5-dars. 5-laboratoriya ishi. Fitopatogen virusli kasalliklarning belgilari


Download 34.35 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana17.06.2023
Hajmi34.35 Kb.
#1542707
  1   2
Bog'liq
5-dars (1)



 
MIKROBIOLOGIYA VA VIRUSOLOGIYA FANIDAN 2-SEMESTR UCHUN 
LABORATORIYA MASHG`ULOTLARINI O`TKAZISH BO`YICHA
5-DARS. 
5-laboratoriya ishi. Fitopatogen virusli kasalliklarning belgilari. 
 
 
Ishdan maqsad: Fitopatogen viruslar bilan kasallangan o‘simliklarda hosil 
bo‘ladigan simptomlar haqida ma’lumot olish. 
Kerakli materiallar: Pomidor, tamaki, bodring, g‘o‘za, raps va boshqa o‘simliklarning
mozaika simptomli barglari (rasm yoki gerbariy materiallari), jo‘xori, g‘umay,
arpaning chiziqli mozaika barglari, karam, sholg‘om, redis va turpning mozaikali
barglari. Daladan yoki issiqxonadan yangi terib kelingan o‘simliklardan gerbariylar
tayyorlanadi va ularni sistematik o‘rinlari aniqlanadi, har bir gerbariy materiali
ostida yozib qo‘yiladi. 
Mashg‘ulot laboratoriya va dala sharoitida (bahor, yoz va kuz fasllarida), issiqxonalarda
o‘tkaziladi. Kasallik simptomlari sog‘ o‘simlik bilan taqqoslanadi va kundalik
daftarlarga yoziladi, rasm daftarlarga chiziladi hamda ulardan gerbariylar tayyorlanadi. 
Kuzatuv olib borilganda asosiy e’tibor o‘simlikning tashqi ko‘rinishiga,
barglariga, bo‘g‘im oraliqlariga, barg tomirlariga, rangiga, umumiy rivojiga e’tibor 
beriladi. Virus kasalliklari o‘simlikning o‘sish nuqtasida yaqqol ko‘ringani uchun
avvalo o‘simlikning o‘sish nuqtasi kuzatiladi. Simptomlarning asosiylari quyidagicha
bo‘ladi: mozaika guruhiga mansub simptomlar, ipsimonlanish, burishish (ajinlashish), 
jingalaklanish, qirqquloqqa o‘xshashlik, bargidagi chiziqli mozaika, barg, tomir, poya 
va meva nekrozlari, o‘simlikni yoki bargini shoxlanishi, rangini yo‘qotishi, sarg‘ayishi,
shaklini o‘zgartirishi, o‘sishdan qolishi, gullarning badburishlashishi, gul qismlari
rivojlanmasligi, gultojbarglarining yashil tusga kirishi, gul o‘rniga shoxdab ketishi, 
reduksiyalangan barg paydo bo‘lishi, to‘p gul markazida xaqiqiy b arg hosil bo‘lishi
va x.
Quyida O‘zbekistonda tarqalgan virus kasalliklari va ularning simptomlari va ba’zi 
boshqa xususiyatlari xaqida qisqacha to‘xtab o‘tamiz. 1. G‘o‘za virus kasalliklari
g‘o‘zaning ingichka va o‘rta tolali navlarida tarqalgandir. Ular dunyo bo‘yicha 18 dan 
ortik. bo‘lib, ulardan eng asosiylari: "g‘o‘zaning jingalak barglilik" (kurchavot listev) 
kasalligida g‘o‘za bargining asosiy tomirining rivojlanmay qolishi sababli barglar 
jingalaklashadi va ba’zan mozaika alomatlari (chiporlanish) kuzatiladi. Barglar soni 


ham kasal o‘simliklarda ancha kamroq, barglarda hol-hol dog‘lar paydo bo‘ladi, barg
qavariq shaklga kiradi. Ba’zan bargda oqish, to‘q-yashil mozaika kuzatiladi, barg
plastinkasi dag‘allashadi, bo‘g‘inlar orasi qisqaradi, barg yuqoriga qarab buraladi. 
"O‘simlik o‘sish nuqtalarini dastalashishi" (puchkovidnaya verxushka) virus
kasalligida o‘simlikning o‘sish nuqtasidagi barglar, gullar orasi qisqaradi, tomirlari
yo‘g‘onlashadi, o‘simlikning uchida shohlar dastalashadi.
G‘o‘zada yana "tomirlararo sariq mozaika", "xol-xol (chipor) barglilik"
(krapchatost), "psilloz" (barg va poyaning jigarrang tusga kirishi), "barglarning
maydalashishi" (izmelchennost listev), "antotsianoz", "tomirlararo mozaika", bo‘ginlar
orasining qisqarishi" (ukorochenie mejdouzliy) kabi kasalliklar mavjud. 
2.Kartoshkaning virus kasalliklari ham juda keng tarqalgan bo‘lib, dunyo
bo‘yicha 20 dan ortiq virus kasalliklari topilgan. Ularning 10 tasi MDX davlatlarida 
va 4 tasi (X,U,A,K) O‘zbekistonda uchraydi. Virus bilan kasallangan o‘simlik bargining
tomirlari och tusga kiradi, bargida "xol -hollik" (krapchatost) yoki ajinlar paydo
bo‘ladi. "A" virus bilan kasallangan kartoshka bargida katta-katta dog‘li mozaika
hosil bo‘ladi, keyinchalik barg to‘lqinsimon egilib, jingalak bo‘ladi.
Virusning virulent shtammlari keskin mozaika hosil qiladi. Agarda kartoshkaning "A" 
virusi "X" virusi bilan birga uchrasa kartoshka bargida burmalar, g‘ijimlar paydo bo‘lib,


barg buraladi, tomirlararo shishlar paydo bo‘ladi, barglar mo‘rtlashib, oson sinadi.
Kartoshka "K" virusi bilan kasallangan bo‘lsa o‘simlikning yuqori yarusidagi yosh 
barglarda kuchsiz dog‘lar paydo bo‘ladi. 
Kartoshka "U" virusi bilan kasallansa yaqqol ko‘zga tashlanadigan aniq simptomlar
ko‘zga tashlanmasligi mumkin. Agarda "U" virusi boshqa viruslar bilan birgalikda
uchrasa mozaika, yo‘l-yo‘l shtrixlardan iborat ("strik") mozaika hosil bo‘ladi. Ba’zan
boshqa kartoshka viruslari bilan birgalikda uchraganda o‘simlikda pakanalik
(karlikovost) alomatlari kuzatiladi. 
3.Butgulli o‘simliklarda (ShOLG‘OM, redis, turp, karam, raps) "sholg‘om
mozaikasi virusi", "redis mozaikasi virusi", "gulkaram mozaikasi virus"lari 
uchraydi.Kasal o‘simliklarda aniq mozaika va bargni bo‘jmayishi va rivojlanishdan 
to‘xtashi kuzatiladi. 
4.Dukkakli o‘simliklarda 6 xil virus kasalligi uchraydi. Ulardan "no‘xat mozaikasi
virusi" bilan kasallangan no‘xatda barg tomirlarining oqarishi va mozaika hosil
bo‘ladi. No‘xatda yana boshqa simptomga ega kasallik"no‘xatning yuqori yaruslarini 
sarg‘ayishi" kasalligi uchraydi, yuqori yarus barglarida kuchli xloroz (barg rangini
yo‘qolishi) kuzatiladi, barg mo‘rt bo‘lib qoladi. Mosh o‘simligida esa "mosh
mozaikasi virusi" uchraydi, barg tomirlari oqaradi va barg pastki tomonga qarab 
buraladi, shishlar hosil bo‘ladi, barg plastinkasi shakli o‘zgaradi, o‘simlik o‘sishdan 
qoladi, urug‘i maydalashib ketadi. Bu virus loviya o‘simligini ham kasallantiradi. 
Moshda yana "moshning sariq mozaikasi virusi" uchraydi. Kasallangan o‘simlik 
bargida dog‘lar jadallik bilan ko‘payadi, o‘simlik o‘sishdan qoladi. Bu kasallik loviya, 
soya a boshqa dukkakli o‘simliklarda ham uchraydi. 
5.Qovun va bodring o‘simliklarida "bodring mozaikasi virusi" uchraydi. Ikkala 
o‘simlikda ham mozaika simptomlari kuzatiladi. Bu virus qovoqsimonlar, murakkabgulli 
o‘simliklar va dukkaklilarda uchraydi. 


6.Beda o‘simligida "beda mozaikasi virusi" uchraydi, kasallangan o‘simlik bargida
doira shakldagi dog‘lar xamda mozaikali barglarning jingalaklanishi kuzatiladi. 
7.Jo‘xorining "jo‘xori pakana mozaikasi virusi" kasallantiradi. Barglarida chiziq-chiziq 
shaklli sariq mozaika kuzatiladi, o‘simlik o‘sishdan qoladi, jo‘xori so‘talarida don
miqdori o‘ta kamayib, 20-30% gina qoladi. Ayniqsa o‘simlikni virus bilan juda erta 
kasallantirsa virusning zarari juda katta bo‘ladi, jo‘xori doni maydalashadi, olingan 
urug‘ni ng unishi o‘ta pasayadi. 
Yuqorida ko‘rsatilgan kasallik alomatlarini e’tiborga olgan holda 
mashg‘ulotda beriladigan tabiiy va gerbariy materiallarni guruxlarga ajratish, ular 
haqida chuqur bilimga ega bo‘lish zarur. 

Download 34.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling