5-laboratoriya Mavzu: Rostlanuvchi o'zgarmas tokli elektroyuritmani strukturasini ishlatish rejimlarini o'rganish va harakat tavsifining taxlili


Download 23.03 Kb.
Sana09.06.2023
Hajmi23.03 Kb.
#1475523
Bog'liq
Laboratoriya 6


5-laboratoriya
Mavzu: Rostlanuvchi o'zgarmas tokli elektroyuritmani strukturasini ishlatish rejimlarini o'rganish va harakat tavsifining taxlili
Nazariy qism
Elektr yuritma ishchi mashina ustida aylantiruvchi moment hosil qilish uchun hizmat qiladi.
Elektr yuritmani elektr qismi bir yoki bir necha elektrodvigatellardan va elektr qurilmalaridan iborat. Elektr yuritmani mexanika qismi va reduktorli uzatma, harakat o`zgartirgichlari va boshqalardan iborat bo`lib, u elektrodvigatel o`qidan ishchi mashinaga aylantiruvchi momentni uzatish uchun ishlatiladi. Elektr yuritmalar uch guruhga bo`linadi: yakka dvigatelli, guruhli va ko`p dvigatelli. Yakka dvigatelli elektr yuritmada har bir ishchi mashina o`z elektrodvigateliga ega. Guruhli elektr yuritmada bir guruh ishchi mashinalar bitta elektrodvigateldan harakat oladi. Ko`p dvigatelli elektr yuritmada agregatni har bir ishchi mashinasi yoki organi o`z elektrodvigateliga ega. Ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish ko`p dvigatelli elektr yuritmalarni keng qo`llanilishiga olib kelmoqda.
Boshqarish apparatlari vositasida avtomatik ravishda ishga tushiriladigan, to‘xtatiladigan yoki yuklanishni o‘zgarishiga qaramay aylanish tezligini o‘zgartirmay saqlaydigan hamda aylanish yo‘nalishini teskari tomonga aylantiradigan yuritma avtomatlashtirilgan elektr yuritma deyiladi.Texnologiya talablariga binoan tezligi majburiy ravishda o'zgartiriladigan yuritma rostlanadigan elektr yuritma deb ataladi. Avtomatlashtirilgan va rostlanadigan elektr yuritma tarkibida
o‘zgartgich ham bo'lishi mumkin. 0‘zgartgich deb elektr tokini bir turdan boshqa turga, masalan, o'zgaruvchan tokni o'zgarmasga yoki aksincha, shuningdek, tok kuchlanishi yoki chastotasi qiymatim hamda fazalar sonini o'zgartiradigan moslamaga aytiladi.
Shunday qilib, avtomatlashtirilgan elektr yuritma vositasida elektr energiyasini mexanik energiyaga aylantirishdan tashqari, bu mexanik energiyani elektr usu bilan talabga binoan rostlash imkoni yaratiladi. Natijada, texnologiya jarayonini takomillashtirish, ish unumi va mahsulot sifatini oshirish mumkin bo'ladi.
Download 23.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling