5-Amaliy. Shahar suv qochirish tarmog’ni sxemalarini shakllantirish
Oqava suv nasos stansiyalarini jihozlash
Download 125.13 Kb.
|
15-Amaliy
Oqava suv nasos stansiyalarini jihozlashOqava suv tizimida oqava suvni yuqoriga kutarishga toʻgʻri keladi. Tozalash bekatlariga maishiy va sanoat oqava suvlarini oʻzatish uchun bosh nasos bekatlari xizmat qiladi, chuqurlikda joylashgan kollektorlardan oqava suvni kollektorning yuqori kismiga oʻzatish uchun tuman maydonida joylashga nasos bekatlari xizmat qiladi. Ayrim xollarda kollektorning joylashish chuqurligini kamaytirish uchun nasos bekatlari quriladi. Oqava suv turiga koʻra nasos bekatlari toʻrt guruhgaboʻlinadi: Yomgʻir suvlarini uzatish uchun; Choʻkindilarni uzatish uchun; Maishiy – xoʻjalik suvlarini uzatish uchun; Sanoat oqava suvlarini oqizish uchun. Oqava suv tozalash inshootlari odatda shahar yoki aholi turar- joylaridan ma'lum bir masofada joylashtiriladi. Shu sababli nasos bekatlari aholi turar-joylaridan uncha oʻzoq boʻlmagan masofada yoki tozalash inshootlari tarkibida joylashtirilishi mumkin. Nasos bekatining atrof maydonlarida koʻkalamlashtirilgan ximoyalash zonasi tashkil klinadi. Nasos bekati elektroenergiya bilan uzluksiz ta'minlangan boʻlishi lozim. Oqava suv nasos bekatlari takibiga quyidagilar kiradi: suv qabulqilish rezervuarlari panjara bilan; nasos agregatlari joylashtirilgan mashina boʻlimi, unda joylashtiriladi; sanoat, yordamchi va maishiy xonalari. Mashina boʻlimii suv qabulqilish rezervuari bilan bitta binoda boʻlishi mumkin, lekin ular bir biridan devor bilan toʻsilgan boʻlib va har biri tashqaridan kirish eshigi bilan ta'minlanishi lozim. Mashina boʻlimida oqava suvni yuqoriga koʻtarish nasoslari, vakuumli nasoslar, quvurlar, quvurlardagi zulfinlar, yuk kutarish qurilmalari, oʻlchov asboblari (monometrlar, vakuummetr, suv oʻlchov asboblari, suv sathini koʻrsatuvchi asboblar), shu bilan mashina boʻlimining poliga yigilgan suvlarni tashqariga chiqazuvchi nasoslar, ejektorlar yoki boshqa qurilmalar joylashtirilishi lozim. Oqava suvda oqava suvni yuqoriga koʻtarish uchun markazdan qochma, gorizontal va tik markali nasoslar qoʻllaniladi. Nasos bekatlarida ishchi nasoslardan tashqari zahira nasoslar ham oʻrnatilishi lozim. Ishchi nasoslar soni ikkitagacha boʻlganda zahira nasosining soni bitta boʻladi, agarda ishchi nasoslar soni ikkitadan koʻp boʻlsa zahiraga ikkita nasos oʻrnatiladi. Ishchi nasoslar soni uchta boʻlganda zahiraga bitta nasos oʻrnatilib va yana bittasi omborxonada saqlanadi. Nasos bekatlariga harakteristikalari (diametri, bosimi, quvvati) bir xil boʻlgan nasoslar tanlash maqsadga muvofiq boʻladi. Nasos bekatlarida oqava nasosning oqava suvni surish quvurlaridagi suv oqish tezligi 0,7 – 0,8 m/sek. ga, bosimli quvurlarda suv oqish tezligi1,5 – 2,5 m/sek. ga teng olinadi. Nasos bekatlarida avtomatik boshqarishning asosiy vazifasi nasos agregatarining elektrodvigatellarini ishga tushirish va uni uchirishdan iboratdir. Nasos bekatlarining eng koʻp tarqalgan turlari shaxtaliydir. Nasos bekatining bunday turlari maishiy – xoʻjalik va sanoat oqava suvlarini oqizish uchun xizmat qiladi. Nasoslar nasos bekatlarida suv qabulqilish rezervuaridagi oqava suv stxidan pastda joylashtiriladi, bunday joylashtirishda nasos bekatlarini avtomatlashtirish onsonlashadi. Nazorat savollari: Ichki oqova suv tizimlari qanday turkumlarga boʻlinadi? Oqova suv tizimining asosiy elementlariga nimalar kiradi? Oqova suv tizimining asosiy elementlari qanday vazifani bajaradi? Oqova suv qabul qiluvchilarga nimalar kiradi? Oqova suv qabul qiluvchilar qanday vazifani bajaradi? Oqova suv tizimida qanday quvurlar ishlatiladi? Oqova suv tizimidagi quvurlar qanday chuqurlikda yotqiziladi? Download 125.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling