Ma’ruza. Mavzu. Aviamodellashtirish. Reja: Uchuvchi apparatlar haqida qisqacha ma'lumot
Download 0.76 Mb.
|
3-MA\'RUZA TKM2
Turboreaktiv dvigatel. Bu dvigatelda uning teshigi orqali korpusiga kiradigan atmosfera havosi oksidlagich sifatida xizmat qiladi. Keyin havo kompressorning aylanayotgan parraklariga tushadi, ular havoni siqib, yonish kamerasiga kiritadi. Bu kameraga forsunka opqali suyuq yonilg‘i purkaladi. U havodagi kislorod bilan qo‘shilib yonadi va 1800—2100 gradusgacha qizigan yonish mahsullari turbinaning ishchi g‘ildiragi parraklariga tegadi va uni aylantirib, soplo orqali otilib chiqib reaktiv kuch hosil qiladi. Turbina g‘ildiragi kompressor rotori bilan bitta valga mahkamlangan va shuning uchun uni harakatga keltiradi. Kompressorni harakatga solish uchun uni kichkina benzinli motor yordamida aylantiriladi. Aylanish tezligi minutiga 3000—4000 martaga yetgach, yonish kamerasi ishga tushiriladi va turbokompressorning o‘zi mustaqil ishlay boshlaydi, motor esa uchiriladi.
Samolyotlarning turlari. Mashxur aviakonstruktorlar A. N. Tupolev, A. S. Yakovlev, S. V. Ilyushin, S. A. Lavochkin, O.I. Antonov va boshqalar rahbarligidagi injenerlik kollektivlari tomonidan harbiy va grajdan aviatsiyasi uchun qator ajoyib samolyotlar yaratilgan. Shulardan biri, masalan, reaktiv qiruvchi-tutuvchi samolyotdir. Uning alohida formasi uchish tezligini tovush tezligidan bir necha baravar oshirish va 30 km gacha balandlikka ko‘tarilish imkonini beradi. Vertikal kutariladigan qiruvchi samolyotga uchishdan oldingi yugurish uchun maxsus aerodrom bo‘lishi shart emas. Jahon praktikasida hozircha cheklangan maydondan ko‘tarila oladigan samolyotlar loyihalangan. Jahonda eng katta transport samolyotlaridan biri O. K. Antonov konstruksiyalagan samolyotdir. Uning uzunligi 55,5 metr, balandligi 12,5 metr, qanotlarining qulochi 64 metr, uchish vazni 2500 kN, maksimal yuk ko‘tarish 80 tonna, uchish tezligi soatiga 740 km, 45 tonna yuk bilan uchish uzoqligi 11000 km. «Ruslan» nomli samolyotining og’irligi 405 tonna, normal yuk ko‘tarishi 150 tonna. Bu samolyotning o’lchamlari shundayki, unda daryo kemasini, burg‘ilash vishkasini, bir nechta temir yul vagonlarini bemalol eltish mumkin. Aviatsiya lotincha so‘zdan olingan bo‘lib, qush degan ma’noni anglatadi. Aviatsiya deb havodan og‘ir bo‘lgan uchish apparatlari(samolyotlar, vertolyotlar planerlar)ning yer atrofidagi havo muhitida qo‘llanilishi bo‘yicha faoliyat sohasiga aytiladi. Bir qanot fyuzelyajining ikki tomoniga joylashtirilgan samolyot monoplan deb ataladi, agar ikki qanotli bo‘lsa, biplan deb ataladi. Qanoti erkin joylashgan monoplanlar kichik aerodinamik qarshilikka ega bo‘lib, katta tezlikda uchish imkoniga ega. Shuning uchun ham undan keng miqiyosda foydalaniladi. Hozirgi kunda samolyotlar murakkab muxandislik tuzilishiga ega(1-rasm). Asosan planer, bir va bir nechta dvigatel qurilmasi va shassedan iborat. Planer- motorsiz uchish apparati bo‘lib, bu qurilma qanoti kengaytirilgan, harakatlanmay uchadigan qush holatiga moslashtirilgan. U fyuzelyaj, qanot va tayanch, stabilizator va kildan iborat. Fyuzelyaj-planerning asosiy qismi hisoblanadi. U ekipaj, yo‘lovchilar, jihozlar va yuklarni joylashtirish uchun xizmat qiladi. Fyuzelyaj sigarosimon shaklga ega. Fyuzelyaj karkasi konstruksiya korpusining qattiq bo‘ylama elementi (stringerlar) dan va ko‘ndalang qattiq element(shpangout)lardan tashkil topadi. Karkas tashqi tomondan qoplamabilan yopiladi. Qoplama metal yoki to‘qimali materiallardan tayyorlanishi mumkin.To‘qimali materiallar karkasga yelim bilan yopishtiriladi, metal material esa parchinlab mahkamlanadi. Fyuzelyajning ichi bir necha kabinalarga bo‘linishi mumkin. Bajaradigan funksiyasiga ko‘ra fyuzelyaj shakli har xil tipda bo‘lishi mumkin: ferma, yarim monokok va monokok. "Ferma" tipidagi fyuzelyaj yengil qoplamaga ega bo‘lib, u shunchaki shamolning yengil yuvib o‘tishini ta’minlashi lozim.Turli kuchlarning ta’siri karkas tomonidan qabul qilinadi. Yarimmonokok tipdagi fyuzelyajlar mustahkam yengil metal listlar bilan qoplanadi. Bu esa fyuzelyajga ta’sir qiladigan uncha katta bo‘lmagan yuklanishlarni qabul qiladi.Monokok fyuzelyajga tushadigan yuklanishlarning asosiy qismini qabul qiladigan metal qoplama bilan qoplanadi. Yuklanishlarning qolgan qismi karkasga ta’sir ko‘rsatadi. Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling