Oq saroy memoriy Astinkina memoriy majmuasi. Oqsaroy
Aholi shahardan 3 chaqirimcha berida meni non-tuz bilan qarshi oldi
Download 389.19 Kb.
|
Oq saroy memoriy Astinkina memoriy majmuasi
Aholi shahardan 3 chaqirimcha berida meni non-tuz bilan qarshi oldi», deb xaspo‘shlashga urinsa-da, D.N.Logofet «rus qurolining kuchi va ko‘lob bo‘lib to‘kilgan rus qoni evaziga olingan Shahrisabz va Kitobdek ulkan bekliklar Buxoro amiriga berildi», deya general yashirganini oshkor qilib qo‘yadi. N.A.Mayevning 1875 yilda bosilgan «Buxoro xonligi ocherki» asarida «Temurning hashamatli Oq saroyi Buxoroning shu davrdagi hamma imoratlarida kuzatilganidek, xarobalardan iboratdir. Shunga qaramasdan, bu vayrona hozir ham o‘zining benazir go‘zalligi bilan rom etadi. Janubiy tarafdan gumbaz qoldiqlari yaqqol bilinib turadi, vaqtida imorat bezagi bo‘lgan bu gumbaz hozirda nuragan bo‘lib, undan koshinlar va yozuvlar bilan bezatilgan ikki baland devor saqlanib qolgan».
Bu so‘zlardan bilinib turibdiki, Oq saroy chinakamiga tashqi ta'sir bo‘lmasa, xaroba bo‘ladigan imorat emasdi. Buning ustiga oradan 50 yil o‘tib 1920 yil 24 dekabrida sovet tuzumiga qarshi umumxalq qo‘zg‘olnini bostirish vaqtida Benbin degan kimsa tomonidan Oqsaroy to‘pga tutilgani aytiladi. Oqsaroy sovetlar davrida 74 yil davomida qarovsiz qolgan. Nihoyat istiqlol shamolining esishi, bizgacha nasib etib saqlangan Oqsaroy peshtoqlarini qaddini ko‘tarib, bugungi kunda sayrgoh deb atalayotgan maydonning (82 ga) ko‘rkiga aylantirdi . Oqsaroy maydonida bog‘ tashkil qilingan. Bog‘da jami 1789 tup daraxt mavjud. Ular ignabargli (932 tup), bargli-manzarali (354 tup), butali, mayda bargli (218), mevali (179) daraxtlar va turfa gullar(106)dan iborat. Oqsaroy bog‘i boshqa bog‘lardan farq qiladi. Bu yerda manzarali va mevali daraxtlar yonma-yon o‘tqazilgan. Landshaft dizayni asosida butalar, gullar ekilgan. Manzarali daraxtlar dunyoning to‘rt tomonidan keltirilgan. Qrim qarag‘ayi, Tyanshan archasi, shimol archasi va qarag‘aylari, dub, kashtan, lipa, yapon sakurasi, shamshod, kedr, qayin, eman, terak, kashtan daraxtlari boqqa o‘zgacha manzara bag‘ishlaydi. Mevali daraxtlardan gilos, olcha, olma, o‘rik, yong‘oq, anor, behi, nok, tok, jiyda mavjud. Boqqa olmaxon, lochin olib kelingan, bulbul va yana o‘nlab qushlar bu yerni makon tutgan. Bulbul erta tongda sayraydi. Surxondaryodan keltirilgan toshbaqa va tipratikanlar bog‘ning tabiiy muhitida o‘ziga xos o‘ringa ega. Agronom, biologiya fanlari nomzodi, Prezident devonida 22 yil ishlagan Klara Vildanovaning ta’kidlashicha, Islom Karimov tabiat va o‘simliklar dunyosini juda yaxshi ko‘rar edi. U bilan qiziqib turli savollar berar, muayyan masalalar bo‘yicha ma’lumot so‘rardi. Masalan, “Barglar nega sarg‘ayadi va yerga tushadi?” degan savolga darhol javob bera olmaysiz, shunchaki “Kuz bo‘lganligi uchun”, deb aytish ham noqulay. Bularning barchasiga ilmiy nuqtai nazardan javob berish kerak edi. Biror-bir daraxtning gullamasligi yoki nima sababdan kasallikka chalingani haqida va umuman, hamma narsa haqida so‘rar, qiziqar edi. Ba’zida “Nega kashtan daraxti ostida maysa o‘smaydi?” deya savol berib qolsa, nima uchun o‘smayotgani ilmiy jihatdan asoslab berilar edi. Kashtan barglari katta va tig‘iz bo‘lganligidan quyuq soya paydo qiladi, natijada quyosh nuri yerga tushmaydi. Demak, bu joyda maysa ham ko‘karmaydi, qaysi daraxtning bargi kamroq va siyrak bo‘lsa, o‘sha yerda maysa bor. Bu kabi savol-javoblardan mamlakatimizning Birinchi Prezidenti juda qiziquvchan, sinchkov va talabchan bo‘lganligini anglash mumkin. U kishi o‘simliklarni parvarish qiluvchi xodimlarga juda katta e’tibor berar edi. Islom Abdug‘aniyevich gullarni sevardi, shu bois dam olish xonasining derazasi gulzor tomon qaragan edi. Hovlidagi gulzor ko‘proq manzarali, rang-barang gullar va o‘simliklardan iborat edi. Islom Karimovning ish xonasidagi o‘simlik va gullar e’tibor bilan parvarish qilinar, gullarning doimo chiroyli va go‘zal bo‘lishi ta’minlanardi. Uning sevimli gullaridan biri — rayhondir. Klara Vildanovaning fikricha, bu uning buyuk sevgisidir. Balki u kishida bu tuyg‘u bolalikdan bo‘lgan. Aslida rayhon ekilmaydigan o‘zbek hovlisi bo‘lmasa kerak. Shahrimiz ko‘chalarida gurkirab o‘sayotgan rayhonlar har bir insonni o‘ziga maftun etadi, hidi kishiga huzur bag‘ishlaydi. Oqsaroy yo‘laklari, daraxtlar atrofi, bo‘sh maydonchalarga uch turdagi rayhon ko‘rk berib turadi. Download 389.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling