5 Laboratoriya ishi Difraksion panjara
O‘lchash usuli va tartibi
Download 69.98 Kb.
|
1 2
Bog'liq5-lab.ishi 2-sem ! 4-soat (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘qituvchidan o‘lchashlarni bajarish uchun ruxsat oling! Jadval. To’lqin uzunligining qiymatlari
- 2,3 - jadvallar. l = ____ nm bo’lgandagi o’lchashlar qiymatlari.
- Interferension manzarani o’rganish tajribasi
- Olingan natijalar ustida ishlash va hisobot tayyorlash
- Nazorat uchun savol va topshiriqlar
O‘lchash usuli va tartibi
Modellashtirish dasturi ishga tushganda avtomatik tarzda parametrlarning quyidagi qiymatlari o’rnatiladi: maksimum tartibi m = 1, minimal to’lqin uzunligi 0,4 mkm, tirqishlar orasidagi minimal masofa d= 6 mkm, tirqishlar soni N=2. Sichqonchaning chap tugmachasini bosib, uning kursorini maksimumlar tartibini boshqaruvchisiga o’rnatib (ekranning chap tomonida, pastda), m ni 0 dan 3 gacha o’zgartiring va o’rta ekranda interferension manzaraning o’zgarishini kuzating. Nur to’lqin uzunligini sariq rangga mos keluvchi qiymatga o’rnating va m ni ozgartira borib, yana interferension manzaraning o’zgarishini kuzating va chizib oling. O‘qituvchidan o‘lchashlarni bajarish uchun ruxsat oling! Jadval. To’lqin uzunligining qiymatlari (qayta chizmang)
2,3 - jadvallar. l = ____ nm bo’lgandagi o’lchashlar qiymatlari.
Interferension manzarani o’rganish tajribasi Panjaradagi tirqishlar maksimal soni N = 100, tirqishlar orasidagi minimal masofa d = 6 mkm qilib oling. Sichqonchaning kursorini spektrdagi vertikal chiziqda o’rnatib chap tugmachani bosing va ushlab turgan holda sizning brigadangiz uchun 1-jadvaldan olingan to’lqin uzunligi qiymati paydo bo’lguncha siljitib boring. Monitor ekranida nurlanib turgan kesmalar uzunligini lineyka yordamida o’lchab oling va natijani 2- jadvalga yozib qo’ying. d ni 0,5 mm oshirgan holda 3- bosqichni takrorlang. To’lqin uzunligining 1 – jadvaldan olingan boshqa qiymati uchun tajribani takrorlang. Olingan natijalar ustida ishlash va hisobot tayyorlash Maksimumlar nisbiy amplitudalaridan olingan ildizlarni hisoblang va 2,3 – jadvallarga yozib oling. 2- jadvaldagi barcha maksimumlar uchun nisbiy amplitudalar ildizlarining panjara davriga teskari kattalikga bog’liqlikning eksperimental grafiklarini chizing. Xuddi shunday grafikni 3 – jadval uchun chizing. Har bir grafik qiyaligidan . formula yordamida tirqish kengligi qiymatini tajribada aniqlang. Tirqish kengligining o’rtacha qiymatini hisoblang. b = 1,4 mkm haqiqiy qiymat. Nazorat uchun savol va topshiriqlar Yorug’lik to’lqiniga ta’rif bering. Garmonik to’lqinga ta’rif bering. Elektromagnit to’lqinga ta’rif bering. OX o’qi bo’ylab tarqaluvchi, bir oramli garmonik EMT uchun elektr maydon kuchlanganligining koordinata va vaqtga bog’liqligi formulasini yozing. Qanday to’lqinlar kogerent deb ataldi? Difraksiya ta’rifini bering. Difraksion panjara deb nimaga aytiladi? Difraksion panjara nima maqsadlarda ishlatiladi? Difraksion panjara doimiysi deb nimaga aytiladi? Nima uchun difraksion panjara bilan ekran o’rtasiga yig’uvchi linza qo’yilsdi? Difraksion panjara ikkita qo’shni tirqishdan qilayotgan nurlar yollari farqi formulasini yozing. Ikkita qo’shni tirqishdan chiqayotgan nurlar fazalari farqi formulasini yozing. Difraksion manzaraning bosh marsimumlari qanday hosil buladi ? Radiolokasion to’lqin uchun difraksion panjara yasash mumkinmi? Bu yorug’lik to’lqini uchun yasalgan difraksion panjaradagi nimasi bilan farq qiladi? Download 69.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling