Mavzu: Ilmiy tadqiqotning umumiy sxemasi


Download 50.22 Kb.
bet1/7
Sana07.05.2023
Hajmi50.22 Kb.
#1438743
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
PEP 7-Mavzu


Mavzu:Ilmiy tadqiqotning umumiy sxemasi.
Reja:
1.Ilmiy tadqiqotni o’tkazishning asosiy bosqichlari.
2.Tadqiqotning psixologik gipotezasi.
3.Ilmiy tadqiqot gipotezasini empirik tekshirish
Maqsad:
Talabalarda ildmiy tadqiqot o’tkazishning umumiy sxemasi, ilmiy faraz, muammo xususida nazariy bilimlarni shakllantirish.
Vazifalar:
Ilmiy tadqiqotni o’tkazishning asosiy bosqichlari haqidagi ma’lumotlarni bayon qilish.
Tadqiqotning psixologik gipotezasini izohlash.
Ilmiy tadqiqot gipotezasini empirik tekshirish haqida ma’lumot berish.
Тayanch tushunchalar
Muammo; nazariya; ilmiy faraz; tadqiqot predmeti; ichki validlik; tashqi validdlik; emperik umumlashma; nazariy umumlashma.

1. Ilmiy tadqiqotni o’tkazishning asosiy bosqichlari


Albatta har bir ish tadqiqotsiz kechmaydi. Ilm fandagi har bir yangilik, g`oya ilmiy tadqiqot orqali o’z isbotini topadi. Prezidentimiz Islom Abdug’anievich Karimovning ta`kidlaganidek "hozirgi vaqtda ko’z o’ngimizda barchamizga ayonki, fikrga qarshi fikr, g’oyaga qarshi g’oya, jaholatga qarshi ma`rifat bilan kгrashish har qachongidan ko’ra muhim ahamiyat kasb etmoqda" degan fikrni bildirganlar. Har bir o’tkazilgan izlanish ilgari qo’yilgan g’oyani yo tasdiqlaydi yo inkor etadi.
"Agar fanni ulkan bir daraxt deb tasavvur qilsak fundamental tadqiqotlar uning ildizini tashkil etadi. Zero, ildiz qanchalik baquvvat, chuqur ketgan bo’lsa, daraxt shunchalik barq urib yashnaydi, ko’p hosil beradi" degan fikrni bildirganlar. Har bir fanning rivojlanishi o’tkaziladigan izlanishlarning jiddiyligini talab etadi. Quyida ilmiy izlanishni o’tkazish umumiy sxemasi, sxemaga kiruvchi bosqichlarni ta`rifi, ularga qo’yiladigan talablar va izlanishlar bo’yicha bir qator olimlarning fikrlari yoritilgan.
Eksperiment bu ixtisoslashgan sharoitlarda ilmiy bilimlarni olish maqsadida o’tkazilgan tajribadir, uning asosiy xususiyati izlanuvchining o’rganilayotgan ob’ektga maqsadli aralashuvidir.
Eksperimen turlari. Normalar asoslarga ko’ra eksperimental izlanishlar bir necha turlarga ajratiladi: ya`ni ilmiy (qidiruv) va tasdiqlovchi eksperimentlar. Ularni qo’yilgan muammolarni darajasi va bog’liq va bog’liq bo’lmagan o’zgaruvchilarning orasida bog’lanish to’g’risidagi bilimning borligi bilan qidiruv eksperiment bog’liq va bog’liq bo’lmagan o’zgaruvchilarning orasidagi bog’lanish no`malum bo’lganda o’tkaziladi. Shuning uchun qidiruv eksperimentining maqsadi o’zgaruvchi A va V lar o’rtasidagi bog’liqlik borligi yoki yo’qligi to’g’risidagi gipotezani tekshirishga qaratilgan.
Agarda ikki o’zgaruvchi o’rtasidagi sifat bog’liqlik to’g’risida ma`lumot bo’lsa bu bog’lanish turi to’g’risida gipoteza ilgari suriladi. Bunda izlanuvchi tasdiqlovchi (konfirmator) eksperiment o’tkaziladi va bog’liq va bog’liq bo’lmagan o’zgaruvchilar o’rtasidagi funktsional miqdoriy bog’liqlik turi aniqlanadi. Izlanish algoritmi quyidagichadir:

  1. A va V o’rtasida sifat sabab bog’lanish to’g’risida gipoteza ilgari suriladi.

  2. Qidiruv eksperimenti o’tkaziladi.

  3. Gipoteza tasdiqlanmasa boshqa sifat gipoteza ilgari suriladi va yangi qidiruv eksperimenti o’tkaziladi, agarda sifat gipoteza tasdiqlansa funktsional miqdoriy gipoteza ilgari suriladi.

  4. Tasdiqlovchi eksperiment o’tkaziladi.

  5. O’zgaruvchilar o’rtasidagi bog’liqlik turi to’g’risida gipoteza qabul qilinadi (qabul qilinmaydi) va aniqlanadi.

Harbirilmiytadqiqotningbajarilishijarayoniniquyidakeltirilganshartlilogiksxemako’rinishidatariflashmumkin:

  1. Tanlangan mavzuning dolzarbligini asoslash (Bu bosqich har bir izlanishning boshlang’ich bosqichidir.)

  2. Izlanishning maqsadlari va aniq vazifalarini belgilash.

  3. Izlanishning ob’ekti va predmetinianiqlash.

  4. Izlanish o’tkazishning metodikasini tanlash.

  5. Izlanish jarayonini yoritilishning natijalari muhokamasi.

  6. Izlanishda olingan natijalarni baholash va xulosa.

Kurs, diplom ishlari yoki proektlari, dissertatsiya turli professional darajadagi ilmiy ishlardir va muallif ularga mavzu tanlashida, mavzuning muhimligini, dolzarbliligi, ijtimoiy ahamiyati, iqtisodiy va tijorat ahamiyatliligiga yondashganligiga qarab uni ilmiy etukligi va amaliy faoliyatga uni professional tayyorgarligiga baho bersa bo’ladi.

Download 50.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling