8 - MA’RUZA.
MAVZU. AVIAMODELLASHTIRISH.
Reja:2
1. Uchuvchi apparatlar haqida qisqacha ma'lumot.
2.Aviamodellarining tuzilishi va klassifikatsiyasi.
3.Uchish nazariyasi va aerodinamika elementlari.
4.Aviatsiya modellarini loyihalash.
Таянч иборалар: uchuvchi apparatlar, .aviamodel ,uchish nazariyasi, aerodinamika elementlari, aviatsiya modellari.
1. Uchuvchi apparatlar haqida qisqacha ma'lumot. Yer atrofidagi havo fazosida havodan og‘irroq uchish apparatlarini (samolyot, vertolyot, planerlarni) qo‘llashga doir ishlar aviatsiya deyiladi.
Fyuzelyajning ikki tomoniga bitta qanot joylashgan samolyot monoplan deb, ikkita qanot joylashgan samolyot biplan deb ataladi. Erkin eltuvchi qanotli monoplanlar ayniqsa katta uchish tezligida kam aerodinamik qarshilikka ega bo‘ladi. Shuning uchun ham ular keng tarqalgan. Hozirgi samolyotlar juda murakkab injenerlik qurilmalariga ega. Ular planerdan, bitta yoki bir nechta dvigatel moslamasi va shassidan iborat bo‘ladi.
Planer-motorsiz uchish apparata bo‘lib, uning tuzilish prinsipi qushning qanotlarini yozib harakatsiz uchish qobiliyatiga asoslangan. U stabilizator hamda kildan iborat fyuzelyaj, qanot va dumqanotga ega bo‘ladi.
Samolyotning asosiy qismlari. Hozirgi har bir samolyot (1- rasm) fyuzelyaj 1 (korpus) dan iborat bo‘lib, unga boshqarish richaglari, ekipaj va yuklar joylashadi. Gidrosamolyotlarning fyuzelyaji yopiq qayiq formasida bo‘lib, unga ichki yonish dvigateli va parrak 2 dan iborat kuch qurilmasi, ko‘tarish kuchini hosil qiluvchi qanot 3 o‘rnatiladi, shuningdek, yonilg’i baklari, jihozlar va uskunalar, dumqanot, stabilizator 4, kill 5 balandlik ruli 6, burish ruli 7 va eleronlar 8 joylashtiriladi. Stabilizator va kil fyuzelyajga mustahkam biriktiriladi va ular samolyotning uchish vaqtidagi barqarorligini ta’minlaydi.
Rullar stabilizator va kilga, eleronlarga sharnirli biriktiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |