5-amaliy: Rivojlantiruvchi talim texnologiyalari. Tanqidiy fikrlashni shakllantiruvchi texnologiyalar. Reja


Download 29.47 Kb.
bet1/8
Sana04.11.2023
Hajmi29.47 Kb.
#1745147
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2-amaliy


5-amaliy: Rivojlantiruvchi talim texnologiyalari. Tanqidiy fikrlashni shakllantiruvchi texnologiyalar.
Reja

  1. Ta`lim oluvchining intellektual qobiliyatini rivojlantirish-barcha rivojlantiruvchi talim texnologiyalarining asosi

  2. L.V. Zankovning rivojlantiruvchi ta`lim texnologiyasi va uning nazariy bilimlarning hal qiluvchilik roli tamoyili.

  3. D.B.Elkonina va V.V.Davidovlarning rivojlantiruvchi ta`lim texnologiyasi va ularning mashg`ulotlardagi o‘quvchilarning maqsadga yunaltirilgan faol o‘quv faoliyati tamoyili. Interfaol metodlar.

  4. Texnologik karta. Ta`limning uch bosqichli modeli. Chaqiriq, Anglash, Fikrlash. Uch bosqichning vazifalari, Tankidiy fikrlash asoslari.

Tаyanch so‟z vа iborаlаr:
Rivojlantiruvchi ta`lim texnologiyasi .Interfaol metodlar. Texnologik karta, Tankidiy fikrlash , chaqiruv, anglash, xulosalash, izn, rang-baranglik, faollik, tavakkalchilik,o’zaro fikr olishuv.
Tanqidiy fikrlashni rivojlantiruvchi pedagogik texnologiyalar: belgisi, asosi va mexanizmi.
Tanqidiy fikrlashni o’stirishga xizmat qiladigan metodlar «Demokratik ta'lim uchun» konsorsiumi tomonidan amalga oshiriladigan «Tanqidiy fikrlash uchun o’qish va yozish» loyihasi doirasida ishlab chiqilgan.
Konsorsiumning a'zolari: Xalqaro o’qish assotsiatsiyasi, Xobart va Uilyam Slims kollejlari va Shimoliy Ayova shtat universiteti. Bu loyihani Nyu – York Ochiq jamiyat instituti va Markaziy Osiyo to’g’risidagi Markaziy va Sharqiy yevropadagi
Soros fondi mablag’ bilan ta'minlaydi.
Bu paragrafda metodlar mazmuni mazkur loyiha materiallariga muvofiq ravishda yoritiladi.
Tanqidiy fikrlashning faol metodlarini ishlab chiqishda quyidagi asoslardan kelib chiqadilar:
Tanqidiy fikrlash nima?
Fikrlash – o’qish, yozish, so’zlash va eshitishga o’xshash jarayon. U faol, muvofiqlashtiruvchi shunday jarayonki, unda o’zida biror haqiqat to’g’risidagi fikrlarni qamrab oladi.
Fikrlash kontekstdan tashqarida hosil qilinadigan ko’nikma emas.
Tanqidiy fikrlash ta'limiy dastur yoki kundalik hayotning umumiy kontekstidan yiroqlashgan sharoitda o’rganilishi lozim bo’lgan hodisa ham emas.
Braun (1989) ta'kidlaydiki, vazifa va real hayot maqsadlaridan ajratilgan o’quv ko’nikmalari ta'lim oluvchilarga ob'ektiv testlarni yaxshi topshirish imkoniyatini berishi mumkin, lekin ular bu ko’nikmalarni yangi vaziyatlarda qo’llay olmaydilar. Rixer ta'biri bo’yicha o’rganish va fikrlashning ta'rifi kognitiv psixologiya, falsafa va multmedia madaniyati ta'limi sohasidagi tadqiqotlar natijalariga asoslanadi.
Bu tadqiqotlarning asosiy natijalari:
1.Samarali va muttasil o’rganish asosida talabalarning axborotlarni o’zlashtirish, sintezlash va ularni to’la egallash faolligi yotadi (Anderson va unga hammualliflar, 1985).
2.O’rganish jarayoni fikrlash faoliyatini rivojlantirishning turli tuman strategiyalaridan foydalangandagina muvaffaqiyatliroq bo’ladi. Bunday strategiya o’rganish jarayonini yanada onglilashtiradi (Palinskar va Braun, 1989).
3. O’rganish va tanqidiy fikrlash talabalarning aniq vazifalarga nisbatan yangi bilimlarni qo’llash imkoniyatlariga ega bo’lgan taqdirda rivojlanadi (Resnik,1987). 4. O’rganish talabalarning oldingi bilimlari, tajribalariga tayangandagina mustahkamlanadi. Bular talabalarning bilgan bilimlarini yangi axborotlar bilan bog’lash imkoniyatini beradi (Ros,1990).
5. Tanqidiy fikrlash va o’rganish g’oya va tajribalarning turli-tumanligini pedagoglar tushungan va qadrlagan vaqtdagina amalga oshadi. Tanqidiy fikrlash «yakkayu yagona to’g’ri javob»ni qabul qiladigan mentalitet jarayonida yuz bermaydi.

Download 29.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling