5 Laboratoriya mashg‘uloti Mavzu: Intakt hayvonlarda statik va statokinetik reaksiyalarni tekshirish 2 soat Tonik reflekslar
Download 22.3 Kb.
|
5-laboratoriya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tajriba o‘tkazish tartibi.
- Ish anjomlari
- Ishni rasmiylashtirishga doir tavsiyalar.
- Nazorat uchun savollar.
5 - Laboratoriya mashg‘uloti Mavzu: Intakt hayvonlarda statik va statokinetik reaksiyalarni tekshirish - 2 soat Tonik reflekslar. Miya o‘zanining – bo‘lbar bo‘limining va ayniqsa mezensefal bo‘limining eng muhim funksiyasi shuki, u gavdaning fazodagi vaziyatiga qarab muskullar tonusiniqayta taqsimlaydi. Muskullar tonusi refleks yo‘li bilan qayta taqsimlanib, gavda muvozanatining saqlanishini ta'minlaydi. R.Magnus xilma-hil tonik reflekslarning jami yig‘indisini ikki guruhga bo‘ldi: 1) gavdaning fazodagi muayyan vaziyatini taqozo qiladigan statik reflekslar; 2) gavdaning surilishi bilan yuzaga chiqadigan statokinetik reflekslar. Statik reflekslarning o‘zi ikkita katta guruhga ajratiladi. 1-guruhi gavdani muayyan vaziyatini yoki fazasini ta'minlaydi va vaziyat reflekslari yoki pozatonik reflekslar deb ataladi. 2-guruh gavdaning g‘ayritabiiy vaziyatdan normal vaziyatga qaytishini ta'minlaydi va rostlash reflekslari beb ataladi. Vaziyat reflekslarida tonus qayta taqsimlanadi, masalan, qo‘l yoki oyoqning yuzuvchi muskullari tonusi kamayib, bukuvchi muskullar tonusi oshadi. Bunday reflekslarni uzunchoq miya markazlari yuzaga chiqaradi. Gavda vaziyati reflekslarining kelib chiqishida vestibulyar apparat retseptorlaridan va bo‘yin muskullarining proprioretseptorlaridan keluvchi afferent impulslar katta ahamiyatga ega.
Umuman olganda bosh va tanani rostlaydigan ikkita mexanizm mavjud: birinchi mexanizmda vestibulyar apparat retseptorlari va teri retseptorlari ta'sirlansa, ikkinchi mexanizmda bo‘yin muskullarining proprioretseptorlari va tana terisidagi retseptorlar ta'sirlanadi. Bu tonik reflekslarning markazlari o‘rta miyada bo‘lib, ularning yuzaga chiqishida qizil yadro faol ishtirok etadi. Vestibulyar apparat retseptorlaridan va bo‘yin muskullarining proprioretseptorlaridan keluvchi impulslar boshning turli vaziyatlarida ko‘zning burilishiga sabab bo‘ladi.
Gavda aylantirilganda yoki gavdaning ayrim a'zolari bir-biriga nisbatan siljiganda stato-kinetik reflekslar kelib chiqadi. Gavda aylantirilganda boshning quyidagi harakatlari kuzatiladi: bosh avval gavda aylanishiga teskari tomon sekin buriladi, so‘ng tez ravishda me'yoriy holatiga qaytadi; shundan keyin bosh aylanish yo‘nalishiga qarshi sekin burilib, yana tez oldingi holaiga qaytadi va hokazo. Boshning bunday harakatlari bosh nistagmi deyiladi. Gavda aylantirilganda ko‘z bosh nistagmiga o‘xshash harakat reyksiyasini namoyon qiladi. Gavda harakatlarida ayrim a'zolar vaziyati o‘zgarib, tana va qo‘l-oyoqlardagi muskullar tonusi qayta taqsimlanadi. Hayvonlarda statokinetik reflekslar o‘rta miya yadrolarining muqarrar ishtiroki bilan yuzaga chiqadi.
2. Dengiz cho‘chqasi tumshug‘idan ushlanib, boshi yuqoriga ko‘tariladi. Bunda oldingi oyoqlari uzatiladi, orqa oyoqlari esa bukiladi va shu turga kiruvchi hayvonlarga xos javob reaksiasi kuzatiladi. Tananing tabiiy holati buzilganda, masalan, tanani 900 yoki 1800 burganda (biqin yoki chalqancha holat) rostlanish reflekslari yuzaga chiqadi. Bunday sharoitda tabiiy holatni tiklash uchun tonik reflekslarning zanjirli majmuasi namoyon bo‘ladi.
Hayvon yelka tomonidan ushlangan holda yuqoriga ko‘tariladi; keyin gavdasi 1800 ga buriladi va bunda bosh tepasi pastga qaratiladi. Bosh avval panjalar bilan qisiladi, keyin esa bo‘shatiladi. Bu bilan u tabbiy holatni olishga harakat qiladi va bosh tepasini yuqoriga buradi. Dengiz cho‘chqasi chanoq sohasidan ushlanib, tanasi boshi bilan pastga joylashgan vertikal holatga o‘tkaziladi. Bunday holatda ham bosh tepa suyagi yuqoriga qaragan normal holatni egallaydi. Dengiz cho‘chqasining boshi, oyoqlari ehtiyotkorlik bilan tananing tayanch tekisligiga kaft yoki taxtacha bilan qisilgan holda biror yonboshiga joylashtiriladi, bunday holat u tinchlanmaguncha ushlab turiladi. Keyin bosh bo‘shatiladi. Bunda ham boshning tepa qismi yuqoriga yo‘naltirilgan normal holatni egallaydi. B. Dengiz cho‘chqasida bo‘yinning mushak va pay proprioretseptorlari, tananing proprioretseptorlari va teri retseptorlaridan boshlanib tana mushaklari va oyoqlariga beriluvchi rostlanish reflekslarini kuzatish. Oldingi tajriba qaytariladi. Kaft yordamida bosh tanaga qisilib, dengiz cho‘chqasi bir biqiniga yotqiziladi. Keyin bosh va yelka qismi bo‘shatiladi: natijada bosh tepasi bilan tez yuqoriga va undan so‘ng tananing oldingi qismlari buriladi. Bundan keyin tananing pastki qismi bo‘shatiladi. Dengiz cho‘chqasi oyoqlari yordamida tiklanadi va tanasining orqasi bilan 900 ga burilib, tabiiy holatga kelishi kuzatiladi. Dengiz cho‘chqasi yuqoriga ko‘tarilib, orqasi pastga qaratib buriladi va u ozod tushishi imkoniyati tasavvur qilingan holda tashlab yuboriladi. Hayvonning boshi shu zahotiyoq dastlabki holatni egallaydi. So‘ng tananing oldingi qismi va oyoqlari, keyin chanoq va orqa oyoqlari buriladi. Hayvon havoda 1800 ga buriladi va to‘rtta oyog‘i bilan baravariga yerga tushadi. Ishni rasmiylashtirishga doir tavsiyalar. Kuzatilgan statik reflekslarni ta'riflang. Poza-tonik va rostlash reflekslari vazifasini ko‘rsating. Statokinetik reflekslar tananing fazodagi aktiv yoki passiv ko‘chishi natijasida yuzaga chiqadi. Ular tana muvozanatini saqlashga yo‘naltirilgan. Harakatlar tabiatiga qarab reflekslar 2 guruhga bo‘linadi. Birinchi guruhlari – olg‘a boradigan harakat vaqtidagi burchak tezlanishi ta'siri natijasida namoyon bo‘ladi. Chiziqli tezlanish natijasida ro‘y beradigan statokinetik reflekslar. Bu tipdagi reflekslarga pastga tushish, ko‘tarilish (lift) hamda yerga qo‘nish reflekslari kiradi. Bular otolit apparati va qisman yarin aylana kanallar retseptorlarining ta'sirlanishi bilan bog‘langan. Yuqoriga ko‘tarila boshlagan paytda musbat tezlanish ta'sirida oyoqlarning ixtiyorsiz bukilishi, bosh va tananing egilishi sodir bo‘ladi, oxirida manfiy tezlanish ta'sirida uzatiladi, bosh va tana tiklanadi. Pastga tushayotgan paytda yuqorida yozilgan reaksiyalar teskari tartibda almashinadi. Bu “lift” refleksidir. Qo‘nish refleksi vertikal sakrashning tayanchsiz fazasida yuzaga chiqadi. Hayvon havoda bo‘lgan paytda o‘z tana og‘irligini ko‘tarishga tayyorlanar ekan, uning oyoqlari uzatiladi va oldinga yo‘naltiriladi. yerga tushganda oyoqlari prujinadek harakat qilib, bosh va tanani yerga urilishdan saqlaydi.
Dengiz cho‘chqasi yuqoriga ko‘tariladi va havoda ushlab turiladi: uning oyoqlari yarim bukilgan va osilgan holda bo‘ladi. Keyin tezlik bilan yerga qarab harakat paytida hayvonning oldingi va orqa oyoqlari uzatiladi va oldinga cho‘ziladi, panjalari esa yelpig‘ichsimon yoziladi. Bu – qo‘nish refleksidir. Agar quyon va dengiz cho‘chqasi stolga joylashtirilib, ular olg‘a, tez harakatlantirilsa, ularning oyoqlarida ham xuddi shunday holat yuz beradi.
Tajriba o‘tkazish tartibi. 1. Baqaning notekis aylanma harakati paytida hosil bo‘lgan statokinetik reflekslar harakteri kuzatiladi. Buning uchun u aylanuvchi kursiga o‘tkaziladi, ustidan katta voronka yopiladi va tezda aylantiriladi. Aylanishning dastlabki davrida musbat burchak tezlanish ta'siri ostida baqaning boshi aylanishga nisbatan qarama-qarshi tomonga buriladi. Bosh ketidan shu tomonga tana ham qayriladi. Ayrim hollarda musbat burchak tezlanishi baqaning aylanma hakatga qarama-qarshi tomonga o‘rmalashi kuzatiladi. Aylanma harakat to‘xtagandan so‘ng, baqaning pozasi dastlabki holatga keladi. 2. Baqa suvi bor jomga tushirilib, jom aylanuvchi kursiga joylashtiriladi. Aylanma harakat vaqtida baqaning harakatga qarama-qarshi tomonga suzishi kuzatiladi. Nazorat uchun savollar. Statik reflekslar nima? Statokinetik reflekslar nima? Uzunchoq miya va uning funksiyalari. O‘rta miya va uning funksiyalari. Oraliq miya va uning funksiyalari. Miyacha va uning funksiyalari. Keyingi miya (miya ko‘prigi) va uning funksiyalari. Vegetativ nerv tizimi va uning tuzilishi, qismlari. Vegetativ nerv tizimining funksiyalari. Parasimpatik va simpatik nerv tizimlari haqida ma’lumot. Download 22.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling