5-Bob: Iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofoti laureatlarining g‘oyalari. O‘zbekiston Respublikasining bozor munosabatlariga o‘tish konsepsiyasi va strategiyasi
Bozor iqtisodiyotini shakllantirishning bosqichlari va xususiyatlari
Download 80.5 Kb.
|
5-Mavzu
5. Bozor iqtisodiyotini shakllantirishning bosqichlari va xususiyatlari
O’zbekiston mustaqillikka erishgach, jahon hamjamiyatining teng huquqli a’zosi bo’lish imkonini qo’lga kiritdi va umuminsoniy sivilizasiya bilan uyg’unlashib, rivojlanib bormokda. Bugungi kunda Mustaqil O’zbekistonning jahon sivilizasiyasiga qo’shilishining falsafiy-metodologik muammolarini o’rganish nihoyatda muhim. O’zbekiston o’zining ko’p asrlik milliy davlatchiligi, madaniyati, ilm-fani, san’ati, o’ziga xos va betakror hayot falsafasi bilan jahon sivilizasiyasi rivojiga muhim hissa qo’shdi. O’zbek xalqi jahonga fan, san’at, falsafa, tibbiyot, siyosat, huquq, tarix sohalarida o’lmas asarlar yaratgan, buyuk allomalarni bergan. Biroq mustamlakachilik yillarida ro’y bergan quyidagi jarayonlar xalqimizning jahon sivilizasiyasiga qo’shilishi uchun imkon bermadi: — o’z milliy davlatchiligiga ega bo’lmaganligi; — milliy madaniyatning tabiiy rivojlanish imkoniyati cheklanganligi; — mustabid tuzum mafkurasining tazyiqi ostida dunyodan o’zib qo’yilganligi; —tarixi, ona tili, ma’naviy merosidan begonalashishi; — milliy qadriyatlari, an’ana va urf-odatlarining yo’qolib borganligi. Mustaqillik tufayli O’zbekiston uz taraqqiyot yo’lini erkin tanlash, milliy davlatchilik asoslarini yaratish va jahon sivilizasiyasiga qo’shilish imkoniga ega bo’ldi. Mamlakatimiz o’z mustaqilligining dastlabki yillaridanoq jahon sivilizasiyasiga qo’shilish yo’lini tanladi. Jahon sivilizasiyasi yutuqlaridan bahramand bo’lish mustaqil rivojlanish yo’liga kirgan davlatning dunyo hamjamiyatida o’ziga xos rivojlanishini ta’minlaydi. Binobarin, har bir xalq mustaqil bo’lganidan keyin o’zining iqtisodiyoti, madaniyati, milliy davlatchilik siyosatini amalga oshiradi. U o’z imkoniyatlariga tayanib, jahon hamjamiyatiga kirib borar ekan, bu jarayon milliy falsafada ham o’z ifodasini topadi. Mustaqillik milliy falsafaning negizi, uning umumjahon falsafiy jarayoni bilan qo’shilishi va uyg’unlashuvining eng asosiy shartidir. Mustaqillikka erishmagan xalq milliyligini, o’ziga xos qadriyatlari, urf-odatlari, ruhiyati va dunyoqarashini o’z falsafasida to’la-to’kis aks ettira olmaydi. Mustaqil bo’lmagan xalqning falsafasida mustamlakachilarning g’oyalari doimo ustuvor bo’ladi. Faqat mustaqillikkina ijtimoiy ongning hamma sohalarida, dunyo qarashning barcha jabhalarida milliylikning to’la-to’kis namoyon bo’lishi uchun zamin yaratadi. Tarixning saboq berishicha, hyech qanday davlat boshqa bir davlatga, boshqa bir xalqda o’z manfaatlarini ko’zlamasdan beg’araz yordam ko’rsatmaydi. Jahon sivilizasiyasiga qo’shilish har bir mustaqil rivojlanayetgan davlatning taraqqiyotida o’z kuchi va imkoniyatlariga, ilg’or an’analariga, qadriyatlariga, milliy davlatchilik tajribalariga, intellektual salohiyatiga, tabiiy boyliklariga tayanishini inkor etmaydi, balki ularning keng rivojlanishini taqozo etadi. Yerkinlik, mustaqillik hamisha zaruratni, mas’uliyatni anglashni taqozo etadi, erkinlik va mustaqillik jamiyatning har bir a’zosi oldiga "Biz kim edik?", "Hozir qanday ahvoldamiz?" va "Qanday bo’lishimiz kerak?" degan savollarga vijdonan javob berishni talab etadi. Mustaqillik yillarida farovon va baxtli hayotni bizga kimdir yaratib bermasligini, balki o’z aqlimiz, kuchimiz bilan yaratishimiz lozimligini anglashni taqozo etadigan dunyoqarash shakllangani bu savollarga javoblar izlanilayotganligidan, ularni hal qilish choralari kurilayotganidan dalolat beradi. Boshqa mamlakatlardan, yaxlit va bir butun jahon tizimidan ajralib qolgan holda bu borada ham taraqqiyotga erishib bo’lmaydi. Taraqqiyotga sivilizasiyali yondashuv o’ziga xos xususiyatlarga ega. O’zbekiston va jahon tarixini o’rganishga bunday qarash hozirgi zamon falsafasida muhim yo’nalishlardan biri sifatida qaror topmoqda. U tarixiy haqiqatni xolisona baholashga, milliy xususiyatlarning o’ziga xosligini anglashga, insoniyatning ilg’or rivojlanish tajribalarini bilishga va ulardan ijodiy foydalanishga imkon beradi. Jahon tarixiga sivilizasiyali yondashuv insoniyat taraqqiyoti zurliksiz va inqilobiy sakrashlarsiz o’ziga xos tadrijiy yo’ldan ilgarilab borganida jamiyat katta foyda ko’rishi, odamzod boshiga turli ijtimoiy ofatlar tushmasdan rivojlanishi mumkinligini ko’rsatadi. O’zbekistonda mustaqilligini mustahkamlash, jamiyat hayotini tubdan isloh etish uchun Taraqqiyotning o’zbek modeli Prezident I.A. Karimov tomonidan ishlab chiqildi. Bu jarayonning umuminsoniy jihatlari va jahon sivilizasiyasiga xos tomonlarining amalga oshishi muayyan muddatni talab qiladi. Bu muddatda amalga oshiriladigan barcha ishlar o’tish davri zaruratidan kelib chiqadi. Mustabid tuzum davrida jahon sivilizasiyasidan ajratib qo’yilgan O’zbekiston bu borada ikkita uzviy yo’nalishda faoliyat yuritishga majbur bo’lmoqda. Birinchidan, mustaqillikni mustahkamlash, milliy qadriyatlarni tiklash va asrab-avaylash asosida o’ziga xos va o’ziga mos yo’ldan borish. Ikkinchidan esa, bu jarayonda umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligini ta’minlash, jahon sivilizasiyasi yutuqlaridan keng foydalanish, demokratik jamiyat qurish vazifalarini amalga oshirmoqda. Bir qarashda ikki xil yo’lga o’xshab ko’ringan bu taraqqiyot usuli aslida umumiy jarayonning uzviy bog’liq ikki jihati, bir-birini taqozo etadigan tomonlarning dialektikasidir. O’zbekistonning I.A. Karimov tomonidan asoslab berilgan o’ziga xos taraqqiyot yo’li ya’ni Taraqqiyotning o’zbek modeli quyidagilarni uzida aks etdiradi 1) iqtisodning siyosatdan ustuvorligi; 2) davlatning bosh islohotchi ekanligi; 3) qonun ustuvorligi; 4) kuchli ijtimoiy siyosat; 5) bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o’tish. O’zbekistonning tadrijiy taraqqiyot yo’li ayrim davlatlarning bozor munosabatlariga "shokterapiya"si usuli bilan o’tish tajribasidan keskin farqlanadi. O’zbekistonning mustabidlikdan qutulgan dastlabki davrdagi o’ziga xos iqtisodiy ahvoli, sobiq ittifoq davrida o’lkaning xom ashyo yetkazib berishga ixtisoslashishi kabi og’ir meros bilan birga xalqning ming yillik tajribasi, undan kelib chiqadigan xulosalar bozor munosabatlariga tadrijiy ravishda bosqichma-boskich o’tishni taqozo etdi. Download 80.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling