5-bob. Neft- gaz konlarining zahiralari va ularning energetik sharoitlari


Download 1.57 Mb.
bet36/62
Sana18.11.2023
Hajmi1.57 Mb.
#1784003
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   62
Bog'liq
5-bob kitobcha

Izobar xaritasi. Mahsuldor qatlam bosimini undagi uyumni qazib chiqarish jarayoni izobar xaritalari orqali nazorat qilinadi. Izobar xaritasi deb uyumdagi barcha quduqlardagi bir vaqtda g’lchangan bosimlar kg’rsatkichining teng chiziqlar bilan birlashtiruvchi qatlam xaritasiga aytiladi. Bu xarita yordamida qatlamning barcha maydonlardagi holat-bosim depressiyasi chuqurliklari, bosimning ortiqcha tg’planib qolgan joylari tg’g’risida yorqin ma’lumot olish mumkin va shunga qarab qatlam sharoitdagi serharakat va kam harakat, demak, mahsuldor va notekis hamda kam mahsuldor maydon joylarini aniq bilish mumkin.
Ma’lum qazib chiqarilayotgan uyum bg’yicha izobar xaritasi muayyan vaqt orasida tuziladi. Bunday xarita tuzishda keltirilgan bosim kg’rsatkichidan foydalanish darkor. Ba’zi maxsus tadqiqotlar uchungina bosimning asl kg’rsatkichi bg’yicha xarita tuziladi. Izobar xaritasi uyum uchun asosan kvartal oxiriga tuziladi, lekin bosimlarning ma’lum darajada barqarorligi holatidagi yarim yilda bir tuzilsa ham bg’ladi. Umuman qazib chiqarish jarayonining barcha davrlari va qatlam sharoitining murakkabliklarida izobar xaritasi muntazam ravishda har yarim yilida tuzilishi maqsadga muvofiqdir.
Izobar xaritasi ma’lum muddatga tuziladi. Lekin hamma quduqlardagi bosim g’lchash jarayoni bir vaqtda bajarilishi haqiqatdan yiroq, lekin quduqdagi bosim kg’rsatgichlari xarita tuziladigan vaqtga yaqin bg’lishi talab qilinadi. Agar imkoniyatni yaratib bg’lmasa, bosimning kg’rsatkichiga ma’lum tuzatish kiritish lozim. Bunday tuzatishni avvalgi o’lchamdagi bosimlar kg’rsatkichining pasayishi holatiga qarab ijro etish mumkin. Xarita yuzasida quduqlar bg’lmagan chekka joylardagi bosim kg’rsatkichini nazariy jihatdan asoslash maqsadga muvofiqdir. Izobarlar orasidagi oraliq bosim kg’rsatkichla-rini kg’lamiga qarab belgilanadi, agar izobar g’tkazadigan joylardagi ma’lumotlar aniq faktlarga tayanmagan bg’lsa, unday joylardan izobar chizig’ini uzuq chiziqlar orqali g’tkazish maqsadga muvofiqdir.
Izobar xaritasi qatlam bg’yicha (yoki uning ma’lum bir qismi bg’yicha) aniqlanadigan g’rtacha dinamik bosim kg’rsatkichini aniqlash uchun asos bg’lib xizmat qiladi. Qatlamning g’rtacha dinamik bosimi uning maydoni yoki hajmi bg’yicha g’rtacha kg’rsatkich tariqasida ifoda qilinadi va aniqlanadi.

Rq = R1f1+R2f2+....Rnfn /f1+f2... = P1f1/ F, bu erda


Rq-qatlam bg’yicha g’rtacha dinamik bosim;
R1R2-t1, t2-maydonlardagi g’rtacha bosim;
F- uyumniig umumiy maydoni;
n-maydonchalar soni.
Neft-gaz uyumini g’rganishda izobar xaritasining ahamiyati kattadir. Uning yordamida uyumni uning tashqarisi bilan aloqasi va qatlamning filtratsion xususiyatini baholash mumkin. Undan tashqari uyumning g’zida mavjud bg’lgan har xil zonalarning g’ziga xos tavsilotini shu xaritaga qarab baholash mumkin. Ma’lum muddat g’tkazib tuzilgan bir necha xaritalarni bir-biriga solishtirish iatijasida uyumni qazib chiqarish jarayonini tahlil qilish va qg’llanilgan texnologiyaning samarasini kuzatish mumkin. Izobar xaritasi yordamida uyum chegarasining harakati va surilish tezliklarini chamalash mumkin.

Download 1.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling