Izobarik jarayonda gaz hajmining temperaturaga bog’liqligini o’rganish ishdan maqsad
Download 106.59 Kb.
|
2 та лаборатория
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sinov savollari va topshiriqlar
- IZOXARIK JARAYONDA GAZ BOSIMINING TEMPERATURAGA BOG’LIQLIGINI O’RGANISH Ishning maqsadi
- Nazariy qism
- 8.1-rasm. Termodinamik jarayonning sxematik tasavvur etilishi
Ishni bajarish tartibi
shisha idishdagi 400 ml hajmli suvni 90 °C gacha elektroplitkada qizdiring issiq suvni ehtiyotlik bilan shisha idishga quying. Harorat ko’tarilib borgan sari gazning boshlang’ich bosimi pasayadi; harorat ortishini kuzating va harorat hamda havo ustunining balandligini aniqlash uchun, harorat pasaya boshlash momentini kuting; suv vannasining (probirkadagi suv) sovushi mobaynida gazli termometrning asta-sekin haroratini va berk havo ustunining balandligini o’lchang; olingan natijalarni ishchi formulaga qo’yib hisoblang va o’lchashdagi absolyut va nisbiy xatolarni aniqlang; olingan natijalarni 1-jadvalga kiriting; olingan natijalar asosida gaz hajmining haroratga bog’li lik grafigini chizing. 8.1-jadval
Sinov savollari va topshiriqlar: Ideal gaz holat tenglamalarini keltirib chiqaring va mohiyatini izohlang. Gey-Lyussak qonuning fizik mohiyatini izohlang. Izobarik jarayonga ta’rif bering. Olingan tajriba natijalarini tahlil qilib, o’zgarmas bosimda gaz hajmining haroratga bog’lanish qonuniyatini tushuntiring. PV, PT va VT grafiklarida bosimni tasvirlang. Izobarik jarayon uchun tegishli formulalarni yozing. Ishni bajarish tartibini tushuntiring. Ishga xulosa yasang. IZOXARIK JARAYONDA GAZ BOSIMINING TEMPERATURAGA BOG’LIQLIGINI O’RGANISH Ishning maqsadi: Doimiy hajmda gaz bosimining haroratga bog’liqligini o’rganish. Kerakli asbob va qurilmalar: Gazli termometr, dastaki vakuum nasos, V shaklsimon shtativ asosi, shtativ ustuni, “Timsoh” tipli qistirgich, qizdiruvchi elektr plitka, shisha o’lchov stakani, raqamli termometr, NiCr-Ni harorat datchigi, Mobil CASSY. Nazariy qism Ideal gazning holati uchta o’lchanadigan parametrlar: bosim, harorat, hajm orqali to’liq ifodalanadi. Bu uch miqdor orasidagi munosabat asosiy gaz qonuni bilan aniqlanadi: PV=νrt (8.1) Bu yerda P – bosim; V – hajm; T – harorat; ν – ideal gazning moldagi miqdori; R - universal gaz doimiysi (8,31 ). 8.1-rasm. Termodinamik jarayonning sxematik tasavvur etilishi Agar miqdorlardan biri bosim, hajm yoki harorat doimiy qolsa, qolgan ikki miqdor bir biridan mustaqil tarzda o’zgara olmaydi. Masalan, doimiy hajmda V ideal gaz holati uchun Amonton munosabatini quyidagi ko’rinishda ifodalash mumkin: p∼T (8.2) Mazkur tajribada (II) munosabat gazli termometr yordamida tasdiqlanadi. Gazli termometr shisha kapillyardan tashkil topgan bo’lib, uning bir uchi ochiq. Havoning ma’lum miqdori kapillyar ichida simobning tomchisi bilan zich berkitiladi. Tashqi p0 bosimda, kapillyar ichidagi havo V0 hajmga ega. Xona haroratida dastaki(qo’l bilan yurgiziladigan) nasos yordamida havoni so’rib olish, havo ustunida r0+Δr bosim hosil bo’lishiga olib keladi, bu yerda r0 – tashqi bosim. Simobning tomchisi ham havo ustuniga bosim beradi: PHg=ρHg⋅g⋅hHg (8.3) Bu yerda ρHg=13,6 g/sm3 – simobning zichligi, g=9,81m/s2 – erkin tushish tezlanishi; hHg – simob tomchisining balandligi. Gazli termometrdagi havo ustunidagi umumiy bosim quyidagi ifoda bilan aniqlanadi: P=P0+ΔP+PHg (8.4) Qamalgan havo hajmi V – bosim, p – bilan aniqlanadi. Hajm V havo ustunining balandligi h bilan kapillyar A ko’ndalang kesimining yuzasi orqali quyidagi formuladan hisoblanishi mumkin: (8.5) Bu yerda d=2,7 mm kapillyarning ichki diametri. Termometr harorati 90°C ga yaqin suvga joylashtiriladi va bu sistema asta-sekin sovutiladi. Gazli termometrdan dastaki vakuum nasosi orqali havoni so’rib olish orqali, sovutish vaqtida havoning hajmi doimiy saqlanadi. Download 106.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling