Izobarik jarayonda gaz hajmining temperaturaga bog’liqligini o’rganish ishdan maqsad


Download 106.59 Kb.
bet1/5
Sana06.05.2023
Hajmi106.59 Kb.
#1436260
  1   2   3   4   5
Bog'liq
2 та лаборатория


IZOBARIK JARAYONDA GAZ HAJMINING TEMPERATURAGA BOG’LIQLIGINI O’RGANISH


Ishdan maqsad: Doimiy bosimda gaz hajmining haroratga bog’liqligini o’rganish.
Kerakli asboblar va qurilmalar: Gazli termometr, dastaki vakuum nasosi, V shaklidagi shtativ asos, shtativ ustuni, “Timsoh” tipli qistirgich, qizdiruvchi elektr plitka, shisha o’lchov stakani, raqamli termometr yoki NiCr-Ni harorat datchigi, Mobil CASSY.


Nazariy qism


mol miqdordagi ideal gazning holati tajribada aniqlanishi mumkin bo’lgan bosim, hajm va harorat qiymatlari bilan to’liq ifodalanadi. Bu uch parametrlar orasidagi munosabat asosiy gaz qonuni bilan aniqlanadi:
PV= RT (8.1)
Bu yerda p – bosim; V – hajm; T – harorat; ν ideal gazning moldagi miqdori; R – universal gaz doimiysi (8,31 j/(K⋅mol).
Agar parametrlardan biri – bosim, hajm yoki harorat doimiy qolsa, qolgan ikki miqdorni bir biridan mustaqil tarzda o’zgartirib bo’lmaydi. Masalan, doimiy bosimda holatlarning Gey-Lyussak munosabati o’rinli bo’ladi:
V T (8.2)
Mazkur tajribada bu qonun gazli termometr yordamida tasdiqlanadi. Gazli termometr shisha kapillyardan tashkil topgan bo’lib, uning bir uchi ochiq. Havoning ma’lum miqdori kapillyar ichida simobning tomchisi bilan zich berkitiladi. Tashqi p0 bosimda, kapillyar ichidagi havo V0 hajmga ega.
Gazli termometr harorati taxminan t≈90 °C ga yaqin suvga joylashtiriladi va bu sistema asta-sekin sovutiladi (8.1-rasm). Gazli termometrning ochiq uchi atrof muhitning bosimi ta’sirida bo’ladi. Shunday qilib, qamalgan havo ustunining bosimi tajriba vaqtida doimiy qoladi. Hajm quyidagicha aniqlanadi:
(8.3)
Bu yerda, d – kapillyarning ichki diametri (2,7 mm), h – havo ustunining balandligi.


Qurilmaning tuzilishi va ishlashi



Download 106.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling