Seminar-11 reja: yorug’lik tezligini aniqlash usullari
Download 498.77 Kb.
|
SEMINAR-11
SEMINAR-11 REJA: YOrug’lik tezligini aniqlash usullari. 1. Ryomerning astronomik usuli; 2. Fizo usuli; 3. Fuko usuli; 4. Maykel’son usuli. .Ryomerning astronomik usuli. YUpiterning bir nechta yo’ldoshi bo’lib, ular YUpiter yaqinida yerdan ko’rinadi yoki YUpiterning soyasiga tushib ko’rinmay qoladi. YUpiter yo’ldoshlari ustida o’tkazilgan astronomik kuzatishlar shuni ko’rsatadiki, YUpiterning tayinli bir yo’ldoshining ketma-ket kelgan ikki tutilishi orasida o’tgan o’rtacha vaqt oralig’i kuzatish vaqtida yer bilan YUpiter bir-biridan qanday masofada bo’lganiga bog’liq. Ryomerning bu kuzatishlarga asoslangan metodini (1676 y.) 14.1-rasm yordamida tushuntirish mumkin. Tayinli bir paytda yer va YUpiter ro’baru turgan bo’lsin, xuddi shu paytda YUpiterning yerdan kuzatilayottan bir yo’ldoshi YUpiterning soyasida ko’rinmay qolsin deb faraz qilaylik. YUpiter orbitasining radiusini bilan, yer, orbitasining radiusini bilan, yorug’likning Quyosh bilan bog’langan koordinatalar sistemasidagi tezligini s bilan belgilasak, o’sha yo’ldoshning YUpiter soyasiga o’tib ko’rinmay qolishi yerda bu voqeaning YUpiter bilan boshlangan vaqt canog’i sistemasida yuz berganidan sekund kechikib qayd qilinadi. 14.1-rasm. Ryomerning astronomik usuli. 0,545 yil o’tganda yer va YUpiter bir-biriga to’g’ri turadi. Agar mana shu paytda YUpiterning o’sha yo’ldoshi n-marta tutilsa, bu tutilish yerda sekund kechikib qayd qilinadi. SHuning uchun yo’ldoshning YUpiter atrofida aylanib chiqish davri bo’lsa, yo’ldoshning yerdan turib kuzatilgan birinchi va -tutilishi orasida o’tgan vaqt oralig’i quyidagiga teng bo’ladi: . YAna 0,545 yil o’tganda yer va YUpiter yana ro’baru turadi. Bu vaqt ichida yo’ldosh YUpiter atrofida ( ) marta aylanib chiqdi va ( ) marta tutildi; bu tutilishlardan birinchisi yer bilan YUpiter va vaziyatda bo’lganda yuz berdi, oxirgisi esa planetalar va vaziyatda bo’lganda yuz berdi. Birinchi tutilish yerda yo’ldoshning YUpiter soyasiga o’tib ketish paytiga nisbatan sekund kechikib, oxirgi tutilishi esa sekund kechikib qayd qilindi. Demak, bu holda vaqt quyidagiga teng buladi: Ryomer va vaqt oraliqlarini o’lchab, =1980 s ekanini topdi. Biroq yuqorida yozilgan formulalardan = 4r/s ekani kelib chiqadi, shuning uchun m/s. yerdan Quyoshgacha bo’lgan masofani o’rta hisobda 150∙106 km deb olib, yorug’lik tezligining quyidagi. qiymatini topamiz: =301∙106 m/s. Bu natija yorug’lik tezligini o’lchashning tarixda birinchi topilgan natijasidir1. Download 498.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling