5. Maktabga psixologik xizmat ko’rsatish


Download 25.55 Kb.
Sana01.04.2023
Hajmi25.55 Kb.
#1315657

5. Maktabga psixologik xizmat ko’rsatish.
Ma’lumki, shaxsning sotsializatsiyasi asosan maktab yillariga to’g’ri keladi. Shuning uchun ham maktab oldiga qo’yilgan asosiy vazifalardan biri bolaning kamoloti uchun barcha sharoitlarni yaratish, uning individual va psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda ta’lim va tarbiyaning eng makbo’l shakllarini joriy etishdir. Lekin hammaga ma’lumki, hozirgi sharoitda maktab oldida ko’plab muammolar, hal qilinmagan masalalar mavjudki, ular barchasi maktabga har taraflama yerdamni takozo etmoqda. Oxirgi yillarda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining ko’rsatmalariga asosan yeshlarning laekatlarini ilk yeshligidan aniqlash, ular iqtidorini har taraflama ustirish vazifalari o`quvchiga individual yondashuvning zarurligini, ukishning differensial bo`lishini talab qilmoqda, shunga yarasha maktab va jamoatchilik oldiga qator muammolarni keltirib chiqarmoqda. Testlar vositasida bilimlarni tekshirish, oliy o`quv yurtlariga va ta’limning barcha tarmoqlariga ham test sinovlari orqali kabo’lning amalga oshirilishi psixologik xizmatning tezrok Yo’lga qo’yilishini talab qilmoqda. Ijtimoiy psixologiya ham davrimizning maktab oldiga kuyayotgan talablari, uning hozirgi kunlarda boshdan kechirayotgan qiyinchiliklarni hisobga olgan holda, o`z oldiga :
1. Maktabda tashqil etilgan psixologiya xizmati avvalo psixologdan usha maktab sharoitini har tomonlama, tulik o’rganib chiqishni, har bir yesh xususiyatlariga qarab, individual va guruhda ishlash uslublarini aniqlashi lozim.
2. Maktab psixologi bolalar o’rtasida uchrab turadigan psixik rivojlanishdan chekinish hollarini tulik o’rganishi unga sabab bo`lgan ijtimoiy-psixologik shart-sharoitlarni analiz qilishi lozim.
3. Maktab psixologida turli yeshli bolalar bo`yicha ularning qobiliyatlari, va kasbga qiziqishiga doir aniq ilmiy analizlar, test natijalari asosida to’zilgan malumotlar blanki bo`lishi kerak. Bu malumotlarga asoslanib, psixolog bolalarga alohida-alohida yendoshish, ayrimlariga kushimcha darslar tashqil etish, maktab, oila xamkorligida bolalardagi qobiliyatlarni ustirish bilan bog’liq aniq ko’rsatmalar ishlab chikmogi lozim.
4. Maktab psixologi umuman maktabdagi alohida sinflardagi ruhiy holatlarni o’zaro munosabatlar bilan bog’liq bo`lgan psixologik muxitni aniqlashi va rasmiy va norasmiy liderlar o’rtasidagi munosabatlarni chukur o’rganib, maktab mamuriyatiga tarbiyaviy ishlar bo`yicha direktor o’rinbosariga kerakli Yo’l-yuriklarni berib turishi kerak.
5. Bundan tashkari, maktab psixologi turli mojarolar, ziddiyatlar tartibbuzarliklarning oldini olish, ularning tabiatini o’rganish chora-tadbirlari bo`yicha konsultatsiyalar tashqil etishi kerak. Bunday konsultatsiyalar alohida ota-onalar va pedagoglar jamoasi uchun tashqil etiladi. Amaliy psixolog faoliyatining yana bir tomoni turli masalalar bo`yicha ukituvchilar jamoasiga konsultatsiya va yerdamlar berishdir.
Yo’qoridagi vazifalardan kelib chiqib, maktab psixologi faoliyatning asosiy yo’nalishlarini belgilashi mumkin. Ular diagnostik va tuzatish ishlari (har qanday rivojlanish jarayonidagi cheklanishlar, orqada qolish holatlarini aniqlab, chorasini topish, ularni oldini olish) psixo-profilaktik ishlar (psixogigiena, bolaning psixologik jixatdan normal rivojlanishini ta’minlovchi sharoitlar yaratish); psixologik konsultatsiyalar, ukituvchilar, ota-onalar va o`quvchilarning psixologik savodxonligini kutarish; psixologiyada qo’llaniladigan metodlarni konkret shartlarga moslashtirish, ulardan samaralifoydalanish, to’plangan ilmiy ma’lumotlarni sistemali tarzda analiz qilib borish, testlar to’zish, ularning sezgirligini ilmiy asoslash va har bir bola qobiliyatini, qolaversa, ukituvchilar bilimdonligini testlar yerdamida muntazam tekshirib ilmiy xulosalar va ko’rsatmalar tayorlash kabilardan iboratdir.
O’ylaymizki, Respublikamizda maktabga psixologik xizmat ko’rsatish ishlarini takomillashtirish kelajagimiz bo`lgan bolalarimizni jamiyat oldida turgan ulkan va ulugvor ishlarga tayorlashga o’zining munosib hissasini kushadi.
Download 25.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling