5-Amaliy. Sovitish, muzlatish uskunalari. Sovutkichning ishlash prinsipi. Frizerlar
Download 235.96 Kb.
|
5-Amalij(1)
5-Amaliy. SOVITISh, MUZLATISh USKUNALARI. SOVUTKIChNING IShLASh PRINSIPI. FRIZERLAR Sutni qizdirish va sovutish uchun quvurli, plastinkali, spiralli, devor oraliqli issiqlik almashtirgichlardan foydalaniladi. Quvurli va plastinkali apparatlar keng tarqalgan. Quvurli issiqlik almashtirgichlar qobiqli quvurli, elementli va ilon sifat turlariga bo‘linadi. Qobiqli quvurli issiqlik almashtirgichlar ixcham, sodda tayyorlanishi va ishlatish ishonchli bo‘lgani tufayli sanoatda keng tarqalgan. Plastinkali apparatning asosiy ish organi issiqlik almashtiruvchi plastina hisoblanadi. Uni qalinligi 0,8 – 1,5 mm li zanglamas yupqa po‘latni shtampovka qilish yo‘li bilan tayyorlanadi. Oqimni turbulentlash uchun plastinkalar maxsus ariqchalarga ega. Plastinkali apparatlarda lentali va setka – oqimli plastinkalar qo‘llaniladi. Ariqchalar yo‘nalishi har xil (gorizontal, vertikal, 60 0 burchak ostida) bo‘ladi. bu turbulent oqim hosil qilish hamda Plastinkalarga mustaxkamlik berish imkonini beradi. Plastinkalar apparatda bajaradigan vazifasiga qarab oddiy (rabochqy – ishchi), chegara va oxirigi deb yuritiladi. Plastinkalar Periferiya yoki ba’zi teshiklar atrofi zichlash rezinalari uchun (kanavka) chuqurchalardan iborat. Zichlagichlarning joylashishiga qarab Plastinalar ikki tomonli, bir tomonli va silliq bo‘ladilar. Oddiy (ishchi) Plastinalar 4 ta burchak teshiklariga ega – yig‘ilgach kollektor kanallariga aylanadi. Chegara Plastinalari teshiklari 4 dan kam bo‘lib, ularni oqim yo‘nalishini o‘zgartirish kerak bo‘lgan joylarga o‘rnatiladi. Oxirigi Plastinalar sektsiyalar so‘ngiga o‘rnatiladi. Paket–Plastinalar guruhi, ular oralig‘ida mahsulot yoki (teploxladonositel) issiqlik va sovuq tashish agenti bir yo‘nalishda xarakatlanadi. Plastinalar Paketlari apparat sektsiyalarini hosil qiladi, ular har xil operatsiyalarni (qizdirish, Pasterlash, repuperatsiya va sovutish) bajaradilar. 4.2-rasm. Issiqlik bilan ishlov berish qurilmalari: a-plastinali qurilma: 1,2,11,12-shtuserlar; 3-old ustun; 4- yuqori burchak teshigi; 5-kichik xalqa rezina qistirgichi; 6-chegara plastina; 7-shtanga; 8-siquvchi plita; 9-orqa ustun; 10-vint; 13-katta rezina qistirgich; 14-pastgi burchak teshigi; 15-ishchi plastina; 6-quvursimon apparat; 1-silindr; 2-quvur reshetkasi; 3-to’ldiruvchi qistirgich; 4-qopqoq; 5-tashqi qobiq; 6-richag; 7-gayka; 8-havo сhiqarish krani; 9-issiqlik izolyatsiyasi; 10-pasterizatsion quvur; 11-chiqargich. Plastinkala apparatda oldi va orqa ustunlarga tepa va pastki shtanga (to‘sin) uchlari maxkamlangan. Tepa shtanga platinalarni osish uchun mo‘ljallangan. Plastinalar yig‘ilgach zichlash prokladkalari apparatda ikkita izolyatsiyalangan germetik kanallar sistemasini hosil qiladi. Bu sistemalardan biri qaynoq ishchi muhit uchun, boshqasi–sovuq uchun muljallangan. Quvurli apparatlar modifikatsiyalangan issiqlik almashinuv tsilindrlari asosida ishlanadi. Bu tsilindrlarda quvurlar asosiy elementlardir. Ular reshetkalarga vvaltsovka qilinadi. Reshetkalar termoizolyatsiyalangan va qobiq (kojux) bilan o‘ralgan tsilindrga o‘rnatiladi. Issiqlik yoki sovuq tashuvchi suyuqlik quvurlar oralig‘iga, mahsulot esa – quvurlarga yuboriladi. Quvurli apparatlar bir qancha ustunliklarga ega: rezina zichlagichlarning miqdori ko‘p emas va ularning o‘lchamlari kichik; issiqlik almashish samaradorligini oshirish uchun mahsulot xarakatini yuqori tezlikda ta’minlash; mahsulotni 100 0S dan ko‘proq haroratda qizdirish; ekspluatatsiya qilishning yuqori darajada ishonchliligi va issiqlik uzatuvchi quvurlar ich qismini mexanik usulda tozalash imkoni borligi. Download 235.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling