Mavzu: Ilmiy tadqiqotning umumiy sxemasi


Download 50.22 Kb.
bet5/7
Sana07.05.2023
Hajmi50.22 Kb.
#1438743
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
PEP 7-Mavzu

Empirik umumlashma - bu ob`ekt hodisalarini faqat ularning tashqi alomatlari asosida birlashtirilishidir.
Nazariy umumlashma - bu ob`ektlarni (hodisalarni) ularning muhim bir-biriga o’xshashlik belgilariga qarab, ya`ni mazkur hodisaning o’ziga xos xususiyatini belgilovchi tomonlariga qarab birlashtirilishidir.
Chunonchi, barcha o’quvchilarni kuzatish asosida ikki intizomli va intizomsiz o’quvchilar guruhiga ajratish mumkin. Bunday ajratish empirik umumlashtirish bo’ladi, chunki bu o’rinda o’quvchilarning faqat tashqi harakteristikasi hisobga olinmoqda. Agar bir o’quvchilarni ularning temperamenti xususiyatlariga qarab, funktsional xolatining o’ziga xosligi va shu singarilarga qarab birlashtiradigan bo’lsak, bu xildagi guruhlarga ajratilgan ishimiz nazariy umumlashmaning natijasi bo’ladi, chunki bu o’rinda biz bir xil o’quvchilarning intizomsizliklari, boshqalarning esa intizomli ekanliklari sababini izoxlab beramiz.
Eksperiment metodikasiga tadqiqot o’tkaziluvchilar uchun topshiriq (ish uchun instruktsiya, material va xokazolar) tajriba o’tkazish shart-sharoitlarining bayoni (eksperiment guruh yoki individual tarzda o’tkazilishi, qancha vaqt davom etishi), sinalayotgan kishilarning tarkibi va miqdori, tajriba o’tkazilayotganda almashinib turgan kishilarning bir-biriga bog’liqligi va bog`liq emaslik darajasini aniqlash singari tadbirlar kiradi.
Tajriba tariqasida o’quv-tadqiqot ishlarining quyidagi turlarini ko’rsatish mumkin:
1.Kuzatishlar o’tkazish (masalan maktab o’quvchisini kuzatish, norasmiy xoldagi maktab o’quvchilaridan tashkil topgan mikroguruhni va sinf jamoasini kuzatish, o’qituvchini kuzatish va xokazo).
2. Muayyan eksperimental metodikani egallab olish. Ushbu metodika albatta, vakillikka ega bo’lishi lozim. Ya`ni tanlangan metodika maqsad asosida belgilangan vazifalarni hamda farazni tekshirish imkoniga ega bo’lsa, u xolda tanlangan metodika validlikka ega deyiladi. Validlik - ishonchimizning darajasi, u yoki bu tanlangan test, o’lchov yo eksperiment haqiqatan belgilangan vazifani echishga qodirligi yoki aksi haqidagi ishonchimiz darajasi.
A) ichki validlik - haqiqatan ham kuzatilayotgan effekt eksperimental yondashuvning natijasi;
B) tashqi validlik - eksperimentimiz ijobiy natijaga ega bo’lgan holda ham, keng ommaga qo’llab bo’lmasligi.
3. Mazkur o’quv guruhida (yoki mazkur sinfda) muayyan psixik xolatlar Yuzasidan o’quvchilardagi individual-psixologik farqlar hamda o’rtacha ko’rsatkichlarni o’rganish.
4. Turli o’ziga xos psixik xususiyatlarning ifodalanishi o’rtasidagi o’zaro aloqalarni aniqlash.
Dastlab to’g`ri psixologik kuzatish olib borish malakasini hosil qilish zarur. Uni bajarayotganda kuzatish rejasini tuzib chiqish, ob`ektlarni tanlash, maqsadni belgilab olish, alohida e`tibor berilishi zarur bo’lgan belgilarni aniqlab qo’yish lozim; kuzatishni vaqt bo’yicha taqsimlab chiqish lozim va xokazo. YAngi faktlarning olg`a surilishi, eksperiment tarzida tekshirib chiqish talab qilinadigan yangi-yangi masalalarni o’rtaga qo’yish ushbu ish turining ilmiy maqsadi bo’lishi mumkin. Ayrim o’quvchilarni, o’quvchilar guruhi yoki o’qituvchilarni ta`riflab beradigan ma`lumotlar to’plash bu ishning amaliy maqsadi bo’lishi mumkin.
Ishning ikkinchi turi muayyan metodikani egallab olish bilan bog’liq bo’lib, turli sharoitlarda sinov o’tkaziladigan turli kishilarga nisbatan ko’p marta tadbiq etishni talab qiladi. Bunday ishning ilmiy maqsadi u yoki bu metodikani qo’llanish chegaralarini qidirib topish va uning variantlarini ishlab chiqishdan iboratdir.
Ishning uchinchi turi guruh uchun o’rtacha ahamiyatga ega bo’lgan (yoki ancha harakterli) jixatlarni statistik aniqlashning elementar metodlarini egallab o lishni nazarda tutadi.
Ishning turtinchi turi muammoning o’rganilayotgan o’ziga xos ayrim tomonlari o’rtasidagi statistik aloqalarni aniqlash metodlarini egallab olishga yordam beradi. Bu o’rinda turli yoshdagi va har xil ixtisosdagi sinalayotgan kishilarning psixik jihatdan o’ziga xos xususiyatlari to’g’risida, psixik hodisalar o’rtasidagi o’zaro aloqalar haqida yangi axborotlar olish, ma`lumotlarni qayta tekshirish va shu singari ishlar ilmiy maqsad bo’lib xizmat qilishi; ishning amaliy maqsadi - turli kursdagi studentlar va har xil sinfdagi maktab o’quvchilari to’g`risida fakultet yoki maktab uchun zarur bo’lgan ma`lumotlar olishdan iborat bo’lishi mumkin.

Download 50.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling