5-Amaliy topshiriq Hajmi 70m
Download 89.36 Kb. Pdf ko'rish
|
5-Ameliy tapsirma
5-Amaliy topshiriq 1. Hajmi 70m 3 bo‘lgan xonadagi havo 100 kPa o‘zgarmas bosimda 280 K dan 300K gacha isitilgan bo‘lsa, havoning kengayishida bajarilgan ishni toping. 2. Massasi 14g bo‘lgan azot (μ=2810 -3 kg/mol) 250 K haroratda izotermik ravishda 2 atm. bosimdan 1 atm bosimgacha kengayganda bajarilgan ish nimaga teng bo‘ladi? 3. Bir mol ideal gaz izoxor ravishda bosimi 1,5 marta kamayguncha sovutildi, so'ngra avvalgi haroratgacha izobar qizdirildi. Bunda gaz 8300 J. ishini bajardi. Gazning dastlabki haroratini (Kelvinda) toping. 4. Massasi 32g bo`lgan kislorodning bosimini o‘zgarmas hajmda 263K haroratdan boshlab 3 marta orttirish uchun sistemaga berilgan issiqlik miqdorini va gazning bajargan ishini toping. Kislorodning o‘zgarmas hajmdagi solishtirma issiqlik sig‘imi
0 657
5. Molyar massasi 28 kg / kmol bo'lgan ma’lum miqdordagi ideal gazni doimiy bosimda 14 K ga qizdirish uchun 29 J issiqlik sarf etildi. Shu gazni doimiy hajmda dastlabki haroratgacha sovutish uchun undan 20,7 J issiqlik olinishi kerak. Gazning massasini (g da) toping. 6. 2 mol miqdoridagi bir atomli ideal gaz 300 K haroratda turibdi. Gazning hajmi 1,5 martaga shunday oshirladiki, bunda bosim hajmga chiziqli bog'liq bo'lib 20% ga ortadi. Gaz qanday miqdorda issiqlik olgan? 7. 2 mol miqdoridagi bir atomli ideal gaz 350 K haroratda turibdi. Gazning hajmi izobar ravishda ikki marta oshirilib, so'ngra dastlabki qiymatiga shunday yetkazildiki, bunda bosim hajmiga chiziqli bog'liq bo'ladi. Agar oxirgi bosim boshlang'ichnikidan 10% ga ko`p bo'lsa, ikkala jarayonda gaz qanday miqdorda issiqlik olgan? 8. Miqdori 3,2 mol bo’lgan gaz izobarik kengayib hajmi 3 marta ortdi, Gazga qancha issiqlik miqdori berilgan? Gazning boshlangich temperaturasi T 0
9. Azot doimiy bosimda qizdirilganda uning solishtirma issiqlik sig‘imi 1,05 kJ/kgK doimiy hajmda qizdirilganda esa 750 kJ/kgK. Massasi 1 kg bo‘lgan azot 1
K temperaturada izobarik qizdirilganda qancha ish bajariladi? 10. 4 litr hajmli gorizontal holatdagi teploizolyatsiyalangan cilindrni issiqlik o`tkazmaydigan porshen yordamida ikki qismga bo'lingan. Porshenning har ikki tomonida 50 kPa bosim ostidagi bir atomli ideal gaz joylashgan. Gaz qismlaridan biriga 30 J issiqlik beriladi. Idishdagi bosim qanday bo`ladi? Muddat 12.10.2020 soat 8 30
Shu vaqtdan keyin qabul qilinmaydi Download 89.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling