5-amaliyot darsi
Download 167.45 Kb. Pdf ko'rish
|
5- amaliy ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tuproq degradatsiyasi
- : «issiqxona samarasi», ozon «tuynugi», cho‘llashish. «Issiqxona samarasi».
- Ozon «tuynugi
5-amaliyot darsi Vazifa: Tabiatdan foydalanish oqibatida yuzaga keladigan geoekologik muammolarni o‘rganish
Geoekologik muammolarni bir qancha ko’rsatkichlar (xo’jalik sohalari bilan bog’liq, egallagan maydoni bo’yicha, oqibatiga ko’ra, kelib chiqish omillari) bo’yicha tasniflash mumkin, lekin yuqorida ta‘kidlaganimizdek geoekologik muammo muayyan maydonda tarkib topib, shakllanadi. Shu sababli bunday muammolarni tarqalgan maydoni bo’yicha – global, regional va lokal, ayrim hollarda esa milliy kabi guruhlarga ajratiladi. Global geoekologik muammolar – butun geografik qobiq doirasida ro’y beradigan va yer yuzining barcha qismlariga ta‘sir etadigan, barcha mamlakatlarga, butun insoniyatga birdek xavf soladigan eng murakkab geoekologik muammolardir. Bularga: ―issiqxona samarasi‖ va iqlim isishi, ―Ozon tuynugi‖, dunyo okeani sathining ko’tarilishi va suvining ifloslanishi, cho’llashish va h.k. kiradi. Bunday geoekologik muammolarni bartaraf etish uchun barcha davlatlar birlashib, yagona dastur asosida harakat qilishlari lozim. Yer yuzidagi barcha mamlakatlar o’z hududidagi mahalliy va mintaqaviy muammolarni hal etish orqaligina global geoekologik muammolarni yechimini topishlari mumkin. Barcha global geoekologik muammolarni ikkita katta guruhga bo’lish mumkin: 1) sayyoraviy – butun geografik qobiqni qamrab oladigan va yer yuzining turli rayonlarida har xil namoyon bo’ladigan muammolar. Masalan, Ozon qatlamining yemirilishi muammosi, ―issiqlik samarasi‖ muammosi; 2) universal – vaqt mobaynida ko’p marotaba, lekin ma‘lum ko’rinishda takrorlanadigan muammolar. Masalan, tuproq degradatsiyasi, bioxilma-xillikning qisqarishi, cho’llashish va h.k. Quyida global geoekologik muammolardan ayrimlarini, masalan, O’zbekiston uchun yechimi eng ahamiyatli bo’gan muammolardan bo’lgan tuproq degradatsiyasini qisqacha tavsiflaymiz. Degradatsiya so’zi polyak tilidan olingan bo„lib, (degradaya, lotin tilida esa degradation) “sekin-astalik bilan kamayish” va “pastga ketish” degan ma‟nolarni anglatadi.
funksiyasini o’zgarishiga, xossalarining miqdor va sifat ko’rsatkichlarining yomonlashishiga va unumdorlikning pasayishiga olib keladi, yani tabiiy va antropogen omillar ta‘sirida tuproqlarning turg’un xossalarining buzilishi, sifatining yomonlashuvi, xo’jalik nuqtai nazardan bahosining tushishi va samaradorlikning pasayishidir. Tuproq degradatsiyasining antropogen omillari ikki guruhga bo’linadi: maqsadli yo’naltirilgan va maqsadsiz yo’naltirilgan. 1. Maqsadli yo’naltirilgan – bu tuproqlarning xossalariga aniq yo’nalishda ta‘sir qilishga qaratilgan. 2. Maqsadsiz yo’naltirilgan – bu tuproq qoplamiga kompleks aralashgan holda ta‘sir qilib, uning xossalarining o’zgarishiga olib kelishi mumkin. guruhga bo’lish mumkin:
tuproq bioenergetik rejimining buzilishi (tuproq devegetatsiyasi – o’simlik qoplamining qirilishi, tuproq degumifikatsiyasi – tuproq gumusining yo’qotilishi, tuproqlarning qashshoqlanishi – yerlardan uzoq muddat foydalanilishi natijasida tuproqlarda ro’y beradigan jarayonlar); tuproqlarning patologik holatini buzilishi (tuproqlarning sanoat eroziyasi – qishloq xo’jaligi va o’rmon yerlarining aholi punktlari, karerlar, suv omborlari, sanoat va maishiy ahlatlar chiqindixonalari qurilishiga olinishi; tuproqlarning suv va shamol eroziyasi – tuproq yuza qatlamining suv va shamol ta‘sirida yemirilishi; tuproq strukturasining buzilishi va qatlamlarining o’ta zichlashuvi); tuproqlarning suv va kimyoviy rejimining buzilishi (tuproqlarning namligini va o’simlik qoplamini butunlay yo’qotilishi; tuproqlarning sho’rlanishi – tuproqlarning yuqori qatlamlarida, hosildorlikning yo’qolishiga olib keladigan, tez eruvchan tuzlarning to’planishi; tuproq asidifikatsiyasi – tuproq ishqorlik darajasining qishloq xo’jalik ekinlari va yovvoyi o’simliklar uchun optimal miqdordan ko’tarilishi bilan bog’liq jarayon; tuproqning quruqlashuvi – quritish melioratsiyasining noto’g’ri qo’llanishi oqibatida ro’y beradiganjarayon; botqoqlanish – tuproq yuqori gorizontlari namligining oshishi va namsevar o’simliklarning paydo bo’lishi); abraziya va daryo eroziyasi natijasida tuproq qoplamining yemirilishi va suv bosishi; ifloslanish (tuproqlarning sanoat ifloslanishi, qishloq xo’jalik ifloslanishi, radioaktiv ifloslanishi – tuproqlarda radionuklidlarning yadro portlashi, radioaktiv moddalarni ishlatadigan korxonalardan chiqarilishi, radioaktiv chiqindilarni ko’mish natijasida antropogen yoki tabiiy to’planishi); ko’p yillik muzloq yerlar tarqalgan rayonlarda tuproqlarning antropogen faoliyat natijasida yemirilishi (muzlagan gruntning erishi eroziyaning rivojlanishi va tuproqlarning yemirilishiga olib keladi); harbiy harakatlar zonasida tuproqlarning yemirilishi. Tabiat-keng ma’noda butun borlik tor ma’noda tabiat- kishilik jamiyati mavjudligining tabiiy sharoitlari majmuasidir. Tabiat tabiiy muxit tushunchalari bir-biriga yakin bulib inson xujalik faoliyati natijasida kisman uzgargan va unga ta’sir kursatuvchi abiotik va biotik tabiiy uzini tartiblash va uzini kullab-kuvvatlash xususiyati ega buladi. Tabiiy muxitda kuyidagilar ajratiladi;*Mustakiltabiiy muxit (yovvoyi tabiat), inson bilan bevosita munosabatda bulmagan va mustakil mavjud tabiiy muxit; *Kvazitabiiy muxit (ikkinchi tabiat), inson
tomonidan uzgartirilgan (madaniy) tabiiy landshaftlar, tabiiy muxitning bu kismi uz- uzini boshkarish va rivojlantirish xususiyatiga ega emas. *Artetabiiy muxit (uchinchi tabiat) insonni urab turgan sun’iy muxit bulib u texnik (binolar, inshootlar va boshkalar) va tabiiy komponentlar (xavo, tabiiy yoruglik va boshkalar)dan tashkil topgan. Tabiiy muxitning bu kismi sun’iy ravishda kullab-kuvvatlanmasa xalokatga maxkum buladi. Insoniyat jamiyati faoliyatiga geografik muxit tushunchasi xam uzviy boglik buladi. Geografik muxit- bu yerning geografik kobigi muxiti bulib turt asosiy sferadan; litosfera(yer kobigi), gidrosfera(suv kobigi), atmosfera(xavo kobigi), biosfera(xayot kobigi)dan iborat. Insoniyatning
yashash muxiti tushunchasi tabiatdan foydalanish iktisodining ijtimoiy- iktisodiy masalalarini taxlil etishda xayotni abiotik va biotik omillari majmuasi sifatida kuriladi. Atrof muxit tushunchasi esa yukoridagi tushunchalardan ancha keng ma’noga ega chunki u insonni biologik organizm sifatida karash bilan chegaralanmaydi .Uning mazmuni tabiiy ekotizmlarni, tabiiy komponentlarni (xavo, suv, tuprok, xayvonot dunyosi, usimlik 6 dunyosi)ni, xududlarni , landshaftlarni tabiiy tarixiy madaniy yodgorliklarni va boshka inson sogligi xayot faoliyativa sifatiga ta’sir etuvchilarni uz ichiga oladi. Tabiatdan foydalanish tushunchasi tabiat va inson munosabatlari jarayonlarni barcha majmualarini uz ichiga oladi. Tabiatdan foydalanish tor ma’nodagi axamiyati tabiiy resurs saloxiyatidan foydalanish barcha shakllari va uni saklash tadbirlarning majmuasi sifatida tushuniladi. Bu borada tabiatdan foydalanish uz ichiga kuyidagilarni oladi ;
takror ishlab chikarish; Hayot muxiti tabiiy sharoitlardan foydalanish va muxofaza kilish; Tabiiy tizimlar ekologik muvozanatni saklash va u orkali inson jamiyatini tabiiy resurs saloxiyatini saklash. Tor ma’noda tabiatdan foydalanish bilim soxasi sifatida tabiatni muxofaza kilish tushunchasining elementlarini uzida mujassam etadi va kuyidagicha tushuniladi; 1. Inson faoliyati va atrof muxit okilona munosabatlarni yulga kuyishga yunaltirilgan tabiiy resurs saloxiyatini saklash va tiklashni ta’minlovchi tabiiy resursdan okilona foydalanish inson salomatligi va tabiatga xujalik faoliyatining zararli natijalarini oldini oluvchi tadbirlar majmuidir. 2. Majmuali tarmoqlararo fan bulib tabiiiy muxit va tabiiy resurslarni tiklash va yaxshilash usullari tamoyillarini ishlab chikadi. Tabiatdan foydalanish uni uzgartirish va muxofaza kilish uzaro chambarchas boglangan jarayonlar xisoblanadi. Tabiatni muxofaza kilish antropogen modda va energiya almashinuvi konunyatlari bu jarayonning tabiat va jamiyat uzaro alokadorligiga ta’siri xususiyatlari, insonning kelajak rivojlanishi maksadlarida ushbu jarayonni boshkarish yullarini ishlab chikadigan fandir. Tabiatni muxofaza kilish vazifalariga kuyidagilar kiradi; 1.Tabiiy resurslardan okilona foydalanish ; 2.Chikindisiz ishlab chikarishlarni joriy kilish; 3.Atrof muxitni ifloslanishdan saklash; 4.Salbiy uzgarishlarni bashorat kilish; 5.Tabiiy komponentlardan minemal ifloslanganlik sharoitida foydalanish; 6.Tabiiy va madaniy axamiyatga molik noyob ob’ektlarni saklash; Insonning mehnat
faoliyati natijasida atrof -muhitga turli
chiqindilar chiqariladi. Chiqindilar (qattiq, gazsimon va suyuq)ning bir qismi atmosferaga, boshqasi suvga, yerga, o‘simlik va hayvonot dunyosiga ta’sir etib, vaqt mobaynida to‘planib boradi. Ularning yillar davomida asta-sekin to‘planib borishi tur li muammolarni, ba’zan inson hayoti uchun o‘ta xavfli muammolarni keltirib chiqarishi endilikda to‘liq tasdiqlanmoqda. Quyida mazkur geoekologik muammolarning ba’zilari bilan tanishasiz.Insonning xo‘jalik faoliyati natijasida dunyoda yirik ekologik muammol ar kelib chiqmoqda. Ular quyidagilar : «issiqxona samarasi», ozon «tuynugi», cho‘llashish. «Issiqxona samarasi». Dunyo bo‘yicha XX asrning 50 -yillaridan boshlab, energiya ishlab chiqarishning keskin ortishi munosabati bilan atmosferaga katta miqdorda chiqi ndilar chiqarila boshlandi. Atmosferaga chiqariladigan chiqindilar miqdori yiliga 5 mlrd tonnani tashkil qildi. Bu miqdor yil sayin orta boshladi. Bu esa Yerdagi o‘rtacha harorat 1890 - yildagi 14,5°C dan 1980-yilda 15,2°C ga, ya’ni 0,7 darajaga ortishiga ol ib keldi. Mazkur ko‘rsatkich yil sayin ortib borish xususiyatiga ega. Bu esa «issiqxona samarasi»ning yuzaga kelishiga sabab bo‘lmoqda. Olimlarning fikricha, «issiqxona samarasi»ni vujudga keltiruvchi gazlarning hozirgi ortish sur’ati saqlanib qolsa, har 10 yilda harorat 0,2-0,5 darajaga ortib boradi. Bu esa turli ekologik va ijtimoiy -iqtisodiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Dunyo bo‘yicha havo haroratining 1 -2 darajaga ko‘tarilishi natijasida Yevrosiyoda tundra, o‘rmon -tundra, tayga, aralash va keng bargli o‘rmonlar, o‘rmon -dasht va dasht tabiat zonalarining shimolga siljishi kutilmoqda. Bundan tashqari, Yevropa va Afrikada daryolarning suv oqimi ortadi.Dunyo bo‘yicha havo haroratining ortishi muzliklarning erishi va okean suvlarining issiqlik ta’sirida kengayishiga olib keladi. XX asr davomida olimlarning hisobi bo‘yicha okean sathi 17,5 sm ga ko‘tarilgan. Amerika olimlarining bashoratiga ko‘ra 2100 -yilga kelib Dunyo okeani sathi 1,4 -2,2 m ga ko‘tarilishi mumkin. Bu okean sohillarida joylashgan ko‘pchilik davlatlarning suv ostida qolib ketishiga sabab bo‘ladi. Ozon «tuynugi». XX asrning 50-yillaridan boshlab, havoda freon gazlarining (xlor, ftor, uglerod) miqdori ko‘payganligi kuzatila boshlandi. Bu gazlar 25 km balandlikda joylashgan ozon qatlamini yem ira boshladi. Ma’lumki, ozon qatlami Quyoshdan kelayotgan zararli ultrabinafsha nurlarini tutib qoladi. Ozon qatlamining yemirilishi natijasida ozon «tuynugi» hosil bo‘ldi. Mazkur tuynukdan Yer yuzasiga ultrabinafsha nurlarining kirib kelishi donli ekinlar hosilini keskin kamaytirib yuborishi, odamlarning teri raki kasaliga chalinishlariga sabab bo‘lishi aniqlangan. Download 167.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling