Mavzu: Ilmiy tadqiqotning umumiy sxemasi


Download 50.22 Kb.
bet6/7
Sana07.05.2023
Hajmi50.22 Kb.
#1438743
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
PEP 7-Mavzu

Izlanish obekti- bu " muammoli vaziyat" va tanlangan maxsus o’rganishdagi jarayon yoki hodisa. Psixologik tadqiqotlar ob’ekti sifatida yo aloxida individ, yoki guruh bo’lishi mumkin.
Izlanishning predmeti- bu izlanish ob’ekti chegarasidagi narsa.
Izlanish ob’ekti va predmeti bilishning ilmiy jarayoni kategoriyasi sifatida o’zaro uzviy - umumiy va xususiy bog’liq bo’lib, chunki ob’ektning izlanish predmeti bir qismi bo’lib xizmat qiladi.
Ayni unga izlanuvchining asosiy e`tibori qaratilgan, ayni izlanish predmeti ilmiy- tekshirishning mavzusini belgilaydi.
Ilmiy izlanishning metodika (uslubiyat) tanlash bilan bog’liq keyingi bosqichi asosiy bosqichlardan hisoblanadi, yani u ishni bajarish uchun asosiy instrument bo’lib, ilmiy ishda qo’yilgan maqsadga erishish uchun asosiy shart bo’lib xizmat qiladi.
Tadqiqot jarayonini ifodalash ilmiy - tekshirish ishining asosiy qismi, unda logik qonun va qoidalardan foydalanib tadqiqotning metodikasi, texnikasi, texnologiyasi, operatsiyalari yoritiladi.
Ilmiy tadqiqotning eng asosiy bosqichi uning natijalari muxokamasi, bu narsa raxbar, kafedra majlislari, ilmiy kengashlarda o’tkaziladi, bunda ilmiy ishning nazariy va amaliy ahamiyatiga baxo beradi.
Songgi bosqich- bu xulosani tarifi unda bajarilgan ilmiy ishning yangi ilmiy va amaliy natijalari o’z aksini topadi.
Eksperiment nazariyani tekshirib ko’rish uchun o’tkaziladi. Nazariya ichki bilishning nutqiy tizimiga izoh beradi. Nazariyaning mantiqiy qismlari bir-birini rad etadi. Nazariya asosida uning tushunarli ob`ektiv haqiqatlari yotadi.
Mavjud ko’plab shakllar nazariy bilish: qonunlar, tasniflar va turlar, modellar, sxemalar, farazlardan iborat. Har bir nazariya o’ziga quyidagi tarkibiy qismlarni oladi: 1. Empirik oqibatlar poydevori (dalillar, empirik qonun-qoidalar). 2. Asos – ko’plab birlamchi sharoitlar (faraz, shart-sharoitlar farazi, aksioma), bu nazariyaning fikriy ob`ekti sifatida qaraladi. 3. Ko’plab nazariyalar asosiy nazariy bilimlarni mustahkamlaydi.
Nazariy bilimlar tarkibiy qismlarining kelib chiqishi turlichadir. Nazariyaning empirik tuzilishi tadqiqot va eksperiment natijalari bilan izohlanadi. Nazariyaning ideallashtirilgan ob`ekti o’zi bilan (tanish) aniqlikning tanish-ramziy modelini yaratadi. Qonunlar nazariyani shakllantiradi, ayni paytda (aniqlikni) borliqni emas, ideal ob`ektni ta`riflaydi. Uslubiy qurilma aksiomani va gipotetik-deduktiv nazariyalarni rivojlantiradi. Birinchidan, nazariyaning ramkasi bo’lmish, isbot talab etmaydigan, zarur va etarli bo’lgan aksiomalardan qurilgan bo’ladi. Ikkinchidan, farazlarning empirik, induktiv asoslari mavjudligi, nazariyalar matematik apparatning sifat qurilmasi tarzida, shaklan, rasmiy tomondan rivojlanadi. Sifat nazariyalarni psixologiyada A. Maslouning qarashlari, L. Festinger, Dj. Gibsonning ekologik idrok qarashlarida ko’rish mumkin. SHakliy nazariyalar qo’llaniladigan matematik apparatning tuzilishida namoyon bo’ladi. Bu nazariya D. Xonsonning ishlarida o’z aksini topgan, aqliy nazariya J. Piaje, motivlar nazariyasi K. Levin, D.Kelli tomonidan yaratilgan. Formal nazariyalar matematikada ishlatiladigan apparatda namoyon bo’ladi.
Empirik yo’nalish nazariyaning sifatini rivojlantiradi, haqiqatni yozish uchun lozim bo’ladi. Nazariya faqatgina borliqni aks ettirmaydi, balki uning tuzilishini ham ko’rib chiqadi, eksperimental natijalar, nazariyaning holati va uning ta`sirini hisobga oladi.
Mavjud vaqtda o’tkazilgan eksperiment natijalarida faqat bitta emas, balki ikki yoki undan ortiq nazariyalar isbotlanib tushuntiriladi. Masalan, psixofiziologiyada sensorning uzluksizligi haqida nazariya mavjud. Psixofiziologiyada shaxsning bir qancha sifatlari va empirik ta`sir etuvchi omillari isbotlangan. (G. Ayzenk modeli, R. Kettell modeli, “Katta beshlik”).
Taniqli metodolog B. Feyerbend “Tirishqoqlik tamoyili”da eski nazariyalarni rad etmaslik lozim, hatto ularning aniq isbotlarini e`tiborsiz qoldirib bo’lmaydi, deb hisoblaydi. Ikkinchi uning tamoyili metodologik anarxizm tamoyili: “Fan o’zi bilan anarxistlikni vujudga keltiradi, nazariya qonunlar asosida har doim progressiv rivojlanishda. Bu tarixiy voqealarni analiz qiladi va isbot etadi, fikr va harakat orasidagi munosabatni mavhum tahlil qiladi. Asosiy tamoyil progressiyaga to’sqinlik qilmaydi, bu “Hammani qo’yib yuboramiz” deb ataladi. Masalan, biz farazlarni qo’llashimiz mumkin, bular nazariyada ko’rsatilgan va eksperiment natijalarida isbotlangan bo’lishi lozim. Fanni konstruktiv harakatlar bilan rivojlantirish mumkin” (Feyerbend. 1986).
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, ilmiy tadqiqot muayyan bir tizimga tushurilgan, mantiqiy uzviylikka ega bo’lgan, ilmiy amaliy yangiliklar yaratishga qaratilgan ilmiy asardir. Har bir o’tkaziladigan ilmiy tadqiqot ushbu uzviylik asosida mantiqiy xulosalarga, nazariy kontseptsiyalarga tayangan holda olib boriladi.



Download 50.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling