5_L.M Analitika.
Savollar:
1.Oksidlanish – qaytarilish usulida titrlash indikatorlari, tasnifi?
2.Redoksimetrik titrlash turlari va qo’llanilishi?
3.Redoks indikatorlarni rang o‘zgarish oralig‘i deganda nimalarni tushunasiz?
Javoblar:
1. Oksidlanish – qaytarilish usulida titrlash indikatorlari, tasnifi.
Redoksimetriyada titrlashni oxirgi nuqtasini aniqlashda vizual (indikatorlar) usulidan foydalaniladi. Indikator vazifasini oksidlanish – qaytarilish reaksiyasida qatnashayotgan titrantning o‘zi yoki maxsus indikator bajaradi.
Tasnifi: redoksimetriyada qo‘llaniladigan indikatorlarning quyidagi turlari mavjud.
1.Indikatorsiz usul. Oksidlanish-qaytarilish reaksiyasida titrant sifatida qatnashuvchi indikator. Masalan permanganatometriyada titrant va indikator sifatida KMnO4 ni o‘zi ishlatiladi. Kaliy permanganat eritmasi qizil-binafsha rangda bo‘lib, EN dan keyin ortiqcha tushgan bir tomchisi titrlanuvchi eritmani och pushti rangga bo‘yaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |