o’z taxminiy rejalari bilan qayta tuzib chiqishga qaratilgan savollardan foydalaniladi. Qo’llanmada tahlil qilinayotgan bu masalalar Senders (1969) ifodalari va Blum tizimli savollaridan olindi. Bu savollar turli sathdagi qiyinchilikda fikrlashning turli ko’rinishlarini ta'minalashda vosita bo’lib xizmat qiladi. Eslab qolishga xizmat qiladigan savollar yoki formal sathdagi savollar eng kuyi sathdagi savollarga taalluqlidir. Baholash yoki hukm chiqarish beriladigan savollar fikrlashni ta'minlaydigan ikkinchi sathdagi savollar sifatida qaraladi. Tanqidiy fikrlash, chaqiruv, anglash, xulosalash, izn, rang-baranglik, faollik, tavakkalchilik,o’zaro fikr olishuv. Tanqidiy fikrlashni rivojlantiruvchi pedagogik texnologiyalar: belgisi, asosi va mexanizmi. Tanqidiy fikrlashni o’stirishga xizmat qiladigan metodlar «Demokratik ta'lim uchun» konsorsiumi tomonidan amalga oshiriladigan «Tanqidiy fikrlash uchun o’qish va yozish» loyihasi doirasida ishlab chiqilgan. Konsorsiumning a'zolari: Xalqaro o’qish assotsiatsiyasi, Xobart va Uilyam Slims kollejlari va Shimoliy Ayova shtat universiteti. Bu loyihani Nyu – York Ochiq jamiyat instituti va Markaziy Osiyo to’g’risidagi Markaziy va Sharqiy yevropadagi Soros fondi mablag’ bilan ta'minlaydi. Bu paragrafda metodlar mazmuni mazkur loyiha materiallariga muvofiq ravishda yoritiladi. Tanqidiy fikrlashning faol metodlarini ishlab chiqishda quyidagi asoslardan kelib chiqadilar: Tanqidiy fikrlash nima? Download 29.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling