5-ma’ruza. Fayl tizimi. Reja


Download 93 Kb.
bet1/6
Sana31.01.2023
Hajmi93 Kb.
#1142784
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
jd


5-ma’ruza. Fayl tizimi.
Reja:

  1. Fayl tizimlari funksiyalari va ma’lumоtlar iеrarхiyasi.

  2. Fayl bоshqaruv tizimi imkоniyatlari.

  3. FAT fayl tizimi.

  4. Fayllarni joylashtirish jadvali

  5. NTFS fayl tizimi. Asоsiy imkоniyatlar: ishоnchlilik, fayl va katalоglarga chеgaralangan murоjaat, kеngaytirilgan funksiоnalligi va katta хajmdagi disklarni qo’llash NTFS ruхsatlari.



Kalit so’zlar: fayl tizimi, ieyarxiya, FAT, VFAT va FAT32, HPFS va NTFS fayl tizimlari, yuklanish yozuvi,rеzеrvlangan sеktor, ildiz katalog

Fayl tizimi bu ma’lumotlarni strukturasi va metodlaridir. Ular operatsion tizim tomonidan fayllarni olishda yoki disk qismida saqlash uchun qo`llaniladi. Ko`pincha fayl tizim deganda biz diskning bo`lagi yoki disk ma`lumotlarini aytamiz. Chunki bular faylni saqlash uchun qo`llaniladi. Lekin fayl tizimning va disk yoki disk bo`lagining farqini bilish kerak. Masalar ba’zi dasturlar diskga murojaat qilishda to`liq ruxsat beradi. Agarda shu vaziyatda diskda fayl tizimi mavjud bo`lsa fayl tizimi buzilgan bo`lishi mumkin.


Diskni fayl tizimi sifatida qo`llashdan oldin fayl tizimining o`zi inisializatsiya amaladan o`tishi kerak. Ushbu harakat fayl tizimining yaratilishi deb aytiladi. Fayllar joylashish jadvali o`zi fayl emas. Ushbu jadval DOS yoki BIOS maxsus funksiyalari bilan o`qib olinishi mumkin.
Fayl tizimida katalog bu fayl boshqa fayllar nomlarini ro`yhatdan o`tkazish va ro`yhatdan o`tgan nomlar bo`yicha ruxsatnoma ta’minlovchi fayl. Katalog fayllarning guruhini aniqlovchi ma’lumotlarni saqlaydi. Har bir diskda bo`sh katalog mavjud. Ushbu katalog nomi joylashgan diskning nomi bilan bir deb hisoblasak bo`ladi. Shu sababli fayl tizimida ko`p pog`onali daraxtga o`xshash katalog strukturasi mavjud. Tashqi fayllar uchun 2 tur ruxsatnoma mavjud. Ketma – ket va to`g`ri.
Ketma – ket ruxsatnomada fayl qiymatlari ko`rib chiqiladi. Ushbu qiymatlar qabul qilish navbatda uzatiladi. Agarda fayl ochiq bo`lsa uzatish amali faylning boshidan boshlanadi. To`g`ri ruxsatnomada fayl elementlarining to`planmasi aniq joylarni egallab turadigan chiziqli tartibda qarab chiqiladi. Ba’zi qiymati faylning elementiga yoki elementidan uzatilishi mumkin. Xohlagan holatda elementning joylashuvi elementning indeksi bilan aniqlanadi.
Fayllarni boshqarish tizimlari, ko’pgina zamonaviy OT larning asosini tashkil etadi. M-n, UNIX OT, fayl tizimisiz ishlamaydi, unda fayl tizimi asosiy tushunchalardan biridir. Hamma zamonaviy OT lar fayllardan va ular bilan ishlash uchun mos dastur ta'minotidan foydalanadi. Gap shundaki, birinchidan, fayl tizimi orqali ma'lumotlar bo’yicha ko’pgina ishlov bеruvchi dasturlar baholanadi. Ikkinchidan, bu tizim orqali disk makonini markazlashtirilgan holda taqsimlash va ma'lumotlarni boshqarish muammolari yеchiladi. Va nihoyat, foydalanuvchilar o’z ma'lumotlariga murojaat qilishning oson usullariga ega bo’ladilar, bu ma'lumotlarni, to’g’i xotira qurilmalarida joylashtiradilar.
Turli OT lar va Tashqi xotiraning turli qurilmalari uchun yaratilgan ko’pgina fayl tizimlari mavjuddir. Ularda, mos ravishda ma'lumotlarni joylama (nositеl) da joylashtirishning har xil prinsiplaridan foydalaniladi. Biz, FAT, FAT 32 va NTFS fayl tizimlari bilan tanishamiz. Ayniqsa, hozirgi kunda eng ko’p tarqalgan fayl tizimi bilan – NTFS bilan tanishish muhim ahamiyatga egadir.
Fayllarning belgili aloqasi. Symbolic Link belgisi aloqa bu maxsus fayl. Ushbu fayl boshqa faylga yo`nalishini o`zida saqlaydi. Berilgan katalogning elementi belgili aloqaga tegishli haqida ma’lumot indeksining deskriptorida yoziladi. Odatda oddiy buyruqlar faylga ruxsatnoma qilishi mumkin. Ushbu tizim fayl fazasini taqsimlashni yaxshi tashkil qiladi.
Har xil fayl maxsus bir tupga tegishli. Odatda fayllarni bir nechta turga ajratamiz.
Fayl tizimlarining taqsimlanishi
Har bir taqsimlangan tizimning asosiy komponenti bu fayl tizimi taqsimlangan ham markaziy yo`naltirilgan tizimlarda ham fayl tizimining asosiy maqsadi dasturlarni va ma’lumotlarni saqlab olish va ularga ruxsatnoma berish. Fayl tizimi bitta yoki bir nechta qurilma bilan ta’minlanishi mumkin. Ushbu qurilmalar fayl server deb aytiladi. Fayl serverlar o`qishga yoki yozishga so`roqlarni qabul qilib natijalarni so`rovchi server emas kompyuterlarga qaytarib beradilar.
Fayl serverlar odatda ierarxik tizimga ega. Har bir fayl tizimi o`ziga ildiz katalogga ega ham past pog`onali katalogga ega.
Server va klient ushbu fayl tizimlari o`zining lokal fayl tizimlarga ulay oladi. Ushbu ulanadigan fayllar serverda saqlanib qoladi.

Download 93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling