Ma’ruza. Mavzu. Aviamodellashtirish. Reja: Uchuvchi apparatlar haqida qisqacha ma'lumot
Download 0.76 Mb.
|
3-MA\'RUZA TKM2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Planer stabilizatori
- 10-rasm.Rezina dvigatelli samolyot modeli
- 11-rasm.Qanotning to‘g‘ri burchakli(a) va oval (b) shakldagi shtirlar bilan birikishi
- 12-rasm.Samolyot modelining oddiy shasselari
- 13-rasm.Vintlar
9-rasm. Qanot lonjeronlari:
а — kvadrat kesimli; b — to‘g‘ri burchak kesimli; v — butun devorli; g — yengillashtirilgan devorli; d —tayanchli va qayrilgan; ye — quti shaklida. Planer stabilizatori — yassi, uni kvadrat kesimli reykalar va unga bir yoki ikki tomonlama yupqa qog‘oz yelimlanadigan qismlardan tuziladi. Stabilizatorning o‘rta qismida fyuzelyajga stabilizatorni o‘rnatishda killni o‘tkazish uchun ochiq joy qoldiriladi. Stabilizator rezina va paxta ip bilan mahkamlanadi, uning erkin tomoni taymer sifatida xizmat qiladi. Rezina dvigatelli samolyot fyuzelyaj modeli(10-rasm) shakllangan fyuzelyaj, yaxshi profillangan qanot, stabilizator, kill va shassega ega. 10-rasm.Rezina dvigatelli samolyot modeli: lф, Dф –fyuzelyajning diametriv auzunligi; hк, bк –killning balandligi va eni; L-qanotdan stabilizatorgacha bo‘lgan masofa; tст –stabilizator va nervyura orasidagi masofa; lст, bст –stabilizator yoyilmasi va eni; t –qanot nervyuralari orasidagi masofa; l, b- qanot yoyilmasi va eni; lц –sentroplan uzunligi; hкон –sentroplan sirtiga nisbatan konsol balandligi; Dв –vint diametri; hш –shasse balandligi; bш –shasse g‘ildiraklari orasidagi masofa; h – qanot qalinligi. Fyuzelyaj karkasi shpangoutlar va stringerlardan yelimlab tayyorlanadi. Kil — ikkibukri simmetrik profil bo‘lib, fyuzelyajga qattiq mahkamlanb stabilizatorga joylashtiriladi. So‘ngi paytlarda modelistlar killni stabilizator sifatida tayyorlamoqdalar. Model qanoti ikita bo‘lakdan iborat bo‘lib, turli konstruksiyali fyuzelyajga shtir bilan biriktiriladi(11-rasm).Qanot yupqa qog‘oz bilan o‘raladi, zaruratga ko‘ra old qismi yupqa balzamli shpon yoki yupqa pishiq qog‘oz bilan mustahkamlanadi. 11-rasm.Qanotning to‘g‘ri burchakli(a) va oval (b) shakldagi shtirlar bilan birikishi: 1-ipli yelimlangan shtir; 2-parchinli shtir; 3-boltli shtir; 4-qutili shtir; 5-lonjeronli quti. Shassi qattiq yoki amortizatsiyali hamda yig‘iladigan yoki yig‘ilmaydigan bo‘lishi mumkin (12-rasm). Qattiq qo‘nish moslamalari qo‘pol qo‘nishda ruxsat etilmaydi, stabilizator zarba yuklarini yumshatadi, ammo kuchli ta’sirlar bilan g‘ildirak qanot terisini teshib qo‘yishi mumkin. Yopilma qoplamalarni himoya qilish uchun himoya ekrani o‘rnatiladi. Shassi, fyuzelyajning oldi qismida qanot ostidagi yoki uning old tomoniga joylashtiriladi, qo‘nish paytida yerga tegish paytida modelning ancha barqarorligini ta’minlaydi. Shassining balandligi aylanayotgan parrakning uchish va qo‘nish paytida yerga tegishiga yo‘l qo‘ymasligi kerak. Fyuzelyaj orqa tomoni ostida stabilizatorning yerga tegishiga to‘sqinlik qiladigan uchinchi tayanch kostel o‘rnatiladi. Kostelning balandligi har xil bo‘lishi mumkin. Ba’zi mamlakatlarda modelyerlar uni shassi balandligi bilan deyarli bir xil qilishadi. Bu modelni og‘irlashtiradi, ammo yerdan ko‘tarilish uchun yanada yaxshi sharoitlar yaratiladi, chunki bu holda fyuzelyaj deyarli gorizontal ravishda joylashgan bo‘lib, harakatlanishning optimal burchagi saqlanib turadi. 12-rasm.Samolyot modelining oddiy shasselari: а-qattiq; b-egiluvchan tayanchli; v-torsionli egiluvchan tayanchli; 1-burchak ostida; 2-tayanch; 3-shayba; 4-g‘ildirak; 5-torsion; 6-shina. Model vinti ikki parrakli yassi bukrilangan yoki egilgan bukrilangan profilli bo‘ladi. Rezina dvigatelni uncha katta bo‘lmagan aylanish sonida burash mumkin, bunda vint chegaralangan vaqtda ishalydi, to‘xtagandan so‘ng uchishda qarshilikka duch keladi. Agar yig‘iladigan parrak yoki erkin xodli vint o‘rnatilsa qarshilikni yengillatish mumkin(13-rasm). 13-rasm.Vintlar: a-erkin yo‘lli mexanizmli; b-yig‘iladigan parrakli; 1-harakatlanuvchi richag; 2-val petlyasi; 3- vint vali; 4- vint; 5-xvostovik; 6,15-prujinalar; 7-bobishka; 8-stoporli shtift; 9-valni vint bilan bog‘laydigan shtift; 10-obtekatel; 11-vint stupitsasi; 12-hakatlanuvchi parrak o‘qi; 14-prujinani siqish chegaralovchisi. Kordovoy (aerobatik) model (14-rasm) mustahkam fyuzelyaj, qanot va qo‘nish moslamalari shassega ega. Model shnurda aylana shaklida uchadi (shnur frantsuzcha arqon, ip degan ma’noni anglatadi). Kordovoy model qanoti ikki bukrili simmetrik profildan yasaladi. Shassi po‘lat yoki dyuralyuminiy plastinkalardan tayyorlanadi va rezina shinalar kiygiziladi. Shassi uchgandan keyin yig‘ishtirilishi va qo‘nishda yana dastlabki holatga keltirilishi mumkin. Modelga tirsakli vali katta aylanishlar chastotasiga ega va diametri uncha katta bo‘lmagan vint o‘rnatilgan ichki yonuv dvigateli tanlanadi. Yonilg‘i baki fyuzelyaj yoki qanotga joylashtiriladi. Model uchishda ikkita korda bilan boshqariladigan, tyaga va richak tizimli balandlik va burilish ruliga ega. Kordalar 0,2—0,3 mm diametrli va uzunligi 15-21,5 m li OVS po‘lat simlardan tayyorlanadi. Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling