2.Indikatorli usul.
O‘z navbatida ikki turga bo‘linadi:
a) Spetsifik (maxsus) indikatorlar oksidlanish-qaytarilish reaksiyasida oksidlovchi yoki qaytaruvchi bilan ta’sirlashib, rangli birikmalar hosil qiladi. Masalan kraxmalni eritmasiga yod ta’sir ettirilganda ko‘k rang hosil bo‘ladi.
I2 + krax = ko‘k rang
YOki temir (III) ionini titrlash jarayonida indikator sifatida tiotsianat-ioni NCS- ishlatiladi. Bunda tiotsianat-ioni NCS- temir (III) ioni bilan kompleks ionni xosil qilib, eritmani qizil-qon rangga bo‘yaydi.
Fe+3 + 6NCS- = [Fe(NCS)6]-3
Qizil-qon
b) Redoks indikatorlar eritma oksidlanish-qaytarilish potensialining muayyan qiymatida oksidlanib yoki qaytarilib o‘z rangini o‘zgartiradi. Bunday indikatorning oksidlangan va qaytarilgan shakllari turli rangda bo‘ladi:
Jndox + n e → Jndred
Redoks indikatorlarning ikki turi mavjud:
1.Qaytar redoks indikatorlar EN yoki uning yaqinida eritma potensialining muayyan qiymatida rangini o‘zgartirib yana o‘z rangiga qaytishi mumkin. Bunda indikator molekulasining tuzilishi o‘zgarmaydi. Masalan: difenilamin oksidlovchi ta’sirida ko‘k rangli oksidlangan shakl difenildifenoxinondiaminni hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |