5-Labaratoriya ishi


Download 55.1 Kb.
Sana29.04.2023
Hajmi55.1 Kb.
#1401239
Bog'liq
lab1


5-Labaratoriya ishi
Magnitoelektr(logometrik) bosim oʼlchash asbobini sxemasini chizing va ishlashini tushuntiring.


Magnitoelektr (logometrik) manometrning umumiy sxemasi: 1,2 va 3–logometr g’altaklari, 4–ko’rsat-kich strelkasi,5,6–qo’zg’aluvchan va qo’zg’almasdoimiy magnitlar, 7–termokompensatsiya qarshiligi, 8–datchik reostat; 9–memrana
Logometrik manometr quyidagicha ishlaydi. Datchikka moy yoki havo uzatilganda membrana 9 bosim ostida yuqori tomonga ko‘tariladi va tebranma pishang , tayanch maydoncha orqali sudralgichni reostat 8 bo‘ylab harakatlantiradi. Bosim kamayganda membrana o‘zining elastikligi ta’sirida pastga tushadi. Reostat datchikli logometrik manometr ko‘rsatkichi, logometrik termometr ko‘rsatkichlari tuzilishiga (4.3-rasm) aynan o‘xshash, faqat ular bir-birdan g‘altaklarning o‘ramlar soni va ulanish sxemasi bilan farq qiladi. Datchik reostati qarshiligining o‘zgarish doirasi (163 Om dan 20 Om gacha) logometrik termometrdagi termorezistor qarshiligining o‘zgarish doirasidan (450 Om dan 50 Om gacha) ancha kam. Asbobni sezuvchanligini oshirish uchun logometrik manometr ko‘rsatkichidagi g‘altaklar Rasmda keltirilgan sxema bo‘yicha ulanadi. Reostat datchikli manometrlar impulsli manometrlarga nisbatan qator afzalliklarga ega. Ko‘rsatkich shkalasida strelkaning harakatlanish doirasi ancha keng, bu haydovchiga ma’lumotni tez va aniq o‘qib olish imkoniyatini beradi. Logometrik manometrlarning o‘lchash aniqligi yuqori va ular radioxalaqitlarni vujudga keltirmaydi.
Download 55.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling