5. Kreditorlik qarzlari aylanishini tahlil eting va xulosa yozing. Kreditorlik qarzi
Download 66.5 Kb.
|
Iqtisodiy tahlil 5-variant
Mamajonova Dilafro’z I-82i 15-raqam: 5. Kreditorlik qarzlari aylanishini tahlil eting va xulosa yozing. Kreditorlik qarzi - boshqa jismoniy va yuridik shaxslarga korxonaning to‘lashi kerak bo‘lgan (muddati yetib kelgan) qarzlariga aytiladi. Korxonalarning kreditorlik majburiyatlarini o‘rganishda moliyaviy tahlilning asosiy vazifalari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: Kreditorlik qarzlarining yuzaga chiqish sabablarini o‘rganish; Korxonaning kreditorlik qarzlari holatiga baho berish; Kreditorlik qarzlarining vujudga kelish muddatlari bo‘yicha tasniflagan holda o‘rganish; Kreditorlik qarzlarining tarkibiy tuzilishi va dinamik o‘zgarishlariga baho berish; Kreditorlik qarzlarining aylanuvchanligiga baho berish; Muddati o‘tgan kreditorlik qarzlarining mavjudligini va ularni tugatish yo‘llarini o‘rganish; Qarzlarni kamaytirish bo‘yicha mavjud imkoniyatlarni ko‘rsatib berish va hakozo. KORXONANING KREDITORLIK QARZLARI
XULOSA: Jadval malumotlariga qarab shuni aytish mumkinki korxonaning kreditorlik qarzlari o'tgan yilga nisbatan sezilarli darajada oshgan va jami hisobda olganda 2568904 ga kopaygan.Va shuni ham inobatga olish kerakki korxonaning ajratilgan bo'limlarga, sug'urtalar bo'yicha kreditorlik qarzlari va soliq va majburiy to'lovlar bo'yicha kechiktirilgan majburiyatlari mavjud emas. KREDITORLIK MAJBURIYATLARINING AYLANISHINI TAHLILI
XULOSA: Jadval ma'lumotlariga asoslanib xulosa qilish mumkinki, kreditorlik majburiyatlari ò'tgan yilga nisbatan oshgan va sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi esa 7888804 ga kamaygan .Shu o'zgarishlardan kelib chiqib kreditorlik qarzlarining aylanish koefisineti topib oldik va ular mos ravishda 2,09 va 1.62 ni tashkil qilgan va u tepadagi aytib o'tilgan o'zgarishlar hisobiga 0.47 ga kamaygan.Kreditorlik qarzlarining aylanish davriga keladigan bo'lsak u o'tgan yilga nisbatan 49 kunga ko’paygan va bu korxona uchun yaxshi hisoblanmaydi chunki aylanish davri qanchalik kam bolsa kreditorlik majburiyatlari shunchalik tez qaytarilayotgan hisoblanadi. Download 66.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling