1. Ishlab chiqarishlar (texnologiyalar): a) ko‘mir, kon-ruda va noruda sanoati hamda geologiya va marksheyderlik faoliyati sohasida
Download 24.39 Kb.
|
Xavfli ishlab chiqarishlar
Xavfli ishlab chiqarishlar (texnologiyalar), obyektlar va asbob-uskunalar RO‘YXATI 1. Ishlab chiqarishlar (texnologiyalar): a) ko‘mir, kon-ruda va noruda sanoati hamda geologiya va marksheyderlik faoliyati sohasida: yer osti inshootlarini qurish; shaxtalarning qurilishi; yer osti boyliklarini boyitish, briketlash, aglomeratsiyalash va qumoqlash; foydali qazilmalarni maydalash, saralash va o‘rtacha holga keltirish; qimmatbaho qazilmalarni qazib olish; tog‘ jinsidan oltinni chiqarib (ajratib) olish; tog‘-kon texnik rekultivatsiyalash; foydali qazilmalarni qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan yer osti inshootlarini qurish (neft, gaz, boshqa moddalar va materiallarni yer ostida saqlash, zararli moddalarni, radioaktiv chiqindilarni va ishlab chiqarish chiqitlarini ko‘mish uchun inshootlar qurish); foydali qazilmalarni bir vaqtning o‘zida ochiq hamda yer osti usullarida qazib olish; ko‘mirni yer osti usulida gazga aylantirish; oltinni to‘p-to‘p ishqor bilan yuvish; yer osti usulida foydali qazilmalarni ishqor bilan yuvish; b) neft va gaz sanoati sohasida: neft va gaz quduqlarini burg‘ulash; neft va gaz quduqlarini mukammal ta’mirlash; quduqlardagi portlatish ishlari; neft, gaz va gaz kondensatini qazib olish; neft, gaz va gaz kondensatini tayyorlash; gazni yer ostida saqlash; neft, gaz va gaz kondensatini tashish; v) kimyo, metallurgiya va neft-gazni qayta ishlash sanoati sohasida: qora, rangli va nodir metallar ishlab chiqarish; metallurgiya sanoatida foydalaniladigan, havoni parchalash (bo‘lish) mahsulotlari — vodorod, xlor, ammiakni olish, qayta ishlash; kimyoviy, neft-kimyo, neftni qayta ishlash, gazni qayta ishlash, kimyo-farmatsevtika, sellyuloza-qog‘oz va lok-bo‘yoq ishlab chiqarish; kauchuk, shina, rezina-texnika mahsulotlari, vitamin va dori preparatlari, kimyoviy tolalar, polimer materiallar va plastmassalar, havoni parchalash (bo‘lish) mahsulotlarini, elektroliz usuli bilan suvdan vodorod va kislorod ishlab chiqarish; Download 24.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling