Oq saroy memoriy Astinkina memoriy majmuasi. Oqsaroy


Download 389.19 Kb.
bet1/3
Sana25.04.2023
Hajmi389.19 Kb.
#1398764
  1   2   3
Bog'liq
Oq saroy memoriy Astinkina memoriy majmuasi


Oq saroy memoriy Astinkina memoriy majmuasi.

Oqsaroy — Shahrisabzdagi meʼmoriy yodgorlik (1380—1404). Amir Temur qurdirgan. Shaharning shim. sharqidagi bosh maydonda joylashgan. Bir za-monlar muhtasham, xashamatli boʻlgan bu saroyning bizgacha yemirilib, haroba holga kelgan ulkan peshtogʻi, ikki chekkasidagi minorasi, saroy poydevorining bir qismigina saqlangan. O.ning hozirgi koʻrinishi ham salobatli va goʻzaldir. Bu salobatlilik va goʻzallikka gʻishtlarning yaxlit boʻlib koʻrinishini taʼminlash — old va shim. de-vor yuzasini sirkor parchinlar bilan bir tekisda ishlash tufayli erishilgan. Peshtoq ravogʻining eni 22,5 m, balandligi 40 m, umumiy balandligi 50 m dan oshadi. Peshtoq minorasi ichidagi aylanma zina orqali yuqoriga chiqilgan.
O.ning avvalgi holati toʻgʻrisida faqat yozma manbalarga qarab fikr yuritish mumkin. 20 yil davomida qurilgan bu bino toʻgʻrisida Abdurazzoq Samarqandiy quyidagicha maʼlumot beradi: "Temur ishga yaroqli boʻlganlarning hammasini Xorazmdan Movarounnahrga koʻchirish uchun buyruq berdi... Xorazmlik ustalar baland va salobatli saroy qurishdi, hozir u Oqsaroy nomi bilan mashhur". Kpavixo saroyni koʻzdan kechirganda (1404, 29 avg .) u hamon qurib bitkazilmagan, baʼzi joylarining koshinli naqshlari tugallanmagan edi. Shunga qaramay, juda hayratlanganligini, uning nihoyatda goʻzalligini yozadi. Saroy qurilishida xo-razmlik ustalar qatori, mahalliy va boshqa davlatlardan kelgan ustalar ham qatnashgan. Peshtogʻidagi yozuvlar orasida eronlik Muhammad Yusuf Tabriziy nomi 2 marta takrorlangan.
Yozma manbalarga koʻra, O. turar joy va jamoat binosi sifatida qurilib, xonalar hovli atrofida joylashgan. Bobur maʼlumotlariga koʻra, hovli oʻrtasida hovuz, toʻrida gumbazli katta xona — devonxona, yonlarida maslahatchilar uchun kichik xona, hashamatli ravoqli bostirmalar, ichki tomonida haram va amirning xonasi joylashgan. Devonxona peshtogʻida arslon va quyosh tasviri va Temurdavlatining 3 halqa shaklidagi nishoni boʻlgan. Gumbaz ichi va yonlariga, burchaklardagi minoralarga koshin-gʻishtlardan qalqon shaklidagi girih naqshlar ishlangan. Bu naqshlar silliqlangan gʻisht va feruza rangli sirkor parchindan yozilgan ku-fiy xatlar zamini yoʻgʻon koʻk belboqqa oʻxshash mujassamotni tashkil etgan. O. devorlaridagi ranglar  jilosi,  tari-xiy,  falsafiy  va  diniy  mavzudagi, kufiy, suls yozuvlari, koshinkori be-zaklar, islimiy, girih naqshlarning oʻzaro uygʻunligi binoga ajoyib va sehrli  mazmun  bagʻishlagan.
Ranglarning oy yorugʻida jilolaniboqarib koʻrinishidan bino O. deb nomlangan.
Saroyning oʻziga xos xususiyatlaridan biri — tom tepasiga ishlangan hrvuzdir. Hovuzga suv Taxtaqoracha dovonidan qoʻrgʻoshin quvurlar orqali oqib kelib, undan sharshara hosil qilib pastga tushirilgan.
1707 yilda Buxoro xoni Ubaydullaxon O. peshtogʻi ostida toj kiyib, taxtga oʻtirganligi peshtoqning oʻsha paytda butun ekanligidan darak beradi. 1973— 75 yillarda arxeologik tadqiqotlar, 1994—96 yillarda konservatsiya ishlari olib borilgan.



Sohibqiron Amir Temur yurish qilgan mamlakatlarida ham qurilish va obodonchilik ishlarini olib borgani bizga ma'lum. Boshqa yurtlardan olimu hunarmandlarni Movarounnahrga olib kelib, o‘z yurtida ilm fan, me'morchilik va hunarmandchilik yuksak darajaga ko‘tarilishiga sababchi bo‘ldi. Hattoki bugungi kunda ham Amir Temur va temuriylar davrida qurilgan obidalar dunyoning turli chekkalaridan kelgan sayyohlarni o‘ziga rom etib kelmoqda.
Bugun biz ham aynan Sohibqironning buyrug‘i bilan ona yurti Shahrisabzda qurilgan Oq saroy qarorgohi tarixi haqida fikrlashmoqchimiz. Bizga bu masalada Shahrisabzdagi Amir Temur nomli moddiy-madaniyat tarixi muzeyi ilmiy xodimi Jasurbek Ahmedov yaqindan ko‘mak berdi. Ayrim fakt va ma'lumotlarda Poyon Ravshanovning «Oq saroy tarixi» kitobidan foydalanildi.
Albatta, maftunkor Oq saroyning qurilishi haqida tarixiy manbalardan, jumladan, Zahiriddin Bobur va Klavixo Gonsalesning asarlari orqali ishonchli ma'lumotlar va go‘zal ta'riflarga egamiz. Amir Temur me'morchilik sohasining yuksak namunasi sifatida qurdirgan imoratlari ichida Oq saroy eng balandi, go‘zal va salobatlisi bo‘lib, balandligi 70 metrdan ortiq bo‘lgani, 1380-1405 yillar davomida qurilgani ham obidaning me'moriy jihatdan naqadar mukammaligini bildiradi.
Istiqlolga 28 yil to‘layotgan bir davr oralig‘ida olib borilayotgan davlatimiz islohotlari, ayniqsa, tariximizga bo‘lgan munosabat, madaniy merosni asrab avaylash hamda turizmni rivojlantirishi borasidagi ishlar, albatta, barchamizni quvontiradi. Xalqimizning bunga ijobiy munosabatini sayyohlar misolida ham ko‘rishimiz mumkin. Shunday bo‘lsada, afsuski, ba'zi fuqarolarimiz ongida sobiq sho‘ro davrida noxolis yozilgan risolalardagi fikrlarga ojizona ergashishni ko‘ramiz. Bulardan biri Shahrisabzdagi Oq saroy majmuasining buzilishi haqida ham ana shunday noaniqliklarni kuzatamiz. Shu sababdan biz Oq saroyning qurilishi, hashamati haqida emas qurilgandan keyingi o‘tmishning suronli davrlarida qanday vayronagarchiliklarga uchragani haqida to‘xtalmoqchi bo‘ldik. Zero, bu urinishimiz «dengizdan bir tomchi» bo‘lsada, tariximizni xolisona o‘rganish uchun ko‘proq kitob o‘qishga undab, birgina manbani o‘qib, biryoqlama fikr bildirishdan qochishga yordam beradi, deb umid qilamiz.
Xo‘sh, Oq saroy qanday qilib vayron etilgandi? Temuriylar davrida Shahrisabz ham Samarqand singari temuriyzodalarning to‘qnashuvlariga guvoh bo‘lgan. Shunday bo‘lsa-da, Ulug‘bek Mirzo (1409 y) taxtga o‘tirishi bilan bobosining ishlari davomchisi sifatida Shahrisabzda Ko‘k gumbaz singari imoratlar bino qildi. Shahrisabz va Oq saroy temuriylar uchun shonli yoki qiyinchilik davrlarida ham Samarqandga, ya'ni poytaxtga yaqin boshpana bo‘ldi.
XVI asrning oxirlarida ikki sulola - temuriylar va shayboniylarning to‘qnashuvida, albatta, boshqa davrlarda bo‘lganidek shaharlardagi imoratlar ham zarar ko‘radi. Lekin Abdullaxonning (1533-1598) Shahrisabzdagi obidalarni, jumladan, Oq saroyni vayron qilgan deyish to‘g‘ri bo‘lmas. Bunga javoban tarixiy manbalar guvohligini keltiramiz.
Abdullaxonning hukmronlik yillarining ko‘p qismi shayboniyzodalarning o‘zaro kurashlarini daf qilish, davlatni mustahkamlash yo‘lidagi harakatlardan iborat bo‘ldi. 1552 yil Abdullaxon Shahrisabzni shayboniyzoda Hoshim Sultondan tortib olib, ukasi Ibodullo Sultonni Shahrisabz hokimi qilib tayinlaydi. 1553 yil Toshkentdan kelgan Navro‘z Ahmadxon yordamida Hoshim Sulton yana Shahrisabzni egallaydi. 1563 yil Hoshim Sultonni daf qilish uchun Abdullaxon ikkinchi bor Shahrisabzga yurish boshlaydi. Bu galgi fathdan so‘ng Abdullaxon Shahrisabzni o‘z yaqinlaridan Xusrav Sultonga beradi va unga qarata «
Download 389.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling