Mavzu: Ilmiy tadqiqotning umumiy sxemasi
Bir munosabatli eksperimental farazlar
Download 50.22 Kb.
|
PEP 7-Mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fan farazlari
- 3.Ilmiy tadqiqot gipotezasini empirik tekshirish Gipotezami nazariy jihatdan tekshirish
Bir munosabatli eksperimental farazlar bitta mustaqil va mustaqil bo’lmagan holatlar orasidagi munosabatlarda o’z aksini topadi. Bu eksperimental farazni o’tkazish uchun bitta munosabatga doimiy eksperiment o’tkazilgan bo’lishi, ikkinchisi esa unga nazoratli hodisa bo’lishi kerak.
Ba`zi olimlar farazlarning statistik va fan turlarini farqlaydilar. Fan farazlari taklif etilgan muammolarning qarorlaridan shakllangan. Statistik farazlar matematik statistika asosida shakllanadi. Istalgan fan farazi statistik ma`lumotlarni talab etadi. Har bir sabab qonuniyatlar, aloqalarni yoki voqealarni isbotlashda ko’plab tushuntirishlar keltirishi kerak. Faraz ikkita tarkib: asosiy va alternativdan iborat. Statistik farazlar ikkita tushunchada qo’llaniladi: N (Farqlanish haqidagi faraz) va N (Ish haqidagi faraz). Eksperimental faraz eksperiment tuzilmasi uchun, statistik farazlar esa tomonlarning qayd etish uchun olinadi. Ular o’z tuzilmasiga ega va har biri dalillarga tayanadi.Bitta eksperimentni tushuntirish uchun birgina emas, balki bir nechta nazariyalar hisobga olinadi. SHubhasiz, statistik farazlar juda zarur va eksperimental farazlarning to’ldiruvchisidir. Eksperimental farazlar birinchi o’rinda, statistik farazlar esa ikkilamchidir. Farazlar mavjud nazariy borliq bilimlari: dalillar, qonun-qoidalarsiz eksperiment o’tkaza olmaydilar. Nazariyani eksperimentda tekshirib bo’lmaydi. Nazariy xulosalar universal hisoblanadi. Agar nazariyadan chiqadigan xulosalar eksperiment jarayonida tasdiqlanmasa, nazariy isbotlanmaydi. Eksperiment natijasini ifodalovchi xulosalar assimmetrikdir, ya`ni faraz inkor qilinishi mumkin bo’lgan, lekin hech qachon qat`iyan qabo’l qilinmaydi. Har qanday faraz keyingi tekshirishlarda tasdiqlanadi. 3.Ilmiy tadqiqot gipotezasini empirik tekshirish Gipotezami nazariy jihatdan tekshirish - bu taxmin qilinayotgan fikrni ajratish isbotlangan va ilmiy adabiyotdarda mavjud bo’lgan qoidalar, printsiplar bilan taqqoslashdan iborat bo’lib, natijada shunda qurilayotgan faraz bilan o’sha printsiplar o’rtasida mantiqiy qarama-qarshilik yo’qligi aniqlab olinadi. Gipotezami eksperiment tarzida tekshirib chiqish jarayonida uning to’g`riligi yoki to’g`ri emasligi ilmiy tadqiqotlar orqali olingan ma`lumotlarni analiz qilish asosida, tajribalar o’tkazish yo’li bilan belgilanadi. Tadqiqotchi tomonidan aniqlab olingan va yozib qo’yilgan voqealar, hodisalar faktlar deb ataladi. Shuning uchun kuzatuvchanlik ilmiy xodimning qimmatli fazilatlaridan hisoblanadi: u bunday qaraganda tadqiq etilayotgan ob`ektdagi uncha muhim emasdek tuyulgan xususiyatlarni ham, tajriba o’tkazish shart-sharoitlarini ham tez ilg`ab olish va ularga to’g`ri baho bera olish qobiliyatiga ega bo’lmog`i kerak. Qat`iy ilmiy tushunish ma`nosidagi fakt deganda kuzatilayotgan hodisani yangi tajribada yoki boshqa tadqiqotchi olib borayotgan tajribada qayta tiklash imkoniyati nazarda tutiladi. Download 50.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling