5-ma’ruza. Elektron jadval hujjatlarini yaratish va qayta ishlash uchun dasturiy vositalarni qoʻllash reja


Piktogrammalar bayoni va ularning bajaradigan ishlari


Download 0.66 Mb.
bet4/11
Sana07.05.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1440887
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
5-ma\'ruza

Piktogrammalar bayoni va ularning bajaradigan ishlari
Agar foydalanuvchi dastlab Excel dasturida ma’lumotlarni qayta ishlashda fayl nomini kiritmagan bo‘lsa, u holda, kompyuter yangi faylni Kniga1(1-kitob) nomi bilan saqlashni tavsiya qiladi. Foydalanuvchi dastlab jadvaldagi ma’lumotni qayta ishlashi, keyin esa, uni ixtiyoriy nom bilan fayl ko‘rinishda diskda saqlashi mumkin. Foydalanuvchi faylga yangi nom kiritmoqchi bo‘lsa, menyudan ФайлСохранить как... buyrug‘i tanlanadi va ekranda muloqot oynasi paydo bo‘ladi. Oynaning Имя файла darchasiga fayl nomi kiritiladi hamda Сохранить tugmachasi bosiladi va natijada, jadval yangi nom bilan diskda saqlanadi.
Fayl bir marta nomlanadi. Xotirada saqlangan faylga kiritilgan keyingi har bir o‘zgarishni saqlash uchun menyuning Файл bo‘limidan Сохранить buyrug‘i yoki uskunalar majmuasidagi belgida «sichqoncha» tugmachasi bosiladi.
Agar foydalanuvchi oldindan mavjud bo‘lgan fayllar bilan ishlamoqchi bo‘lsa, u holda ФайлОткрыть buyrug‘i tanlanadi yoki uskunalar majmuasidagi belgida «sichqoncha» tugmachasi bosiladi va ekranda quyidagi muloqot oynasi paydo bo‘ladi.
Ekranda fayllar ro‘yxati paydo bo‘ladi va “sichqoncha” ko‘rsatkichi bilan fayl nomi tanlanadi va Открыть tugmachasi bosiladi. Umuman olganda, fayllarni ishga tushirish va saqlash Word dasturi kabi amalga oshiriladi. Excel dasturi ham Word dasturi kabi ko‘p oynali dastur hisoblanadi.
Faylni chop qilishda ko‘pchilik foydalanuvchilar menyuning Файл  Печать buyrug‘idan yoki [Ctrl]  [P] tugmachalar majmuasidan foydalanadi. Bu holda ekranda quyidagi muloqot oynasi paydo bo‘ladi.

Bu oynada foydalanuvchi chop qilish parametrlarini va printer xossalarini o‘rnatishi mumkin. Jadvalning barcha varaqlarini chop qilish uchun «Все» buyrug‘i tanlanadi. Agar jadvalning ba’zi varaqlarini chop qilish kerak bo‘lsa, u holda «stranitsы» darchasiga, masalan, 1-15 kiritiladi va OK bosiladi. Копия bo‘limida jadvalning necha nusxada chop qilinishi ko‘rsatiladi.

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling