5-Laboratoriya mashg’uloti. Oqsillarga xos sifat reaksiyalar. Kerakli jihozlar
Download 15.22 Kb.
|
5-lab mashg\'uloti (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.Biuret reaksiyasi
5-Laboratoriya mashg’uloti. Oqsillarga xos sifat reaksiyalar. Kerakli jihozlar: shtativ, probirkalar, shisha tayoqcha, pipetka, plastirk taglik, probirka qizdirgich, elektron taqozi, tomchi analiz uchun to’plam, Kerakli reaktivlar: 1 dona tuxum oqi, konsentrlangan HNO3eritmasi, 10%li ishqor va 2%li mis kuporosi eritmasi, qo’rg’oshin (II) asetat eritmasi Ishning borishi. 1.Probirkaga 2-3 ml oqsil modda eritmasidan (bu eritma 1 dona tuxum oqini 150 ml suvda eritib tayyorlanadi)olib unga konsentrlangan HNO3 dan 1-2 ml qo’shing va bu aralashmani ohistalik bilan qizdiring.Bunda oqsil moddasi bir joyga to’planib oladi va sariq bo’yalish ro’y beradi.Probirkadagi aralashmaga ammiak eritmasidan qo’shganda sariq rangli eritma to’q sariq rangga bo’yaladi. Bunday bo’yalish oqsil moddalar tarkibida aromatik yadrolari (fenil-alanin, tirozin, triptofan) borligini ko’rsatadi. 2.Biuret reaksiyasi Probirkaga 2-3ml oqsil modda eritmasidan quyib 1-2 ml 10%li ishqor ,1-2 tomchi 2%li mis kuporosi eritmasidan qo’shganda qizil-binafsha bo’yalish ro’y bersa, oqsil moddasi tarkibida peptid bog’i (-CO-NH-)borligini ko’rsatadi. 3. Oqsillardagi oltingugurt aniqlash. Probirkaga qo’rg’oshin (II) asetat eritmasidan 0,5 ml quyib,o’yuvchi natriy eritmasidan qo’shiladi.Bunda qo’rg’oshin (II) gidroksid cho’kmaga tushadi.Ikkinchi probirkaga 2-3 ml oqsil eritmasi va shuncha plumbit eritmasi quyiladi.Probirkalardagi eritmalarni aralashtirib, qaynaguncha 2-3 minut qizdirilsa, qora cho’kma hosil bo’ladi.Bu qo’rg’oshin (II)- sulfidi hosil bo’lganligini ko’rsatadi. Download 15.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling