YERNING SUN'IY YO'LDOSHLARI
Reja:
Jismning orbita bo'ylab aylanishi uchun zarur bo'lgan tezlik.
Kosmosning zabt etilishi
Kosmik tadqiqotlar
Jismning orbita bo'ylab aylanishi uchun zarur bo'lgan tezlik.
Yer sirtiga yaqin balandlikda, masalan, bir necha yuz. ming metr balandlikda gorizontal yo'nalishda 7,9 km/s tezlik bilan harakatlanganda jism havoning qarshiligi va ishqalanishi tufayli qizib, tezda yonib tamom bo'lishi mumkin. Havosiz bo'shliqdagina jism shunday tezlikda harakatlana oladi. Yerdan 300 km balandlikdagi muhitni deyarli havosiz deyish mumkin.
Jism h balandlikda orbita bo'ylab Yer atrofida aylanma harakat qilishi uchun birinchi kosmik tezlik qancha bo'lishi kerakligini hisoblab topish mumkin . Buning uchun birinchi kosmik tezlikning u, = V gR formulasidagi g o'rniga 24-§ dagi gh = GM/(R + h)2 ifoda, R o'rniga ея R + h qo'yiladi. Chunki jism R radiusli aylana bo'ylab emas, balki Yer sirtidan h balandlikda R + h radius^ aylana bo'ylab harakat qiladi. Shu tariqa Yerdan h balandlikda orbita bo'ylab aylanadigaa] jismning birinchi kosmik tezligini quyidagiga teng ekanligini topish mumkin:
Masalan, jism 300 km balandlikda Yer atrofida orbita bo'ylab aylanishi uchun digi v]h~ 7,73 km/s bo'lishi kerak.
Siz bilasizki, Oy — bu Yerning tabiiy yo'ldoshi. Yerning sun'iy yo'ldoshi nima va ir qanday uchiriladi?
Inson tomonidan yaratilib, fazoga uchirilgan va sun'iy ravishda Yerning yo'ldoshiga aylantirilgan raketa, kosmik kemalar Yerning sun'iy yo'ldoshi deyiladi.
Yerning sun'iy yo'ldoshi o'z-o'zidan, ya'ni yoqilg'i sarflamasdan Yer atrofida ianaveradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |