5-ma’ruza. Adobe Photoshop dasturida ranglar va qatlamlar, tasvirlarda ishlov berish


Download 0.85 Mb.
bet2/2
Sana14.02.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1195984
1   2
Bog'liq
5-ma’ruza

Qatlamlar bilan ishlash.
Adobe Photoshop dasturi tasvirdagi biror obyekt Прямоуголь­ная область, Эллиптическая область, Лассо, Волшебная палоч­ка, Быстрая маска yordamida belgilanib, ularning nusxalari olinganda, Adobe Photoshop dasturi yangi qatlam hosil qiladi. Bu qatlam alohida obyekt bo'lib, uni tahrir qilish ham alohida tarzda bo'ladi. Bir necha tasvirlardagi ayrim detallarni yagona tasvirga jam-langanda Adobe Photoshop dasturi ko'chirib o'tilgan tasvir bo'lak-larini qatlamlarga ajratadi. Ayni jarayon tasvir detallarini joylashtirish uchun juda qulay. Bir necha qatlamlar bilan ishlaganda ularni boshqarish qiyinlashadi. Adobe Photoshop dasturi bajarilganda yangi darcha hosil bo'ladi. Bu darchada tasvirdagi yangi qatlamlar haqidagi axborot joylashadi. Yangi qatlam hosil qilinganda Adobe Photoshop dasturi uni Слой darchasida ro'yxatga oladi. Bu darchada qatlamlar tartibli joylashtiriladi. Shuningdek, qatlamlarning o'rnini almashtirish yoki vaqtincha o'chirib qo'yish mumkin. Qatlamlarni o'chirish uchun awal kerakli qatlam Слой darchasida belgilab olinadi va Menyular satrida Слой menyusi tarkibidagi Удалить слой buyrug'i tanlanadi. Katlamlarni bir-biriga birlashtirish imkoniyati ham mavjud.
Matnlar bilan ishlash.
Adobe Photoshop dasturi tasvirlar ustiga matnlarni kiritish uchun yana bir keng imkoniyatni ochib beradi. Tasvir ustiga matn kiritish uchun asboblar panelida maxsus Текст asbobi mavjud. Bu asbob. asosan, tasvirga turli matnlarni kiritish uchun xizmat qiladi. Текст asbobi tarkibida Текст-маска, Вертикальный текст kabi asboblar yashiringan. Bu asboblar aktivlashtirilib, kursor tasvir ustida bir marta bosilishi bilan yangi Текстовый инструмент darchasi hosil bo'ladi. Bu asboblar faqat matnlarni tuzish uchun xizmat qiladi. Uning yordamida mavjud matnlarni tahrir qilishning iloji yo'q.
Filtrlar bilan ishlash.
Adobe Photoshop dasturida tasvirni qo'shimcha effektlar bilan boyitish uchun filtrlardan foydalanish mumkin. Buning uchun Me­nyular satrida Фильтры buyrug'i tarkibidagi filtrlardan foydalanishin­giz mumkin. Quyida eng ko'p qo'llaniladigan filtrlar tavsifi misollar yordamida keltiriladi.
Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling