5-Amaliy. Shahar suv qochirish tarmog’ni sxemalarini shakllantirish
Download 125.13 Kb.
|
15-Amaliy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Beton va temirbeton quvurlari diametr 150 mm va undan katta, 1000 mm boʻladi.
5-Amaliy. Shahar suv qochirish tarmog’ni sxemalarini shakllantirish. Oqava suv tarmogʻi uchun quvurlar quvurlar choʻyandan, asbestosementdan, plastmassadan, betondan, temir – betondanva shishadan boʻladi. Quvurlarning diametri 50,100,150 mm uzunligi 500 dan 2100 mm.gacha boʻladi. Plasstmassa oqava suv quvurlari diametri 50:80,100,150 mm boʻladi. Plastmassa quvurlarning kamchiligi ularning choʻzilish koeffisentining kattaligi va issiqlikka boʻlgan qarshiligi kamligidir. Oqava suv tizimlarida ichki va tashqi tarmoqlar uchun plastmassali bosimli quvurlar – pastzichli politetilen (PNP) va yuqori zichli polietilen (PVP) materiallaridan tayyorlangan, oʻzgartirishlari bilan quvurlar ishlatiladi. Yuqori zichli polietilendan (polietilen past bosimi) tayyorlangan quvurlar diametri 10 – 1900 mm boʻladi. Past zichli polietilendan (polietilen yuqori bosimi) tayyorlangan quvurlar diametri 10 – 160 mm boʻladi. Qoʻngʻir choʻyandan tayorlangan quvurlar ham oqova suvlarni oqizish uchun ishlatiladi. Koʻrsatilgan quvurlar toʻrt turda tayyorlanadi. L. ChL. Ch va T quvurlarining ishchi bosimlari 0.25; 0.4; 0.6 va 1.0 Mpa ga tengdir. Bu bosimlar quvurlar suvining harorati 20 S boʻlganida kamida 50 yil xizmat qiladi, degan xayolda qabul qilingan. Asbestosement (bosimsiz) quvurlar diametr 100–400mm oʻzunligi 2950–3950mm sanoat oqava suv tarmogʻi uchun ishlatiladi. Keramika quvurlar diametr 150-600mm oʻzunligi 80-1000mm. Beton va temirbeton quvurlari diametr 150 mm va undan katta, 1000 mm boʻladi.Hovli oqava suvi Ichki oqava suv tarmogʻidanokavasuvlar tashqi xavli oqava suv tarmogʻigatushadi. Xavli oqava suv tarmogʻi binodan chikkan oqava suvlarni koʻcha (shahar)tarmogʻiga olib ketadi, u erga yotqizilgan quvurlardan va quvurlar chizigiga joylashgan Quduqlardan iborat. Quvurlar uchun chuqur kaziganda binoning poydevori va devorlarning chukishidan va darz ketishidan saklash uchun xavli oqava suv tarmogʻi quvurlari bino devoridan kamida 3 m naridan oʻtkaziladi. Agar quvurlarning yotkiz ishi chuqurligi va binoning poydevorni chuqurligi ma'lum boʻlsa, bu masofani yanada aniqroq belgilash mumkin. Koʻzatish Quduqlari shunday joylashtiriladi: bino devoridan Quduqkacha boʻlgan chiqarish quvurining oʻzunligi 8m.dan oshmasligi kerak. Agar 8m.dan koʻp boʻlsa, qoʻshimcha koʻzatish qudugʻi kuriladi. Shahar oqava suv tarmogʻi oldidagi eng oxirgi quduq kontrol quduq deb ataladi (chizmalarda KK deb belgilanadi). Bu quduqni odatda uchastka chegarasidan (qizil chiziqdan) 1-1,5 nari joylashtiriladi.Tarmoqni ishini tekshirish va tozala uchun chiqarish quvurlari birlashgan paytda, kaylishlarda, diametrlar va kiyaliklar oʻzgargan joylarga toʻgʻri uchastkalarda 35m quvurlar diametri 150mm boʻlgandava 50m da quvurlar diametri 200-450 mm boʻlganda nazorat Quduqlari oʻrnatiladi.Kanalizasion koʻzatish quduqlari koʻpincha, tayyor beton xalqalar yoki bloklardan, ba'zan gʻishtdan qilinadi. Quvurlar diametri 200 mm va chuqurligi 2 mgacha boʻlganda 70 mm qabul qilinadi, katta diametrlar va chuqurliklar uchun1000 mm va undan ortik qabul qilinadi. Quduqlar diametri 650 mm boʻlgan choʻyan kapkok bilan birkitib kuyiladi. Oqava suvlar quduq tubida yarim doyraviy shaklli beton novlar qilinadi.Novlarningdiametri ularga tutashtiriladigan quvurlarning diametriga teng boʻladi. Novlarning burilish joylari ravon boʻlishi kerak, aks holda ular oqava suvlarning okishiga tuskinlik qiladi va quduqning ifloslanishiga sabab boʻladi. Novlar biroz qiyaroq oʻtkaziladi. Quvurlarni koʻzatish quduqlariga ulashda quvurning cheti quduq devorning ichki sirtida tugashiga e'tibor berish kerak. Agar kuzatish qudugʻiga har xil diametrli quvurlar ulanadigan boʻlsa, ularning yuqori chetlari bir sathda turishi lozim quvurlarning yon sirtlarini quduqka ulashda quduqka kiradigan va quduqdan chiqadigan quvurlarning ular orasidagi burchak utmas boʻlishi kerak. Kuzatish qudugʻining asosi betondanqilinadi. Quduqning tubi nov tomonga 0, 02 kiya boʻlishilozim. Quduqka tushish oson boʻlishi uchununing devoriga har 35-40 sm da metall skobalar oʻrnatiladi. Bu ogʻzi toroytirilgan oqava suv quduqpariga kirishda vertikal devor oqava suv Quduqka kiradigan tomonga qilinadi. Skobalar ham shu vertikal devorga oʻrnatiladi. Agar uylarning ertoʻlalarida sanitariya jihozlari oʻrnatilsa, unda hovli oqava suv tarmoqlari ancha chuqur oʻrnatiladi. – rasm. Sanoat koronaning ichki oqova suv tarmogʻi. – rasm. Binolarning hovli oqova suv oqizish tarmoqlari. – rasm. Hovli oqava suv quvurlarni bir biriga ulash usulari. Yertoʻlalardagi oqava suvlarni tashqariga chiqarish uchun koʻpincha nasos bekatlari loyihalanadi. –rasm. Oqava suvlarni tortish moslamasi a-nasosli; b-pnevmatik (siqilgan havo yordamida); 1-ichki oqava suv tarmogʻidan yuboruvchi quvur; 2- idish (hovoʻz); 3-shamollatish quvuri; 4-bosimli quvur; 5- zulfin; 6-soʻruvchi quvur; 7-teskari klapan; 8-gidravlik zatvor; 9- siqilgan havoni oʻzatuvchi quvur.
Oqava suvning nosozliklariga quyidagilar kiradi: gidrozatvorlar, quvur yoʻllar, hovli tarmoqlarining ifloslanishi, quvur yoʻl va sanitariya asboblarining shikastlanishi, ulardan suv sizishi, quvurlarda suvning moʻzlab qolishi, xonaga hidlarning kirishi. Gidrozatvor va quvur yoʻllarning ifloslanishi – oqava suvningengkoʻp uchraydigan buzuqligidir. Ular oqava suvdan foydalanish qoidalari buzilgan va choʻkindilar chiqarib tashlanadigan profilaktik tozalash oʻtkazilmagan vaqtda yuzberadi. Gidrozatvor yoki quvur yoʻl ifloslanganda suv sanitariya asboblaridan sekinlik bilan oqib tushadi yoki ularga balandda joylashgan qavatlardagi asboblarni suvni chiqarib tashlash vaqtida kiradi. Gidrozatvor va quvur yoʻllardagi iflosliklarda stlabrezina tozalagich 5 (vantoʻz) (36-rasm, a) yordamida suvni haydash bilan yoʻqotishga urinib koʻriladi. Buning uchun sanitariya asbobi 6 suvdan toʻldirilib, tozalagich chiqish joyi 4 ga taqaladi va dasta 7 ni qattiq bosish bilan suv tozalagich ostidan quvur yoʻlga itarib chiqariladi. Soʻngra dasta yuqoriga keskin tortiladi, bunda ifloslik yumshaydi. Toʻkish jumraklari bilan jihozlangan sanitariya asboblarini haydash vaqtida suv sachrab ketmasligi va haydash samarasini oshirish uchun joʻmrak zich berkitib qoʻyiladi. –rasm. Ichki oqava suvdagi iflosliklarni bartaraf etish: a-sanitariya asbobini haydash, b-reviziya-sifonni tozalash, v-unitazni va reviziya orqali oʻtgan quvur yoʻlni tozalash, 1-gidrozatvor qopqogʻi, 2-kalit, 3-butilkasimon gidrozatvor, 4-chiqargich, 5-rezina tozalagich, 6-sanitariya asbobi, 7- dasta, 8-ifloslik toʻrejagan joy, 9-sim, 10-qopqoq, 11-qoʻgʻirchoq, 12-egiluvchan koʻtarma, 13-unitazdagi teshik, 14-reviziya. Ifloslikni haydash yoʻli bilan yoʻqotish imkoni boʻlmagan hollarda gidrozatvorlar koʻzdan kechiriladi va tozalanadi. Shisha idishlisimon gidrozatvor 3 dan iflosliklarni chiqarib tashlashda maxsus kalit 2 bilan pastki qopqogʻi burab chiqariladi va yuviladi. Ikki aylanishli gidrozatvorlarda pastki tirsakda joylashgan tiqin burab chiqariladi va ifloslik togʻora yoki chelakka toʻkib olinadi. Shundan soʻng gidrozatvor tozalanada va yuviladi. Ochiq holdagi gidrozatvorning qoʻl etadigan joylarida tiqilib kolgan ifloslikni oson boʻzish uchun yumaloq simchoʻtka, choʻtka yoki uchi qayrilgan sim vositasida tozalanadi. Tozalangan gidrozatvor issiq suv bilan yuviladi. Yigʻishdan oldin qopqoq bilan kobik orasidagi rezina qistirma tekshirib koʻriladi. Qistirma hatto bir oz shikastlangan boʻlsa ham uni almashtirish lozim. Gidravlik zatvorni yigʻishdan oldin qistirmalar, boltlar, gaykalar, rezbalar zang bilan qorejamasligi va undan keyingi tozalash maqsadida gidravlik zatvorni ochish mumkin boʻlishi uchun ularning sirtlari solidol bilan qalin qilib moylanadi. Unitazlar gidrozatvorida toraygan joylar ifloslanadi. Unitazdagi ifloslik (36- rasm, v) rezinadan qilingan, oʻlchami gidrozatvorning kirish teshigiga mos keluvchi porshen–qalpoq, yogʻoch, egiluvchan kutarmaga mahkamlangan lattadan iborat «qoʻgʻirchoq» 11 yoki tozalash uchun moʻljallangan teshik 13 orqali oʻtkazilgan sim vositasida ketkaziladi. Egiluvchan kutarma oʻzak (diametri 8... 9 mm li poʻlat arqon) va poʻlat simdan qilingan spiralsimon qobiqdan iborat. Agar unitazni bunday usulda tozalashning iloji boʻlmasa, unda u ajratib olinadi va chiqarish teshigi tomonidan tozalanadi. Keramikadan qilingan asboblarni tozalashda yoʻgʻon metall oʻzaklardan foydalanish mumkin emas, chunki ular asbobni shikastlantirishi mumkin. Vannalarniig gidrozatvori soch, titilgan chipta, sovun boʻlaklari tushishi natijasida ifloslanadi. Bu narsalar oʻchi ilmoq qilib qayrilgan sim vositasida yoki haydash orqali ketkaziladi. Quvurlardai ifloslanish koʻpincha uzun gorizontal tarmoq va burilish joylariga qum, sovuq, lattalar, yirik narsalar tushishi natijasida, oqava suv sarfi kam yoki qiyalik eng kam boʻlgan yoki oqava suv quvurlaridagi kontr qiyalik, quvurlar, chiqarish quvurlari va hovli oqava suv tarmogʻi singan vaqtda yuz beradi. Quvur yoʻllar reviziya 14 va tozalash tuynugi orqali poʻlat arqon, maxsus quymali simdan foydalanib tozalanadi. Plastmassa quvurlarni tozalashda poʻlat simlardan fondalanish taqiqlanadi. Ba'zan iflosliqni suv quvuri suvining oqimi bilan yuvib yuborish mumkin. Buning uchun aralashtirgichga rezina shlang kiyigizilib, u sanitariya asbobining chiqarish teshigi yoki reviziya orqali ifloslik turgan joygacha kirgizilib, issiq suv ochiladi va choʻkindilar yuvib yuboriladi. Quvur yoʻlni tozalagandan soʻng oqava suv gazlari xonaga kirmasligi uchun gidravlik zatvorlar, quvur yoʻllardagi teshiklar tikin, qopqoqlar bilan germetik berkitiladi. Quvur yoʻldagi ifloslikni ba'zan rezina vantoʻz vositasida ketkazish mumkin. Quvur yoʻllarni kimyoviy usulda tozalashda kukunsimon «Krot» preparati ishlatiladi. Buniig uchun preparatdan osh qoshigʻida bir-ikki marta olib sanitariya asbobining chiqish teshigiga solinadi, shundan soʻng bir stakan issiq suv quyiladi va 1...2 soat shunday qoldiriladi. Kukun tarkibidagi oʻyuvchi natriy ifloslikni emiradi. Soʻngra quvur yoʻllar koʻp suv bilan yuviladi. Preparat bilan ishlashda ehtiyot boʻlish kerak; u badanga tekkan vaqtda koʻp suv bilan yuvib tashlanadi. Plastmassa quvur yoʻllarni tozalashda ularni mexanik pishiqligi, pastligini hisobga olgan holda alohida ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim. Shuning uchun bunday quvur yoʻllarni tozalashda poʻlat sim yoki arkon oʻrniga diametri 16..32 mm li oʻzun egaluvchan plastmassa quvurlar yoki qattiq rezina shlanglar qoʻllaniladi. Gidravlik plastmassa zatvorlar, reviznalar va tozalash joylarining qopqoqlari maxsus kalitlar vositasida olinadi va burab chiqariladi. Reviziya qopqoqni olish uchun kamdan-kam hollarda otvyortka yoki metall chiqiqlardan foydalanish mumkin boʻlib, ular qopqoqning chiqiqlariga ilintiriladi. Plastmassa quvur yoʻllarni koʻzdan kechirish va tozalashda ularni devordan surish yoki ularni devorga siqib qoʻyish, zinapoya quvurlariga suyantirish mumkin emas. Quvur yoʻllar yoniga isitish asboblarini qoʻyish mumkin emas, chunki bu quvur yoʻllarning deformasiyalanishiga olib keladi. Iflosliklardan tozalashda metall choʻtkalar va qumli pastalar hamda materiallardan foydalanish taqiqlanib, bunday hollarda yumshoq hoʻllangan lattadan foydalaniladi. Chiqarish quvur yoʻllarining iflosliklari quvur yoʻllarni tozalash kabi bino devorining tashqarisiga oʻrnatilgan quduq, reviziya yoki tozalash joylari orqali tozalanadi. Quvur yoʻllarning shikastlanishi bino, tuproqning choʻkishi, zarblar, zanglash natijasida vujudga keladi. Shikastlangan joylarni mumkin qadar tezroq bartaraf etish zarur, chunki oqava suvlar sizishi natijasida uy, territoriya ifloslanadi. Shikastlangan quvurlar va biriktirilgan qismlar almashtiriladi yoki suv oʻtqazmaydigan bandajlar (quymalar) shikastlangan joyga qoʻyiladi. Quvurlarning sanitariya asboblari biriktirilgan joylari devorga yaxshi mahkamlanmaganda, choʻyan quvurlarning tutashgan joylari va quvurlarni tozalash uchun oʻyilgan teshiklar sifatsiz berkitilganda oqava suv quvurlarining shikastlanishi (nogermetikligi) koʻzatiladi. Keng ogʻizga (rastrub) rezina halkasi qoʻyib biriktirilgan plastmassa quvurdagi sizishlar zichlovchi rezina halqalar notoʻgʻri oʻrnatilganda, ularning sifati past boʻlganda, quvurning tekis uchi keng ogʻizga etarlicha kirmaganda (chizi¿igacha emas), shuningdek quvurlar harorat tufayli deformasiyalanganda yoki qattiq (rezina qistirmasiz) mahkamlanganda koʻzatiladi. Binodan foydalanishning dastlabki davrida plastmassa quvurlarning shikastlanishi quvurlarning boʻylamasiga egilishi, orayopmalar qavatida qisilishi (gilza boʻlmagan vaqtda), shuningdek quvur balandligi boʻyicha mahkamlanmagan vaqtda yuz beradi. Quvurlarning sifatsiz mahkamlanishi biriktiriluvchi qismlarning sinishiga va quvurlar choʻkkanda uning tekis uchi keng ogʻizdan sirgʻalib chiqishiga olib keladi. Shikastlangan quvur yoʻllar toʻzatiladi yoki almashtiriladi. Download 125.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling