5-Bob: Iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofoti laureatlarining g‘oyalari. O‘zbekiston Respublikasining bozor munosabatlariga o‘tish konsepsiyasi va strategiyasi
Download 80.5 Kb.
|
5-Mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Nobel mukofoti, iqtisodiyot bo‘yicha mukofotning ta’sis etilish xususiyatlari
- Alfred Bernxard Nobel
5-Bob: Iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofoti laureatlarining g‘oyalari. O‘zbekiston Respublikasining bozor munosabatlariga o‘tish konsepsiyasi va strategiyasi Reja:
1. Nobel mukofoti, iqtisodiyot bo‘yicha mukofotning ta’sis etilish xususiyatlari 2. Iqtisodiy modellar bo‘yicha mukofotlanganlar 3. Nobel mukofoti laureatlari ilmiy ishlarining ahamiyati 4. O‘zbekiston Respublikasida bozor munosabatlariga o‘tishning xususiyatlari 5. Bozor iqtisodiyotini shakllantirishning bosqichlari va xususiyatlari 1. Nobel mukofoti, iqtisodiyot bo‘yicha mukofotning ta’sis etilish xususiyatlari Iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofotlari sohiblari haqida so‘z yuritishdan oldin Nobel va uning ijodiy faoliyati haqida fikr yuritishni loyiq deb topdik. hozirgi vaqtda dunyoda bir qator nufuzli mukofotlar mavjud, ammo ular ichida Nobel mukofoti eng mashhur mukofotlardan biri hisoblanadi. Ma’lumki, Nobel mukofoti shvetsiyalik sanoatchi va ixtirochi Alfred Bernxard Nobel nomi bilan uzviy bog’liqdir. Alfred Bernxard Nobel 1833 yil 21 oktyabrda Stokgolm shahrida, mashhur Emmanuel Nobel oilasida tavallud topgan. Uning otasi Emmanuel Nobel yirik sanoatchi va kashfiyotchi bo‘lgan. U dunyoga suv osti minalari ixtirochisi sifatida tanilgan. Alfred Bernxard Nobel yoshligidan ilm-fanga juda berilgan, ilmga chanqoq o‘spirin edi. U yoshlik davridayoq mashhur rus kimyogarlari N.I.Zinin va V.F.Petreshevskiylarning ilmiy ishlari bilan tanishib chiqqan. Alfred Bernxard Nobel o‘zi olib borgan ilmiy tadqiqotlarining natijasi o‘laroq 1867 yil Buyuk Britaniyada portlovchi moddan "dinamit" uchun patent oldi. Xuddi o‘sha yili dastlabki dahshatli simobli kapsuyul - detonator ixtirosini ham patentlab oldi va o‘z ixtirolarini amaliyotga joriy qildi. Albatda, bu ixtirolar unga juda ko‘p mablag’ keltirdi va u tez orada yirik sanoatchiga aylandi. Alfred Bernxard Nobel tez orada London qirollik jamiyati va SHvetsiya Fanlar Akademiyasining a’zosi etib saylandi. U hayoti davomida juda ko‘p kashfiyotlar qilgan. Biz quyida uning mashhur kashfiyotlaridan biri haqida so‘z yuritamiz. Mashhur olim, kashfiyotchi va yirik sanoatchi bo‘lgan Alfred Bernxard Nobel 1896 yil 10 dekabrida Italiyaning San Remo shahrida olamdan o‘tadi. Alfred Bernxard Nobel o‘z hayoti davomida saksondan ortiq kashfiyotlar qilgan bo‘lsa ham, ammo ularning ichida eng mashhuri uning 1895 yili Parij shahrida yozib qoldirgan bir parcha "VASIYATNOMA"si hisoblanadi. SHu xujjatga asosan hozirgi Nobel halqaro mukofoti yuzaga keldi va tez orada yuksak salohiyatga ega bo‘ldi. Download 80.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling