1. Ishlab chiqarishlar (texnologiyalar): a) ko‘mir, kon-ruda va noruda sanoati hamda geologiya va marksheyderlik faoliyati sohasida
Download 24.39 Kb.
|
Xavfli ishlab chiqarishlar
b) gaz xo‘jaligi sohasida:
bosimi 1,2 MRa gacha bo‘lgan tabiiy gazdan yoqilg‘i sifatida foydalanuvchi po‘lat va polietilen gaz quvurlari uskunalari (bir yilda 100000 kubometrdan oshmaydigan hajmda gaz iste’molchilari hamda aholi yashaydigan uylardagi gaz quvurlari va ularning jihozlari bundan mustasno); suyultirilgan uglevodorod gazlarining yer osti va yer usti gaz quvuri uskunalari bilan, saqlash va foydalanishga mo‘ljallangan bosim ostida ishlaydigan statsionar sig‘imlar va guruhiy ballonlar; v) atom sanoati sohasida: radioaktiv materiallarni saqlovchi uskunalar; gamma qurilmalar, siklotron va tezlatgichlar; boshqaruv va himoya tizimlari anjomlari hamda nazorat-o‘lchov asboblari; g) neft va gaz sanoati sohasida: neft va gaz quduqlarini qurish uchun ishlatiladigan burg‘ulash uskunalari; neft va gaz quduqlarini joriy va mukammal ta’mirlash uchun ishlatiladigan burg‘ulash uskunalari; quduqlarni sinash uskunalari; otqinga qarshi uskunalar; quduqlar og‘zini zich berkitish armaturalari va moslamalari, favvora armaturasi, quduqlarni yuvishda qo‘llaniladigan uskuna va jihozlar (neft va gaz quduqlarini qazishda ishlatiladigan nasoslar); burg‘ulash mexanizmini yig‘ish va ko‘tarishda ishlatiladigan texnologik va yuk ko‘tarish jihozlari, burg‘ulash quvurlari va quduqlar devorini mustahkamlash quvurlari; perforatorlik zaryadlari, poroxli generatorlar va bosim akkumulyatorlari, portlatish pakyerlari, yonboshdan otuvchi gruntonoslar, fugas torpedalari, kumulyativ torpedalar va halqasimon quvur kesish moslamalari; neft va gaz quduqlarini ishlatishda qo‘llaniladigan asbob-uskunalar; quduqlarda o‘rnatilgan favvora armaturalari va kolonnali kallaklar; shleyf gaz quvurlari; qatlamdagi bosimni bir maromda saqlab turishda hamda quduqqa va qatlamga ta’sirning boshqa turlarida ishlatiladigan uskunalar; neft va gazni haydash stansiyalarida qo‘llaniladigan uskunalar; neft va gaz mahsulotlari o‘tkazgichlarining magistral quvur tizimlarini, konlardagi va konlararo quvurlarni qurish, ishlatish va ta’mirlashda qo‘llaniladigan uskuna va mexanizmlar; po‘lat va kompozitli o‘tkazgich quvurlari (neft, gaz va gaz kondensatini tashishda), shu jumladan yopuvchi, rostlovchi va saqlovchi armaturalarning quvurlari va detallari; neft, gaz, gaz kondensati va neft mahsulotlari rezervuarlari va rezervuarlar uskunalari; kompressor, nasos va gaz taqsimlash stansiyalari; neft, gaz va gaz kondensatini yig‘ish va tayyorlash uskunalari; neft va gaz quduqlarini ishga tushirishda qo‘llaniladigan ko‘chma nasos va kompressor qurilmalari, yuvish va sementlash agregatlari, avtotsisternalar, kislota tashish vositalari, tushirish-ko‘tarishda qo‘llaniladigan asbob va uskunalar; neftni qazib olishda qo‘llaniladigan ko‘chma nasos uskunalari, guruhiy ulash uskunalari, texnologik asbob-uskunalar, shoxsimon (kustovoy) va blokli to‘p-to‘p nasoslar; kompressor va gaz taqsimlash stansiyalari, nazorat va rostlash asboblari; quduqlarda teshish-portlatish ishlarida qo‘llaniladigan asbob-uskunalar; magistral quvurlar uchun asbob-uskunalar, yopish-rostlash armaturasi, nazorat va rostlash asboblari va mash’alalar; Download 24.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling