5-laboratoriya mashg’uloti mavzu: Fotoelementlarni parallel va ketma ket ulagan holda elektrofizik parametrlarini olishni


-jadval. Tabiiy sirtning xarakteristikasi


Download 153.83 Kb.
bet3/3
Sana28.12.2022
Hajmi153.83 Kb.
#1010405
1   2   3
Bog'liq
5-quy taj ish-1

1-jadval. Tabiiy sirtning xarakteristikasi.



Sirt xarakteristikasi

A %

Tuproqlar

1.

Taqir tuproq (quruq)

30-33

2.

Quruq taqir tuproqda, cho’l o’simlik bor bo’lganda

26-30

3

Quruq sho’r tuproq

25-35

4.

Qora qum rangli (quruq)

30-35

5.

Qizil qum rangli (quruq)

22-26

6.

Botqoqlik tuproq

12-14

Qor sirti va muzliklar

7.

Yangi yog’gan qor

85-90

8.

Toza nam qor

50-55

Suvlar

9.

Toza suv

6-8

10.

Orol dengizi suvi

6-8

11.

Tog’ daryosi suvi

20

12.

Tinch oqayotgan daryo suvi

10

Qishloq xo’jaligi ekinlari

13.

Paxtaning gullagan davrida, tuproq nam

13-15

14.

Paxtaning gullagan davrida, tuproq quruq

18-20

15.

Paxta-gullash davrida, tuproq quruq

19-21

16.

Bahorgi kartoshka, tuproq nam

14-18

17.

Kartoshka, tuproq quruq

18-22

18.

Qovun yashil, xosili bilan

15-17

19.

Yashil o’t

26

20.

Qurigan o’t

19

Qurilish materiallari

21.

Beton

30-35

22.

Asfal’t

10-30

23.

G’isht

28

SHuni aytish kerakki, alьbedoning kattaligi Quyoshning balandligiga ham bog’liq. Quyosh balandligi kamayishi bilan tuproq, suv sirtining alьbedosi oshib ketadi. To’g’ri quyosh radiatsiyasi uchun balandligi katta bo’lganda dengiz suvining tekis sirti uchun alьbedo 4 foizga yaqin, quyosh balandligi 40 ga teng bo’lganda esa alьbedo 65 foizgacha yetadi. Suv yuzining tiniq-loyqaligi ham alьbedoning qiymatini o’zgartirib yuboradi. Sochilgan radiatsiya uchun suv sirtining alьbedosi 5-10 foiz chamasida o’zgaradi. SHunday qilib, yer sirtiga tushayotgan yig’indi quyosh radiatsiyasining


; (12)
; (13)
qismi qaytadi. , (14)
Qismi esa yutilib tuproqning ustki qismini qizdirishga sarf bo’ladi. Bu radiatsiyani yutilgan radiatsiya deb yuritiladi.
Asbobning tavsifi
M-69 alьbedometr quyidagicha tuzilgan:
1 -Rezinkali tiqin, 2-quvur, 3-pironometr qopqog’i, 4-ushlagich, 5-kardonli osma, 6-quvur.


6-rasm. M-69 alьbedometrning tuzilishi.

Alьbedometrning qabul qiluvchisi 3 pironometrning qopqog’i hisoblanadi, 2 quvurga 6 quvur burab kardonli osma 5 va 4 ushlagich yordamida 1800 burchakka o’zgartirish mumkin. Kuzatuvchidan qaytgan nurni kamaytirish uchun 2 metr yog’och dasta ushlagichga o’rnatiladi. Alьbedometr yumshoq sim yordamida GSA-I galьvanometrning (+) va S klemmalariga ulanadi. Agar galьvanometr strelkasi noldan pastga tomon ketsa, simning o’rinlari almashtiriladi. O’lchash vaqtida alьbedometr yer yuzasidan 1-1,5m balandlikka o’rnatiladi. M-69 alьbedometri qishloq ho’jaligi maydonlarida o’simliklarning eng yuqori nuqtasidan 0,5m balandlikka o’rnatiladi. Yig’indi va tarqoq radiatsiyani o’lchashda alьbedometr quyoshga tomon buriladi.


Ishning bajarish tartibi
1. O’lchashdan 3 minut avval galьvanometrning nol vaziyati aniqlanadi. Alьbedometrning qopqog’i berkitiladi va galьvanometr ko’rsatishi N yozib olinadi. SHundan so’ng qopqoq ochiladi va yig’indi quyosh radiatsiyasi uch marta o’lchanadi. Alьbedometr yuqoriga qaragan holda bo’lib, gal’vanometrning ko’rsatishi N1, N2, N3 bo’lsin.
2. Uch marta o’lchash olingandan so’ng, qabul qiluvchi qurilma pastga buriladi va 1 minut o’tgandan so’ng, uchta o’lchash olinadi, bunda qaytgan radiatsiyaning qiymatlari N4, N5, N6 o’lchanadi.
3. SHundan so’ng quyosh radiatsiyasi qabul qiluvchi qurilma buralib yuqoriga qaratiladi va 1 minut vaqtdan so’ng yana uchta yig’indi radiatsiya o’lchanadi N7, N8, N9.
4. SHundan keyin qabul qiluvchi qurilma qopqog’i bilan bekitiladi va galьvanometrning nolь holat hisobga olinadi. Hamma olingan natijalar 2-jadvalga kiritiladi.
2-jadval.

Vaqt

Hisoblash tartibi

Galьvanometrdan olingan hisob

Nolь holat

Yig’indi radiatsiya

Qaytgan radiatsiya































1.8. O’lchash natijalarini qayta ishlash.
1. Dastlabki nolь vaziyat va har bir turdagi radiatsiya uchun o’rtacha qiymati aniqlanadi:
= ; = ; = .
2. SHundan so’ng o’rtacha qiymatdan foydalanib, shkalaning qo’shimchasi va qurilma guvohnamasidan olinadi. holat aniqlanadi va , ning to’g’irlangan qiymati:

3. Bizga maьlumki, alьbedo- qaytgan radiatsiyaning yig’indisi radiatsiyaga nisbatiga teng bo’lganligi uchun ,
shaklida yozish mumkin. O’qituvchining ko’rsatmasi, asosida haydalgan toza tuproq, o’simligi bo’lgan tuproq, suv va asьfaltning alьbedosi aniqlanadi va 2-jadvalga kiritiladi. SHundan so’ng hisobot tayyorlanadi.
Nazorat savollari
1.Alьbedo nima?
2.Alьbedometr va aktinometrlar orasida qanday farq bor?
3.Alьbedo Quyosh balandligiga bog’liqligi qanday?
4.Ish to’g’risida tushuncha bering?
5.Alьbedoni o’lchashni ahamiyati?
Download 153.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling