5-ma`ruza. Gazlarning turi. Tabiiy va sun’iy gazlar sun’iy gazlarni olish usullari. Koks va generator gazlari


Download 9.12 Kb.
bet1/4
Sana25.01.2023
Hajmi9.12 Kb.
#1122569
  1   2   3   4
Bog'liq
5-ma`ruza. Gazlarning turi. Tabiiy va sun’iy gazlar sun’iy gazla-fayllar.org


5-ma`ruza. Gazlarning turi. Tabiiy va sun’iy gazlar sun’iy gazlarni olish usullari. Koks va generator gazlari

5-ma`ruza. Gazlarning turi. Tabiiy va sun’iy gazlar. sun’iy gazlarni olish usullari. Koks va generator gazlari.

Reja.

Gazlarning turi.

Tabiiy gazlar.

Suyultirilgan uglevodorodli gazlar

Sun’iy gazlar

Gazlarning turi

 

Gazlashtirish tizimlarida ishlatiladigan gazlar ikkiga bo‘linadi:

 


  • Tabiiy gazlar, ya’ni yer ostidan qazib olinadigan gazlar.

       


  • Sun’iy gazlar – qattiq yoki suyuq yoqilg‘ilarni qayta ishlash natijasida hosil qilinadigan gazlar.

Tabiiy gazlar ikkiga bo‘linadi:

 

1) Toza gaz konlaridan chiquvchi gazlar. Bunday toza tabiiy gazlar gaz konlaridan qazib olinib, uning asosiy qismini metan (CH4) tashkil qiladi.

2) Yo‘ldosh gazlar. Bu gazlar yer osti qatlamlarida neft bilan aralash bo‘lib, neftni qazib olish jarayonida u bilan birga chiqadi va yer sathiga chiqqandan so‘ng bosim pasayishi natijasida neftdan ajraladi.

Sun’iy gazlar to‘rtga bo‘linadi:

1) Qattiq yoqilg‘ini havosiz joyda 900 – 1100°C gacha qizdirish natijasida koks gazi hosil bo‘ladi. Koks gazining issiqlik berish qobiliyati – 16 – 18 MJ/m3.

2) Qoldiqsiz gazifikatsiya gazlari (generator gazlari). Bu gazlarni olishda qattiq yoqilg‘ilar havosiz joyda qizdirilib, undan keyin qizdirilgan massa orqali bosim ostida havo, kislorod yoki suv bug‘i yuborilsa, ular yoqilg‘i tarkibidagi yonuvchi moddalarni o‘zi bilan olib chiqadi.

3) Ba’zi ko‘mir konlarida ko‘mir qatlamlarining qalin bo‘lmaganligi va ularni shaxta usulida qazib olish iqtisodiy tarafdan maqsadga muvofiq bo‘lmaganligi sababli bunday ko‘mir qatlamlari qazib olinmasdan, yer ostida kam havo berib yoqilib, ular gazga aylantiriladi va yer ustiga yonuvchi gaz yer osti gazifikatsiya gazlari sifatida chiqarib olinib, mahalliy gazlashtirish tizimlarida ishlatiladi.


Download 9.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling