Jismning orbita bo'ylab aylanishi uchun zarur bo'lgan tezlik. Kosmosning zabt etilishi Kosmik tadqiqotlar
Download 55.12 Kb.
|
YERNING SUN'IY YO'LDOSHLARI
Kosmosning zabt etilishi
Yuqorida ko'rdikki, jism Yerning sun'iy yo'ldoshiga ianishi uchun kamida 300 km balandljkka olib chiqilishi kamida sekundiga 7,73 km uchadigan tezlik berilishi zarur. Sun'iy yo'ldoshni uchirish uchun uni eltuvchi raketa yordamida kerakli balandlikka chiqariladi. Ma'lum Iqtda raketaning tezligi birinchi kosmik tezlikkacha oshira boriladi va yo'nalishi gorizontal holatga o'ta boradi. Gorizontal yo'nalishda birinchi kosmik tezlikda harakatlana boshlagan raketa Yerning sun'iy yo'ldoshiga aylanib qoladi. Insoniyat tarixida birinchi marta 1957-yil 4-oktabrda 83 kg massali jism quvvatli eltuvchi-raketa yordamida aruriy balandlikka olib chiqilib, unga birinchi kosmik tezlik berishga erishilgan. Shar shaklidagi bu jism Yer atrofida orbita bo'ylab aylana boshlagan, ya'ni sun'iy yo'ldoshga jviangan. 1961-yil 12-aprelda birinchi marta inson kosmosga uchdi. Yerdan ko'tarilib, sun'iy yo'ldoshga aylantirilgan «Vostok-l» kosmik kemasida Yuriy Gagarin sayyoramizni bir marta aylanib, Yerga eson-omon qaytib tushdi. Shu davrdan e'tiboran kosmosni zabt etish va keng ko'lamda o'rganish boshlanib tetdi. Yuzlab kosmonavtlar va astronavtlar kosmik kemalarda Yer atrofini orbita bo'ylab lylanib, turli tadqiqotlarni o'tkazdilar. Kosmosni zabt etishda yana bir buyuk yutuq — 1969-yil 21-iyunda astronavtlar TV. Armstrong \а E. Oldrin boshqargan kosmik kema Oyga ohista qo'ndi, inson ilk bor Oyga qadam qo'ydi. Kosmosni zabt etishda o'lkamizda tug'ilib, voyaga yetgan kosmonavtlar ham munosib bissa qo'shganlar. Toshkent viloyatining Iskandar qishlog'ida tug'ilgan uchuvchi-kosmonavt Vladimir Jonibekov 5 marta (1978, 1981, 1982, 1984, 1985-yillarda) kosmosga parvoz qilib, orbita bo'ylab jami 145 kun bo'lgan. Shu davrda ikki marta ochiq kosmosga chiqib, kosmik apparatning sirtqi qismini ta'mirlashda ishtirok etgan. Kosmonavtika sohasidagi buyuk xizmatlari uchun ikki marta Qahramon unvoniga sazovor bo'lgan (1978 va 1981-yillar). 1985-yilda aviatsiya general-mayori harbiy unvoni berilgan. O'zbekistonlik uchuvchi-kosmonavtga Toshkentda byust o'rnatilgan. 1998-yil 22-yanvarda xalqaro ekipaj tarkibida Qirg'izis-tonning O'sh shahrida tug'ilgan o'zbek o'g'loni Solijon Shari-pov Amerika Qo'shma Shtatlari kosmik kemasida kosmosga uchdi (73-rasm). 2004-yilda S.Sharipov ikkinchi marta kosmosga parvoz qildi. Bu gal u Rossiya kosmik kemasida uchib. uzoq muddat davomida kosmosda tadqiqot ishlarini olib |t borishda ishtirok etdi. Hozirgi paytda kosmonavtika benihoya rivojlangan. AQSH Rossiya va boshqa mamlakatlarda o'nlab tonna foydali yuklarni fazoga olib chiqadigan raketalar yaratildi. Bu raketalarning vazni ba'zan ming tonnadan ortadi. Ular yordamida Quyosh sistemasining barcha sayyoralari tomon parvozlar amalga oshirilgan. Bu parvozlarning har biri juda katta mablag' talab qiladigan, uzoq tayyorgarlik bilan amalga pshiriladigan voqeadir. Bir parvozdan ko'proq ilmiy natijalar olish uchun olis sayyoralarga uchadigan kemalarni bizga yaqinroq bo'lgan sayyoralarning oldidan o'tishini ko'zlab uchiriladi. Bunda\ kosmik kemalarning parvozi davomida bir necha sayyoralar haqida ma'lumotlar, ularning minglab suratlari Yerga jo'natiladi. Uzoqqa uchayotgan kemalarning boshqa sayyoralar yonidan o'tishining yana bir afzalligi bor. Uzoq sayyoraga uchish uchun ko'p vaqt kerak. Masalan, kosmik kema Plutonga yetib borishi uchun 30 yildan ko'p vaqt ketadi. Kema parvozi paytida Yupiter yoki Saturn kabi sayyoralarga yaqinlashganda ular.kemani tortib, tezligini bir necha baravar oshiradi. AQSH kosmik kemalari shu yo'l bilan 30 yillik yo'lni 12 yilda bosib o'tib, Quyosh sistemasining eng chekka sayyorasiga yetib borgan. So'ngra Quyosh sistemasidan tashqariga chiqib ketgan. Masalan, 1977-yil 20-avgustda AQSH da «Voyajer-2» sayyoralararo kosmik kemasi uchirildi. Kema 1979-yil iyulida Yupiter yonidan, i 1981-yil avgustida Saturn sayyorasi yonidan, 1986-yil yanvarda Uran yonidan, 1989-yil avgustda esa eng olisdagi Neptun yaqinidan uchib o'tdi. Kosmik kema har bir sayyoraning tasvirini, turli ma'lumotlarni olib, Yerga uzatib turdi. Quyosh sistemasidan chiqib ketgan «Voyajer-2» kosmik kemasi hanuz ucfn'snni cfavom ettirmoqda. Oik yulduzlar tomon yo'l olgan bu kemadan 2020-yilgacha turli ma'lumotlar olib turish mumkin. Kosmonavtikaning yana bir yutug'i — Yer atrofida uchib yuruvchi orbital stansiya-larning yaratilganligidir. AQSH va Rossiya hamkorlikda yaratgan bunday stansiya yillab sun'iy yo'ldosh sifatida ma'lum orbita bo'ylab uchib yuradi. Transport kemalarida unga uchib boradigan kosmonavt va astronavtlar orbital stansiyada almashib turadilar. Ular orbital stansiyada ko'plab ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshiradilar. Bu orbital kemaga, hattoki, birinchi kosmik sayohatchilar ham borib kelganlar. Kosmik tadqiqotlarni olib borishda Yerdan boshqariladigan sun'iy yoidoshlarning ahamiyati katta bo'lmoqda. Shu kunga qadar minglab shunday sun'iy yo'ldoshlar uchirildi. Hozirgi kunda ham Yer atrofida turli mamlakatlarning ko'plab Yerdan boshqariladigan sun'iy yo'ldoshlari uchib yuribdi. Ular yordamida koinotni tadqiq qilish bilan birga, Yer yuzining ob-havosi, Yerdagi turli jarayonlar muntazam o'rganib boriladi. Teleko'rsatuv va radioeshittirishlarni, uyali telefon aloqalarini Yer yuzi bo'ylab uzatish ham sun'iy yo'ldoshlar orqali amalga oshiriladi. Shu o'rinda bir qiziq masalani ko'rib chiqaylik. Uchta sun'iy yo'ldosh parvozi Yerga va o'zaro bir-biriga nisbatan 74-rasmda ko'rsatilganidek boshqarib turilsa, ular yordamida birgalikda Yer sharining barcha nuqtalari bilan aloqa qilib turish imkoni bo'ladi. Buning uchun bu sun'iy yo'ldoshlar ma'lum bir balandlikda Yer sirti bilan bir xil aylanishi kerak, ya'ni sun'iy yo'ldoshlar Yerga nisbatan harakatsizdek tuyulishi lozim. Hisoblashlarga ko'ra, bunday shart bajarilishi uchun sun'iy yo'ldoshlar Yerdan 36300 km balandlikda ekvator tekisligida orbita bo'ylab uchishi kerak. Biz o'tgan mavzular orqali birinchi kosmik tezlikni va uning qiymatini bilib oldik. Ikkinchi va uchinchi kosmik tezliklar ham bormi? Hisoblashlarga ko'ra, ikkinchi kosmik tezlik vn « 11,2 km/s ga teng. Sun'iy yo'ldoshning tezligi ikkinchi kosmik tezlikka yetkazilsa, u Yer orbitasidan chiqib ketadi va Quyosh atrofida orbita bo'ylab harakat qila boshlaydi. Bu holda u Quyoshning sun'iy yo'ldoshiga aylanib qoladi. Download 55.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling