5-ma’ruza. Elektron jadval hujjatlarini yaratish va qayta ishlash uchun dasturiy vositalarni qoʻllash reja
Arifmetik hisob-kitoblar olib borish, maxsus funksiyalar bilan ishlash
Download 0.66 Mb.
|
5-ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yаngi ustun va satrlar qo‘yish
- Ustun va satrlarni yo‘qotish
Arifmetik hisob-kitoblar olib borish, maxsus funksiyalar bilan ishlash
Ustun va satrlarni to‘laligicha ajratish (belgilash). Buni amalga oshirishning bir nechta usuli mavjud bo‘lib, ular quyidagilardir: Faqat bitta ustun yoki satrni ajratish uchun shu ustunning nomi yoki satrning nomeri ustida sichqon tumachasi bir marta bosiladi. Ketma-ket kelgan bir nechta ustun yoki satrni to‘laligicha ajratib olish uchun ustunlarning nomi yoki satrlarning nomeri ustida “sudrash” amali bajariladi. Ketma-ket kelmagan ustun yoki satrlarni to‘liq ajratish uchun ajratilishi lozim bo‘lgan har bir ustun nomida yoki satr nomerida sichqon tugmachasi va klaviaturadagi Ctrl tugma-chasi birgalikda bosiladi. Yаngi ustun va satrlar qo‘yish. Jadvalga yangi ustun (satr) yoki bir nechta ustunlar (satrlar) qo‘yish uchun oldiga qo‘yilishi lozim bo‘lgan ustun (satr) yoki ustunlar (satrlar) ajratib (nechta qo‘yish lozim bo‘lsa shunchasi ajratib) olinib, bosh menyudan «Вставка»/«Столбцы» («Вставка»/«Строка») buyruqlar ketma-ketligi bajariladi. Bu amalni ustun yoki satrlarni ajratmasdan ham bajarish mumkin. Bunda yangi ustun yoki satr joriy katakchaga nisbatan qo‘yiladi. Excelda nafaqat yangi ustun yoki satr, balki alohida yangi katakcha qo‘yish imkoniyati ham mavjuddir. Buning uchun bosh menyudan «Вставка»/«Ячейки…» ketma-ketligi bajarilib, chiqqan «Добавление ячеек» panelining kerakli sohasi belgilanadi: katakcha qo‘yish uchun yuqoridagi sohalardan biri, ustun yoki satr qo‘yish uchun pastdagi ikkita sohadan mosi belgilanadi. Ustun va satrlarni yo‘qotish. Yo‘qotilishi lozim bo‘lgan ustun yoki satr belgilab olinadi va bosh menyu orqali «Папка»/«Удалить» ketma-ketligi bajariladi. Ustunlarning eni va satrlarning balandligini o‘zgartirish. Ustunning eni unga sig‘adigan belgilar soni bilan o‘lchanadi. Ustunlarning enining o‘lchamini o‘zgartirishda quyidagi usullardan birini qo‘llash mumkin: Enining o‘lchami bir xil ko‘rinishga keltirilishi lozim bo‘lgan ustunlar ajratib (belgilab) olinadi va ularning o‘ng chegarasini sichqon bilan “sudrab” kerakli joyga olib borib qo‘yib yuboriladi. Enining o‘lchami o‘zgartirilishi lazim bo‘lgan ustunlar ajratib olinadi va bosh menyu orqali «Формат»/«Столбец»/ «Ширина..» ketma-ketligi bajarilib, chiqqan «Ширина столбца» paneliga ustun enining o‘lchamini aniqlovchi belgilar soni kiritiladi. Ustunlar ajratilgandan so‘ng bosh menyu orqali «Фор-мат»/«Столбец»/ «Автоподбор ширины» ketma-ketligi bajariladi yoki ajratilgan ustunning o‘ng chegarasida sichqon tugmachasi ikki marta bosiladi. Bunda ustunning eni undagi eng uzun satrli katakchaning eniga mos bo‘lib qoladi. Satrning balandligini o‘zgartirish ham xuddi ustunning enini o‘zgartirish kabi bajariladi. Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling