5-bob. Neft- gaz konlarining zahiralari va ularning energetik sharoitlari


Download 1.57 Mb.
bet6/62
Sana18.11.2023
Hajmi1.57 Mb.
#1784003
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62
Bog'liq
5-bob kitobcha

Suv siquvi rejimida asosiy quvvat manbai sifatida chekka suvlarning siquvi tufayli sodir bo’ladigan kuchlarni belgilaymiz. Bu quvvat qatlamdan olinayotgan mahsulotning g’rnini qisqa muddatda mutlaqo tg’ldiradi. Ishlatish jarayonida neft doimo harakatda bg’ladi, neft-suv chegarasining surilishi natijasida uyumning hajmi doimo kamayib boradi.
Bunday rejimda qatlamdan olinishi mumkin bg’lgan suvning miqdorini kamaytirish maqsadida chegaraga yaqin joylashgan quduqlarning tubida qatlamning pastki qismi otilmaydi hamda ulardan olinadigan mahsulot mikdori chegaralanadi.
Bu rejimda ishlovchi konlar infiltratsion suv siquvi havzasiga joylashgan bg’lib, bunday uyumning umumiy havza bilan gidrodinamik bog’langanligi qoniqarli, shuning uchun ham qatlamdan olingan mahsulot tufayli kamayadigan qatlam bosimi uyum tashqarisidan unga oqib keladigan suv hisobiga tg’ldiriladi. Albatta bunday holat qatlamning g’tkazuvchanlik xususiyati hamma joyda yaxshi bg’lganda, uyum bilan suv siquvi sistemasining ta’minot hududi orasida tg’siqlar bg’lmaganda, qatlamdagi neftning qovushqoqligi past bg’lganda, qatlam litologik jihatdan bir tekis jinslardan tashkil topgan hollarda hamda ishlatilayotgan uyum uncha katta g’lchamga ega bg’lmagan va olinayotgan mahsulot mikdori uncha kg’p bg’lmaganda sodir bg’ladi. SHuni alohida ta’kidlamoq lozimki, suv siquvi rejimda tg’yinganlik bosimi qatlam bosimidan ancha kam bg’lib, uyumni ishlatish davomida uning bosimidan pastligicha qoladi. Bu rejimning quyidagi kg’rsatkichlari qazib chiqarish dinamikasi jarayonida ajralib turadi (8-rasm). Dinamik qatlam bosimi undan olinayotgan mahsulot mikdori bilan uzviy bog’langan va bu bog’liqlik boshidan oxirigacha deyarlik g’zgarmaydi. Mabodo, biz mahsulot olishni tg’xtatsak, qatlam bosimi g’zining dastlabki darajasiga kg’tarilib boradi; qazib chiqarish jarayoninig boshidan oxirigacha 1t neftga tg’g’ri keladigan gaz miqdori g’zgarmas bg’lib qoladi. Neftning olinish yillik miqdori qazib chiqarishning II davrida 8-10 % ni tashkil etadi, qazib chiqarishning asosiy qismidan (I, II, III davrlar) olinadigan neftning miqdori olinishi mumkin bg’lgan neft zahirasining 85-90 % ni tashkil etadi. Neft miqdori kamaya boshlagan vaqtdan boshlab qatlamdan neft bilan suv chiqa boshlaydi va bu suvning miqdori borgan sari osha boradi, hamda vaqt g’tishi bilan qazib chiqarish jarayonining oxiriga bu suv miqdori anchaga etishi mumkin;
Suv siquvi rejimida oxirgi neft beruvchanlik 0,6-0,8 ga etishi mumkin, chunki bu sharoitda neftni suv bilan yuvish yaxshi natija beradi, qatlam notekis emas, g’tkazuvchanlik yaxshi va hamma kg’rsatkichlar yaxshi bg’lganligi uchun yuqori neft beruvchanlikka erishiladi.
Bunday rejimda ishlagan konlar Rossiyadagi CHechen-Ingushetiya avtonom g’lkasi, Ozarbayjon Respublikasi, SHarqiy Ukrainada, Rossiyaning g’lkalari, Kuybishev, Saratov,

8-rasm. Tabiiy suv siquvi tarzida qazib chiqariluvchi neft uyumi.


a-qazib chiqarish jarayonida neft uyumi hajmining g’zgarishi; b-qazib chiqarish kg’rsatkichlarining g’zgarishi. 1-otish oralig’i, 2-neft, 3-suv, 4-suv va neftning harakat yg’nalishi, SNCH ning holati: SNCHD- dastlabki, SNCHJ-joriy, SNCH0-ohirgi, bosimlar: RH-qatlam bosimi, RT-tg’yinganlik bosimi, yillik olingan mahsulot: qH-neft, qS-suyuqlik, V-mahsulotning suvlanganligi, -kon gaz omili, KN.B.-neft beruvchanlik koeffitsienti.

Volgogradning ba’zi neft konlari shular jumlasidandir. Unday konlar umuman olganda juda kam uchraydi.



Download 1.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling